Tuproqlarning element tarkibi


Tuproqlarning element tarkibi va potensiyal unumdorlik



Download 48,32 Kb.
bet2/4
Sana27.06.2022
Hajmi48,32 Kb.
#709379
1   2   3   4
Bog'liq
Tuproqlarning element tarkibi

Tuproqlarning element tarkibi va potensiyal unumdorlik
Organik uglerod va azotni yuqori darajadagi ko‘rsatkichlari tuproqlarning unumdorligidan dalolat beradi. Buning aksincha xlor yoki oltingugurt, natriy kabi elementlarning ko‘pligi ularni nisbatan unumsizligini bildiradi. Bular odatda o‘simlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuni alohida qayd etish kerakki, o‘simlik tuproqdagi mavjud elementlarni hamma vaqt ham olmaydi. Buning sabablaridan biri shu elementni qanday shaklda ekanligi.
Tuproqlarning unumdorlik masalasiga diqqat bilan qaramoq kerak. Chunki unumsiz tuproq bo‘lmaydi, u tog‘ jinsi bo‘ladi. Tuproqning asosiy xossalaridan biri ham uning unumdorligi. Tuproqda ayrim elementlarni (xlor, oltingugurt, natriy) ko‘pligi aniq bir o‘simlik turi uchun unumsiz bo‘lishi mumkin, lekin buning aksincha, ba’zi boshqa o‘simlik turlari uchun (sho‘ra uchun) aynan shu tuproq unumdor bo‘lishi mumkin.
Demak tuproqni unumdor yoki unumsiz deyish nisbiy tushuncha bo‘lib, bu o‘sayotgan o‘simlik turiga ham bog‘liq bo‘lib, ya’ni bir xil o‘simliklar uchun unumdorligi yuqori bo‘lgan tuproq, boshqalari uchun unumdorligi past yoki umuman ko‘rinmasligi mumkin.
Minerallarning kristallik panjarasiga kirgan elementlarni, organik moddalarni va gumus tarkibidagi elementlarni o‘simliklar o‘zlashtira olmaydi. Lekin minerallar nurashi natijasida, gumus va boshqa organik moddalar mineralizatsiyaga uchraganidan keyin hosil bo‘lgan mahsulotlardan o‘simliklar o‘zlariga kerak elementlarni olishi mumkin. Shunga qaramasdan elementlarning yalpi miqdori u tuproqdagi zahira bo‘lib o‘simliklarni ozuqa moddasi bilan potensial ta’minlab turishi mumkin. Bunda yagona shart shu moddani (chirindi, minerallar, tog‘ jinslari) parchalanish davrlari hisoblanadi.
Agar biz tipik qora tuproq uchun azot, fosfor va kaliyni potensial miqdorini (zahirasini) hisoblab chiqsak u holda faqat 0-20 sm li qatlamda bir gektar maydon uchun azotning zahirasi 6-11 tonnani tashkil qiladi. Bug‘doy hosildorligi 20 gaS bo‘lsa, uning uchun azot miqdori 60-100 yilga yetadi degan xulosa kelib chiqadi. Xuddi shunday hollarni fosfor va kaliy uchun ham ko‘rshimiz mumkin.
Aynan shunga yaqin ma’lumotlar X.M.Abduqodirovning (1974) to‘q tusli bo‘z tuproqlar ustida olib borgan ishlarida ham, ya’ni 15 gas bug‘doy olinganda NPK zahiralari 100 yil va undan ko‘pga yetishi mumkin. Bo‘z tuproqlarda gumus zahirasi 30-50, azot 3,1-4,7, fosfor 7-8,6, kaliy 180-200 tga ni tashkil qiladi.
Ammo shuni e’tiborga olish kerakki, yalpi ko‘rsatkichdagi ozuqa elementi yoki boshqa bir element hech qachon o‘simlik tomonidan to‘la-to‘kis o‘zlashtira olinmaydi va bu mumkin ham emas. Agar nazariy jihatdan bu ishni mumkin deydigan bo‘lsak, u holda tuproq qandaydir moddalar, oksidlar va elementlar to‘plamidan iborat bo‘lib qolardi. Bundan kelib chiqadiki, haydaladigan yerlar ozuqa elementlariga foydalana olish muvozanatini saqlab turish kerak. Bu ishni amalga oshirishda kimyoviy analiz uslublarini tanlash va amalga oshirish katta ahamiyat kasb yetadi.
2-jadval
Qora tuproqlarda NPK zahiralari

Elementler

Rezerv t.ga

Jıllıq alıp shiǵiw, kg.ga

Potensial támiynleniw kg.ga

Azot

6-11

105

60-105

Fosfor

1,6-4,5

18

85-250

Kaliy

40-60

75

580-870

Azot

12-18

105

115-170

Fosfor

3,5-10,5

18

195-580

Kaliy

90-150

75

1200-2000


Tuproqning element analizi murakkab analitik ishlardan bo‘lib, bu maxsus asbob va malaka talab qiladi. Bu analiz vaqtida elementlarning o‘zaro ta’siri davridagi salbiy jarayonlarni hisobga olish zarur. Odatda tuproqda va uni granulometrik fraksiyalarida elementlar bir necha foiz oraliqlarda bo‘ladi. Shuning uchun kimyoviy analizda konsentratsiyalash, cho‘ktirish kabi usullar ko‘p qo‘llaniladi. Tuproqning element analizi undagi minerallarni identifikatsiyalash uchun ham qo‘shimcha diagnostik belgi rolini o‘ynaydi.




Download 48,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish