2-§. Tuproqda kimyoviy elementlar va moddalar miqdori, ularning qabul qilingan meyor (QQM) ko‘rsatkichi
Ma’lumki, respublikamiz tuproqdarida D.I.Mendeleyev davriy sistemasidagi barcha elementlar ma’lum miqdorda uchraydi. Bu tuproq hosil qiluvchi ona jinslari, evolyutsiya davomidagi o‘zgarishlar natijasida vujudga kelgan. Biroq bu elementlar yer yuzidagi barcha tuproqlarda bir xil tarqalgan emas, ya’ni bu tuproq hosil bo‘lish omillari bilan bog‘liq hisoblanadi.
Xalq ho‘jaligida turli faoliyatlar mobaynida tuproq tarkibidagi elementlar yoki moddalar miqdori o‘zgarib turadi. Har bir tuproqqa tushadigan kimyoviy modda yoki elementning o‘ziga hos xususiyati bo‘lib, tuproqka turlicha ta’sir qiladi.
Tuproqda mavjud elementlar kuyidagi 4 guruhga ajratiladi:
1. Litofil elementlar guruhi: 81, TL, 8, R, G‘, S1, A1, 8ye, №, K, Sa, M§ va boshqa jami 51 element kiradi. Bular biosferada oksidlarni, gidroksidlarni, kislorodli kislota tuzlarini hosil qiladi.
2. Halkofil elementlar guruhi: Si, 2p, R, A§, Syo, Mp, G‘ye kabi elementlar, bular oltingugurt bilan ko‘proq birikm.alar hosil qiladi.
3. Siderefiller elementlar guruhi: G‘ye, So, R, S, R*, Ai, 8p, Mo kiradi. Bu elementlar temir bilan turli qotishmalar hosil qiladi.
4. Atmofiller elementlar guruhi: N. N, S, 0, Ne, Io, Ag, Kg, Xe, S1, Vg, I kabilar yer atmosferasining asosiy qismini tashkil qiladi.
Yuqoridagi elementlar tuproqqa ona jins va minerallardan meros bo‘lib, tuproqdan foydalanish va boshqa omillar ta’sirida ularning miqdori kamayib yoki oshib turadi. Natijada esa tuproqdagi kimyoviy tarkib muvozanati buziladi. Tuproqqa tushadigan kimyoviy elementlar turli moddalar ko‘rinishida tushadi va kimyoviy ifloslanishni paydo qiladi. Kimyoviy ifloslanish tuproqda muayyan modda yoki element miqdori meyoridan ortganda paydo bo‘ladi. Bu ko‘rsatkich qabul qilingan meyor (QQM) ko‘rsatkichi Deyiladi.
Har bir davlatda atrof-muhit, xususan tuproq, suv va havo Qoplamlarini nazorat qiluvchi tashkilotlar bo‘lib, olingan ma’lumotlar asosida aloxida aloxida QQM ko‘rsatkichlari qabul qilinadi. Kimyoviy moddalarning QQM ko‘rsatkichini belgilanishida uning kimyoviy xususiyatlari ham hisobga olinadi va bunda zaharli xususiyati yuqori bo‘lsa ko‘rsatkich kichik bo‘ladi. Tuproq tarkibida ularning miqdori QQM ko‘rsatkichidan ortsa tuproqning xossalari xususan, biokimyoviy xossalari (ureaza, katalaza, depadrogenaza, oksidaza, peroksadaza, fosfotaza, invertaza fermentlari), tuproq mikroorganizmlari (bakteriyalar, zamburug‘lar, aktinomitsetlari), agrokimyoviy, fizikaviy, xossalari, turli qatlamlarida yashovchi hashoratlar va o‘simlik dunyosi zararlanadi va tuproqning sog‘lomligiga hamda unumdorligiga salbiy ta’sir etadi.
Quyida tuproq uchun qabul qilingan ayrim elementlar va moddalarning QQM ko‘rsatgichlari keltiriladi (9-jadval).
9-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |