Tuproqlar geografiyasi


Allyuvial yotqiziqlar va allyuviy



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/85
Sana27.05.2023
Hajmi5,22 Mb.
#944955
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   85
Allyuvial yotqiziqlar va allyuviy 
— doimiy oqar suvlar -
daryolar faoliyati bilan bogiiq yotqiziqlardir. Toshqinlar natijasida 
daryo sohillari va daryo bo‘ylarida ko‘p to‘planadi.
Allyuvial yotqiziqlar qatlamli va yaxshi saralanganligi bilan, 
ko'pincha sohil allyuviysi uchun qatlamli, o‘zan allyuviysiga 
qing‘ir-qiyshiq qatlamli tuzilish xarakterli. Sohil allyuviysi asosan 
qumoq va soz jinslardan iborat boiib, qoldiq qayirlarda organik 
nioddalarga boy allyuviy to‘planadi. 0 ‘zan allyuviysi odatda turli 
oicham li zarrachalardan iborat qumdan tashkil topgan boiadi.
Allyuvial yotqiziqlar uchun mineral donachalaming yaxshi 
yumaloqlanganligi xarakterli. Ular qadimgi va hozirgi zamon 
allyuvial jinslarga ajratiladi. Qadimgi allyuvial yotqiziqlar yirik 
daryolaming sohil usti maydonlarida tarqalgan. Qadimgi allyuviyda 
shag‘al toshlar 
ancha 
chuqurda yotqizilgan. 
Sirdaryo 
va 
Amudaryoning quyi tekislik maydonlarida shag‘al kam yotqizilib, 
asosan qalin qumdan iborat.
Yosh daryo terrasalari uncha qalin boimagan (1-2 m 
chuqurlikda) qumoqdan iborat boiib, ancha qadimgi terrasalarda 
esa qumoq va soz jinslar qalin hamda shag‘alli yoki qum qatlami 
ancha chuqurda joylashadi.
Allyuvial yotqiziqlar Amudaryo, Sirdaryo, Qashqadaryo, 
Zarafshon, Surxondaryo, Chirchiq, Ohangaron, Murg‘ob, Tajan 
daryolari vodiylarida, sohil va deltalarida keng tarqalgan boiib, 
ko‘pgina gidromorf tuproqlaming ona jinsi hisoblanadi.
Ko‘l - allyuvial yotqiziqlar 
- k o i va allyuviy jinslardan 
tashkil topgan. Bu jinslar bahorda erigan muz suvlarining pastqam 
tekisliklardagi havzalarida hosil boiadi. K o i - allyuvial yotqiziq- 
laming mexanik tarkibi xilma-xil, asosan qumli va ko‘ndalang 
qatlamli tuzilishga ega.
K o i 
yotqiziqlari 
qadimgi pastqam joylami 
toidirib, 
tarkibining loyli va qatlamli boiishi bilan ajralib turadi. Jumladan, 
muzliklar oldida hosil boigan koilardagi muz-koi yotqiziqlarida 
lentali loyli qatiam yaxshi ifodalangan.
24


Ko‘1 yotqiziqlarida ko‘pincha organik modda saqlovchi 
qatlamchalar bo‘lishi va kalsiy karbonat to‘planishi mumkin. Quruq, 
issiq mintaqalarda gips va suvda oson eriydigan tuzlar to‘planadi 
hamda ulardan sho‘rlangan tuproqlar hosil boiadi. Sho‘r koilar 
qurigach sho‘rxoklarga aylanadi.
Prolyuvial yotqiziqlar yoki proiyuviy - tog‘li o‘lkalarda 
bahorda erigan qor suvlari va vaqtinchalik kuchli jala yog‘in suvlari
- sel oqimlari natijasida hosil boiadi. Proiyuviy tog‘ yonbag‘irlari 
va tog‘oldi yoyilma konuslarida keng tarqalgan.
Proiyuviy 0 ‘rta Osiyoning tog4 vodiylarida (Farg‘ona, 
Zarafshon) va shuningdek, tog‘oldi baland tekisliklarida keng 
tarqalgan. Tog‘oldi konus yoyilmalari ko‘pincha shag‘al va shag‘al
- qumli yotqiziqlardan, tog‘lardan uzoqlashgan maydonlarda esa 
maydaroq tarkibli jinslardan iborat bo‘ladi.
0 ‘rta Osiyoning yosh tog‘lari tektonik ko'tarilib turganligi 
sababli, tog" jinslarining kuchli ravishda yuvilib turishi va tog‘oldi 
hududlarining katta maydonlarida dag4 a I, skeletli prolyuviyning 
keng tarqalishi xarakterli. Ko‘pincha allyuvial-prolyuvial yoki 
prolyuvial-delyuvial tarzidagi aralash jinslar ham uchraydi. 
Prolyuvial-delyuvial jinslar qumoq va chag‘ir-mayda zarrachali 
yotqiziqlaming qayta yotqizilishidan hosil boiadigan lyossimon 
jinslardan iborat.
Muzlik yotqiziqlari yoki morenalar - muzliklar keltirib 
aralash holda yotqizilgan loy, qum, qirrali va silliqlangan shag‘al 
toshlardan iborat jinslardir. Morenalar kam saqlangan va mexanik 
tarkibi bo‘yicha esa tosh-shag‘al, qum, qumoq va loylardan iborat 
bo‘lishi mumkin.
0 ‘rta Osiyoda muzlik yotqiziqlari maydoni uncha ko‘p emas. 
Ular asosan baland va o‘rtacha baland tog‘li hududlarda tarqalgan. 
Qadimgi morenalar shag‘alli qumoqlardan va pastqam joylarda 
muz-ko4 llarning loyli jinslaridan iborat.
Hozirgi zamon morenalarda ancha dag4al va mayda zarrachalar 
aralash bo£lganligidan uncha yumaloqlanmagan qirrali toshlar ham 
uchraydi.
Flyuvioglyatsial yoki muzlik suvlari yotqiziqlari - muz 
suvlarining kuchli oqimi bilan bog‘liq. Bu oqimlar o‘z yo‘lida 
uchragan morenalar va boshqa xil yotqiziqlar (jumladan, tub
25


jinslar)ni yuvib ketib yotqizgan boiadi. Muzliklar atrofida asosan 
yumaloqlangan yirik shag‘al va yirik qum, qumloqlar to‘planadi. 
Undan quyiroqda sekin oqayotgan muz suvlari pastqam joylarga 
loyli, changsimon zarrachalar yotqiziladi. Ana shunday yo‘l bilan 
qumoq va loylardan iborat yoyilma hosil boiadi. Muzliklar atrofi va 
uning yaqinidagi botiq pastqam joylardagi ko‘l havzalarida uchray- 
digan qum-loyqa qatlamli keltirilmalarga 

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish