2. Qo‘ng‘ir - o4rmon tuproqlarining hosil bo‘lishi va tarqalishi
to‘g‘risida nimalami bilasiz?
3. 0 ‘rmon - dasht va dasht oblastini ta’riflang.
4. Sur - o‘rmon, qora va kashtan tuproqlaming hosil boiishi
va tarqalishini tushuntiring.
5. Qora tuproqlar nima uchun gumusga boy tuproqlar hisob
lanadi?
6. Chala choilaming och kashtan tuproqlarining hosil bo‘lishi
va tarqalishini ayting.
7. Q o 'n g ir chala ch o i tuproqlarining hosil boiishi va tarqa
lishini tushuntirib bering.
8. C hoi zonasi tuproqlarining hosil
boiishi va tarqalishiga
oid maiumotlarni izohlang.
9. Taqirsimon ch o i tuproqlari va taqirlar nima uchun aynan
ch o i zonasida tarqalgan?
10. Subboreal mintaqaning xo‘jalikdagi ahamiyati katta, nima
uchun?
93
V BOB. SUBTROPIK MINTAQA TUPROQLARI
GEOGRAFIYASI
5.1. Subtropik mintaqaning tabiiy - iqlimiy sharoiti va tuproq
oblastlari
Yer shari tuproq qoplamining 20 % li subtropik mintaqada
joylashgan. Mintaqa umumiy maydonining 29 % ini to g ii hududlar
ishg‘ol etgan. Unga tutash mo‘tadil
va tropik mintaqalardan
subtropik mintaqaga o‘tish, iqlim va butun tabiatning asta - sekin
miqdoriy o‘zgarishi bilan bormasdan, yozda tropik havo, qishda esa
m oiadil havo hukmronligining almashinishi asosida ro‘y beradi.
Subtropik iqlimning mohiyati ham ana shundan iborat.
Subtropik mintaqa tabiatining xarakteri yana ko‘p jihatdan
iqlimdan tashqari litosferaning holati, ya’ni yer po‘sti
yoriqlariga
ham bogiiqdir.
Mintaqaning g‘arbiy qismida o‘rta dengiz tipiga xos iqlim
oblasti shakllangan bo‘lib, yog4in (900 mm atrofida) asosan qishda
yog‘adi, yoz juda qurg‘oqchil, namlanish
59 %
dan oshmaydi.
Materiklarning ichkarisiga tomon qurg‘oqchilik ortadi va quruq
subtropik iqlim oblasti shakllanadi. Subtropiklaming sharqiy okean
bo‘yi hududlarida yogin ko‘p va yil bo‘yi
yoqqanligidan bir xilda
nam subtropik iqlim oblasti vujudga kelgan.
Subtropik mintaqada havoning o‘rtacha harorati 14 °C? yozda
tropik havo 26 °C gacha isisa, qishki mo‘tadil havo harorati 5-6 °C,
hatto 0 °C ga tushib, qor yog‘adi.
Mintaqada 10 °C dan yuqori boigan o'rtacha sutkalik havo
harorati yig4 indisi 4000-8000°, vegetatsiya davri 200 kundan 365
kungacha davom etishi mumkin. Issiqlik resursi qishloq xo‘jalik
ekinlaridan yiliga ikki marta hosil olishga imkon yaratadi. Tuproq
hosil boiishi asosan sial karbonatli va sho‘rlangan nurash po‘stida
ro‘y beradi. Tuproqlaming gorizontal zonalligi cheklangan tarzda
namoyon boisa-da, fatsial xususiyatlar yaxshi aks etgan.
Subtropik-
larda asosan namlanishga bogiiq tarzda, okean sohillaridan quruq-
94
likning ichkarisiga tomon landshaftlar va tuproqlaming almashinuvi
sodir boiadi.
Subtropik mintaqada uch guruh tuproq oblastlari farqlanadi:
l)qizil va sariq tuproqli sernam o‘rmon (subtropik semam o'rmon)
oblasti, 2) jigarrang va sur jigarrang tuproqli kserofit - o‘rmon va
buta - dasht (subtropik kserofit - o‘rmon va kserofit - dasht) oblasti,
3) bo‘z va turli choi tuproqli chala ch o i va ch o i (subtropik chala
ch o i va choi) oblasti.
5.2. Subtropik sernam - o‘rmon oblasti
Ushbu oblast materiklaming sharqiy gumid hududlarini
egallagan boiib, yiliga 1000 mm dan 2500 mm gacha yog‘in yog‘adi.
Asosan Shimoliy yarim sharda Shimoliy Amerikada AQSHning
janubi-sharqiy shtatlarida va Sharqiy Osiyoda Xitoyning janubi-
sharqiy
viloyatlarida, Tayvan orolida, Yaponiyaning janubida,
shuningdek, Kaspiy dengizining janubi-g‘arbiy sohilidagi Lenkoran
(Ozarbayjon) shahri atroflarida tarqalgan.
Janubiy yarim sharda janubiy Amerikada, ya’ni Braziliyaning
janubi, Urugvay,
Paragvay, Avstraliyaning bir qismi, Yangi
Zelandiyaning shimoliy qismlarini qamragan.
Tuproq qoplamida
Do'stlaringiz bilan baham: