Tuproqning pestitsidlar va mineral о‘g‘itlar bilan ifloslanishi
Kо‘p yillar davomida paxta yakkahokimligining olib borilishi va almashlab ekishga rioya qilmaslik, chorvachilikka e’tibor berilmaslik (chorva mollaridan olinadigan organik о‘g‘itlar taqchilligi) natijasida, keng miqyosda, yerga mineral о‘g‘it va pestitsidlarni qо‘llashga olib keldi. Bularning hammasi tabiiy biologik jarayonlarning buzilishiga, tabiatni boshqarib turadigan mexanizmlarning degradatsiyasiga olib keldi, tuproqning mineral о‘g‘itlar bilan ifloslanishi kuchaydi. Ushbu jarayonda kimyoviy preparatlarning samaradorligi past koeffitsiyentga egaligi tufayli 30 % dan ortiq fosfor-kaliyli va 50 % dan ortiq azotli о‘g‘itlar о‘simliklar tomonidan о‘zlashtirilmay, tuproqdan yuvilib ketadi, bu esa, о‘z navbatida, yuza va yer osti suvlarini tuz, zaharli ximikatlar, og‘ir metallar va boshqa xavfli moddalar bilan zararlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |