Mavzu: Litosfera.Tuproqni erroziyadan saqlash.
Reja:
1. Litosfera
2.Tuproq erroziyasi
3.Geologik erroziya
4.Tuproq erroziyasigaga qarshi kurash uslublari
5.Xulosa
Tuproq eroziyasi (lot. erasio yemirilish, nurash) — tuproqning eng unumdor
yuqori qatlamlari va tuproq osti jinslarining atmosfera yogʻinlari hamda sugʻorish
suvlari, shamol va boshqa taʼsirida yemirilish jarayoni. Yuz berish darajasiga
koʻra, tabiiy va jadallashgan (yemiradigan) turlarga boʻlinadi. Tabiiy Tuproq
eroziyasi nisbatan sekin kechib, tuproq tabiiy hosil boʻlish jarayonida qayta
tiklanib turadi. Jadallashgan Tuproq eroziyasi odamning xoʻjalik faoliyati
(madaniy oʻsimliklarni oʻstirishda yerdan notoʻgʻri, uquvsiz foydalanish, eroziyaga
qarshi tadbirchoralarga rioya qilmay yerlarni oʻzlashtirish, sugorish, chorva
mollarni boqish, oʻrmonzorlarni yoʻq qilish, qurilish ishlarini olib borish va
boshqalar) natijasida yuz berib, tuproq unumdorligini sezilarli darajada pasaytirib
yuboradi.
Tuproq eroziyasi, asosan, relyefi notekis — pastbaland, eroziya bazisi (maʼlum bir
joyning m hisobida dengiz sathidan balandligi bilan suv kelib quyiladigan yerning
dengiz sathidan balandligi oʻrtasidagi farq) katta boʻlgan yerlarda boshlanadi.
Tuproq eroziyasi hosil boʻlish omillariga koʻra, suv, shamol, sanoat, abraziya,
yaylov, mexanik Tuproq eroziyasi va turlarga boʻlinadi.
Litosfera — yunon tilida „tosh oʻram“ maʼnosini anglatadi. Yerning qattiq
holatdagi tosh oʻramining qalinligi okean tubida 5–7 km, quruqlikda 30–40 km va
togʻli oʻlkalarda 70–80 km gacha boradi, u choʻkindi, metamorfik va magmatik togʻ jinslaridan tashkil topgan. Yer sathida, asosan, choʻkindi togʻ jinslari tarqalgan
boʻlib, ularning qalinligi 20 km gacha, okean tublarida esa bir necha yuz metrga
yetadi. Ular tarkibi boʻyicha chaqiq, kimyoviy va organik cho'kindilardan tashkil
topgan boʻlishi mumkin. Cho'kindilarning ostida 10–40 km qalinlikdagi granit
qobigʻi joylashgan boʻladi, okean tubida ular uchramaydi. Granit va okean
cho'kindilari qobigʻi ostida bazal’t qobigʻi joylashgandir. Uning qalinligi okean
tubida 5–7 km va quruqlikda 20–30 km ga boradi.
Litosfera sathidan insoniyatning yashashi uchun zarur boʻlgan qishloq xoʻjalik
mahsulotlari (inshootlar qurishda foydalanishdan tashqari) va qazilma boyliklar
qazib olishda foydalaniladi. Ochiq usulda qaziladigan konlarning chuqurligi 800
metrga, yopiq usulda qaziladigan konlarning chuqurligi esa 3–4 km ga
etadi. BMTning maʼlumotiga kura, 1972-yilda dunyo boʻyicha 3,231,100
ming tonna koʻmir, 2,646,290 ming tonna neft, 600,200 ming tonna temir rudasi,
75,180 ming tonna boksit, 3,660 ming tonna xrom rudasi, 7,300 ming tonna mis,
3,350 ming tonna qoʻrgʻoshin rudasi, 5,430 ming tonna rux rudasi, 159,200 ming
tonna tuz, 118,500 ming tonna fosforit va boshqalar qazib olingan. Yirik
metallurgiya sanoat korxonalari atrofida landshaftlarning oʻzgarishi,
oʻsimliklarning qurib dashtga aylanishi yuz bergan, Yevropada birinchi marta
kalmiklar yerida 500 ming gektarli dasht paydo boʻlgan(u har yili 50 ming gektarga kengayib bormoqda). Mutaxassislarning fikricha, XXI asrda quruqlikning
6/1 qismi kon, yoʻl va har xil inshootlar bilan band boʻladi. Aholi sonining oshib
borishi, qurilishlarning kengaiishi dehqonchilikka yaroqli yerlarning kamayishiga
sabab boʻlmoqda. Mutaxassislarning fikricha, XXI asrda yerlarning unumdorligini
3,5-4 % ga oshirilmasa, sayyoramizda yiliga 200 mln tonna don yetishmovchiligi
holati yuz berishi mumkin.
Tog’ jinslarining, tuproqning yoki boshqa bir yuzalar butligining va ularning fizik-
kimyoviy xususiyatlarining parchalanib buzilishi eroziya deb ataladi. tog’ jinslari
tuproq, metall, tarmoq eroziyalariga farqlanadi. SHuningdek, fizikaviy, kimyoviy,
biologik eroziya tushunchalari mavjud bulib, bundagi yemiruvchi kuchlar havo
haroratining keskin uzgarishi, shamol, harakatdagi suv va uning tarkibida
uchraydigan ishqor va kislotalar, biologik agentlar hisoblanadi. Hayotda
antropogen, zoogen, geologik, yonbosh, tik, yer osti, chuqur, shamol, suv, chiziqli,
tomchili, yul, irrigatsiya, tekislik, daryo, qurilish, texnik, kimyoviy, transport
eroziyalari uchraydi. Antropogen (jadallashgan) eroziya - inson noturri faoliyat
olib borgan maydonlarda (qishloq xujaligi ishlari, foydali qazilmalarni qazib olish)
tuproq va uning ostki qatlam gruntlarining suv va shamol kuchi ta’sirida
yuvilishidir. Zoogen (yaylov) eroziya - yaylovlarda chorva mollarining boqilishi
natijasida ularning tuyoqlari bilan usimliklar kesilib bushagan tuproklar va utlash
jarayonida yulingan utlar ostida jipsligi bushashgan utli tuproq qatlamining shamol
va harakatdagi suvlar ta’sirida kuchishi. SHamol eroziyasi (deflyatsiya) - shamol
kuchi ta’sirida tog’ jinslari va tuproq zarrachalarining kuchishi. Suv eroziyasi –
tuproq, geologik jinslar va qurilish materiallarining harakatdagi suvlar (erigan qor,
yomrir va oqar suvlar) ta’sirida yemirilishi. Suv eroziyasi yonbosh, oqim, tik,
chuqur, irrigatsiya, tomchili, chiziqli, tekislik, yer osti eroziyalariga tasniflanadi.
YOnbosh eroziya daryo qirg’oqlarining yuvilishi kurinishida, oqim
eroziyasi oqim suvlari ta’sirida yuza tuproqlarning yuvilishi kurinishida,
tik eroziya mexanik tarkibi yengil tuproq qatlamlaridan loyqa zarrachalarining quyi
qatlamlarga yuvilishi kurinishida, chuqur eroziya suv uzanining joyida
chuqurlashishi kurinishida, irrigatsiya eroziyasi Sug’orish jarayonida tuproqning
yuvilishi kurinishida, tomchili eroziya yomrir tomchilari ta’sirida tuproq
strukturasining buzilishi kurinishida, chiziqli eroziya suv oqimlari
tuplanib oqadigan soylarda tuproqlarning jarlik kurinishda yemirilishidir. Tekislik
eroziyasi butun maydon buylab yomrir va erigan Qor suvlari ta’sirida
tuproqlarning nisbatan bir tekis yemirilishi, yer osti eroziyasi yer osti suvlarining
yotiq va tik qarakati tufayli tog’ jinslarining buzilishi (erishi) dir.
Tuproqning ustki hosildor qismining suv va shamol ta’sirida yuvilib yoki uchirilib
ketishiga tuprok eroziyasi deyiladi. Eroziya dehqonchilik uchun juda katta zarar
keltiruvchi ofat hisoblanadi va lotincha "erosia" degan suzdan olingan bulib,
"kemirish" yoki "emirish" degan ma’noni bildiradi. Tuproq eroziyasi tabiiy va
sun’iyga bulinadi. Tuproqni kishilarning xujalik faoliyati ta’sirisiz tabiiy holda
eroziyaga uchrashi tabiiy eroziya deb, kishilarning ta’siri natijasida eroziyaga
uchrashi sun’iy (antropogen) yoki tezlashtirilgan eroziya deb aytiladi. Tuproqning
ustki unumdor (gumus) qatlami tabiiy va antropogen eroziya ta’sirida yuvilib va
uchirib ketiladi. Natijada tuproq qashshoqlashib uning tarkibi buzilib, yaroqsiz
yerlarga aylanib holadi. Eroziyaga uchragan tuproqda hosildorlik 5-10 marotaba
kamayib, har xil begona utlar 2-4 marta kupayadi. SHu sababli dunyo buyicha
eroziya natijasida yiliga (L. I. Kurakova ma’lumotiga kura) 1000 mlrd. dollar zarar
kurilmoqda.
Tabiatda tuproqning tabiiy holda eroziyaga uchrash jarayonlari geologik eroziya
deb yuritiladi. Geologik eroziya bu insonning ta’sirisiz ruy beradigan jarayon
bulib, bu jarayon tuproq hosil bulish jarayoni tezligiga tengdir. Geologik eroziya
yer evolyutsiyasining bir qismi hisoblanib, uni oldini olish mumkin emas. Chunki
u butun geologik davrda davom etadi. Geologik eroziya tektonik jarayonlar tufayli
ruy beradi. Tektonik jarayonlar ta’sirida toglar kutariladi, muzlar harakat kiladi,
daryo vodiylarida qator qayirlar vujudga keladi, transgressiya tufayli kup joylarni
dengiz suvi bosadi. Vaqtning utishi bilan nurash tufayli baland toglar (Qozogiston
past toglari) pasayadi, muz qaytadi, dengiz chekinadi, ular urnida asta-sekin tuproq
vujudga kelib, usimliklar usadi, tuproqning ustki qismida yana hosildor qatlam
vujudga kela boshlaydi. Daryo vodiylarida esa qator qayirlar va deltalar
shakllanadi. Tuproqning sun’iy yoki tezlashtirilgan eroziyasi yer yuzida inson
paydo bulgandan sung yerlardan notugri foydalanish tufayli ruy bera boshlagan.
Tezlashtirilgan eroziya ta’sirida tuproqning ustki hosildor qismi deyarli uchirilib,
yuvilib yuq qilinadi. Bu eroziya tabiiy geologik eroziyaga nisbatan ming marotaba
tez ruy beradi. Tezlashtirilgan eroziya dunyo buyicha dehqonchilik uchun ofat
hisoblanadi. Chunki qisqa vaqt ichida bu eroziya ta’sirida millionlab gektar
tuproqning ustki hosildor qismi yemirilib hosilsiz yerlarga aylanib holadi. Sunggi
yuz yil ichida dunyoda 2 mlrd. ga hosildor tuproqlar eroziyaga uchrab ishdan
chiqqan. Bu davr mobaynida tezlashtirilgan eroziya ayniqsa, rivojlangan
mamlakatlarda tez sodir bulgan. Amerikalik olim T. Konke va A. Bertraning
yozishicha, Amerika materigiga mustamlakachilar kelgandan buyon yerga nisbatan
notutri munosabatda bulish tufayli, urmonlar kesilib, tuproq hosilsiz yerlarga
aylantirib yuborilgan. Darhaqiqat, hozirgi vaqtda AQSHda eroziyaga qarshi
choralar kurilishiga qaramay (L. I. Kurakova ma’lumotiga kura) 300 mln.
gektardan kuproQ yer tezlashtirilgan eroziyadan zarar kurgan. Shuning 110 mln.
gektari haydaladigan yerlarga turri keladi. Hozir har yili AKTTTda ekin dalalari va
yaylovlardan eroziya tufayli 2,7 mlrd. t Tuproqning Hosildor qismi yemirilib
ketmoqda. Tezlashtirilgan eroziya tropik rayonlarda urmonlarning rejasiz kesilishi
oqibatida faol sodir bulmoqda. Natijada, hozir Madagaskar oroli qududining 8/10
Qismi, Chili yerlarining 72% i eroziyaga uchragan. Eroziya tufayli Xitoyda 25%
tuproqning hosildor qismi yuq bulgan. Dunyo buyicha tezlashtirilgan eroziya
tufayli har kuni 3200 ga Hosildor yer ishdan chiqmoqda. Ishlab chiqarish
kuchlarining taraqqiyoti natijasida ishdan chiqqan tuproq maydoni kun sayin ortib
bormoqda
Tuproq eroziyasiga qarshi kurash uslublari Qishloq xujaligida foydalaniladigan
yerlarni eroziyadan himoyalashda ikkita yul qullaniladi. Birinchi yul - eroziyaga
moyil tuproqlarda kup xarajat talab etmaydigan oddiy agronomik va yerlardan
foydalanishda ogohlantiruvchi- proflaktik tadbirlarni amalga oshirish. Bu tadbirlar
alohida loyiha talab qilmaydi. Bunda juda oddiy talablarga rioya etish kifoyadir,
ya’ni yonbagir joylarda, jarliklar atrofida, daryo qirgoqlarida, suv yigiladigan soy
maydonlarida yerni haydashga, ortiqcha namiqqan maydonlarda mol boqishga,
maxsus loyiha ishlarisiz yullarni hosil qilishga, maydon chegaralarini notugri
belgilashga, suv tashlamalarini hosil qilishga yul kuymaslik talab kilinadi. Bunday
hollarda bu joylardan va hosil qilingan inshootlardan foydalanish me’yor va
tartiblariga qat’iy amal qilish, ularni muntazam ta’mirlab borish va ularni ishchi
holatida saqlash, daraxtlar ekish, sugorishlarni belgilangan me’yorlarda
tashlamalarsiz amalga oshirish kerak buladi. Erlarni uzlashtirishda kupincha
yuqorida keltirilgan oddiy talablarga rioya etilmaydi va natijada tuproq uz
unumdorligini yuqotib boradi. Bunday hollarda bu joylardan va hosil qilingan
inshootlardan foydalanish me’yor va tartiblariga qat’iy amal qilish, ularni
muntazam ta’mirlab borish va ularni ishchi holatida saqlash, daraxtlar ekish,
sugorishlarni belgilangan me’yorlarda tashlamalarsiz amalga oshirish kerak buladi.
yerlarni uzlashtirishda kupincha yuqorida keltirilgan oddiy talablarga rioya
etilmaydi va natijada tuproq uz unumdorligini yuqotib boradi. Ikkinchi yul –
dexqonchilikda tuproqni himoya qilishning rejali loyihalarini ishlab chiqishdir.
Dehqonchilikda tuproqni himoya 20 sm li tuproq qatlami tabiiy holda urmon hosil
qilgan maydonlarda 174 ming yilda, utloqzorlarda 29 ming yilda hosil bulgani
qayd etilgan. Agrotexnik talablar buyicha qishloq xujaligi ishlari tugri olib borilgan
maydonlarda 20 sm li tuproq qatlami 100 yilda, faqat bir xil ekin yetishtirilgan
maydonlarda esa 15 yilda yuqotilar ekan. Tashkiliy-xujalik tadbirlari turkumiga
mazkur maydonda olib boriladigan qishloq xujaligi yunalishini, ekiladigan ekin
turi va ularni joylashtirish sxemasini, tuproqlarga ugit va ishlov berish tizimini
belgilash; chuqur va jarliklarni kumish va ularni mustahkamlash; yullarni tartibga
solish; maxsus ish qurollarini, kuchat turlarini, ut uruglarini, materiallarni xarid
qilish kabi va h.k. tadbirlar kiradi.
Kultivatsiya natijasida hosil bo'lgan tekis bo'lmagan tuproq shamol eroziyasini
kamaytirishda yuqori samaradorlikka ega. Tog'lar va vodiylar shamol
energiyasining bir qismini yutadi va teskari yo'naltiradi, shuningdek uchib
yuradigan tuproq zarralarini tutadi. 10, 16-20, 32 sm balandlikdagi tizmalar
tuproqni himoya qilish uchun eng samarali hisoblanadi.
Shamol eroziyasining rivojlanishini to'xtatish, qurg'oqchilikda yoki oz miqdordagi
o'simlik qoldiqlarida tuproq va o'sayotgan ekinlarni himoya qilish uchun, yomg'irni
kutmasdan, er yuzida tepaliklar, chakalaklarni hosil qilish uchun dala ishlovidan
foydalaning. Eroziyaga qarshi samarali kurashish uchun, uning rivojlanishi hali
ham ho'l bo'lsa, uning rivojlanishi boshlanishidan oldin amalga oshirilishi kerak.
Shamol eroziyasini boshqarish uchun eng mos uskunalar tuproq tarkibiga, namlik
va zichlikka bog'liq. O'rta darajadagi tuproqda egizak shudgorli tirnoq yoki katta
tishlar tizmalar hosil qiladi va er yuziga parchalarni tashlaydi. Noqonuniyliklar
iloji boricha tezroq yaratilishi kerak. Jihozning pastroq harakatlanish tezligida
ko'proq donalar olinadi. Va balandlikda - ko'proq tizmalar. Yangi ekiladigan qator
ekinlari yoki yangi paydo bo'lgan ekinlar shamol eroziyasiga juda moyil. Ular
tuproqni sayohat qatorlari bo'ylab orqa tarafdagi ekuvchilarga biriktirilgan tirnoq
bilan ishlov berish orqali himoya qilinishi mumkin. Bunday holda, tekislangan sirt
yumshatiladi. Urug'larni ekishdan so'ng hosil bo'lgan qobig'ini parchalash va
parchalarni hosil qilish uchun aylanadigan ketmon yoki kultivatordan foydalanish
mumkin.
Molekulyar tuproq namlik to'planishini ko'paytirishga, oqishni tartibga solishga va
yuvishni oldini olishga yordam beradi. Shu maqsadda, shudgor korpuslariga
maxsus molestrlar o'rnatiladi, ular 35-40 sm chuqurlikda, diametri 6-8 sm dan 70-
140 sm gacha bo'lgan teshiklarni hosil qiladi.Moletlash tuproqning
o'tkazuvchanligini, havo va suv rejimini sezilarli darajada yaxshilaydi va yuvish
jarayonining oldini oladi.
O'g'itlar tuproq eroziyasiga qarshi kurashda muhim rol o'ynaydi. Organik va
mineral o'g'itlardan boshqa agrotexnik usullar bilan birgalikda foydalanish tuproq
hosil qilish va biokimyoviy jarayonlarga katta ta'sir ko'rsatadi. Urug'langan tuproq
ekilgan o'simliklarning yaxshi rivojlanishiga hissa qo'shadi va ular tuproqni
eroziyadan yanada ishonchli himoya qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |