95
VII BOB. ELEKTROKIMYOVIY USULLAR
Tayanch iboralar
Konduktometrik, kulonometrik, polyagrafik, xronopotensiometriya,
ampermetrik-titrlash.
Elektrokimyoviy analiz turlari juda ko‘p. Amalda qo‘llaniladigan usul
turlaridan qat’i nazar, umumiy tarzda ta’kidlanganda, asosan, quyidagicha
tahlil ishlari amalga oshiriladi.
1.Eritmalarning
elektr
o‘tkazuvchanligini
tahlil
qilish
(konduktometriya usuli).
2.Moddalarning elektrokimyoviy o‘zgarishlarida sarf bo‘ladigan
elektr tokini o‘chab tahlil qilish (kulonometrik usul).
3.Mikroelektrodlar
qutblanish
jarayonlarini
o‘rganish
(polyarografiya).
4.Muvozanat holatdagi elektrolitlar potensiallari
qiymatini aniqlash
(potensiometriya).
5.Elektrokimyoviy jarayonlarni bajarib kimyoviy modda (birikma)
larning ma’lum qismini ajratib olish («elektromiqdoriy» usul) va
boshqalar.[5]
Konduktometrik analiz
Konduktometrik analiz usullarining bevosita (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) va
bilvosita (to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lmagan) turlari mavjud, lekin har
ikkalasining
negizida
muayyan
modda
eritmasining
elektr
o‘tkazuvchanligini aniqlash yotadi. Amalda, ta’kidlash kerakki, bilvosita
usul – konduktometrik titrlash kengroq ishlatiladi.
Konduktometrik titrlash hajm
analizi usullaridan hisoblanib, unda
eritmaning neytrallanish nuqtasi, odatdagidek indikatorlar bilan emas,
balki o‘rganilayotgan eritma elektr o‘tkazuvchanligini bosqichma-bosqich
o‘lchab topiladi. Bundan
tashqari, rangli yoki tiniq bo‘lmagan
(loyqalangan) eritmalarning ekvivalent neytrallanish
nuqtasini amalda
ishlatiladigan indikator birikmalar vositasida titrlab aniqlashning o‘zi o‘ta
mushkul. Konduktometrik usul bilan eritma titrlanganda uning qandaydir
sabab bilan loyqalanganligi yoki rangli bo‘lishi elektr o‘tkazuvchanligiga
unchalik tasir eta olmaydi.
Bu
usul
tekshiriladigan
eritmaning
solishtirma
elektr
o‘tkazuvchanligini o‘lchashga asoslangan. Elektrolit eritmasida musbat va
manfiy zaryadlangan ionlar bo‘lishi sababli eritma elektr tokini o‘tkazadi.
Elektrolizning oldini olish uchun eritmaning elektr otkazuvchanligini
o‘lchashda o‘zgaruvchan tok qo‘llaniladi. Elektr o‘tkazuvchanlik modda
tabiatiga, erituvchining konsentratsiyasiga va boshqa omillarga bog‘liq
bo‘ladi. Shu sababli elektr o‘tkazuvchanlikni o‘lchash yo‘li
bilan
96
tekshiriladigan eritmadagi har xil modda va birikmalar miqdorini aniqlash
mumkin.
Elektr o‘tkazuvchanlikni o‘lchash prinsipiga ko‘ra, konduktometriya
quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Bevosita konduktometriya – tekshiriladigan alohida modda erit
masining elektr o‘tkazuvchanligini bevosita o‘lchashga asoslangan.
2. Konduktometrik titrlash titrant bilan aniqlanadigan moddaning
o‘zaro ta’sirlanish jarayonida elektr o‘tkazuvchanlikning o‘zgarishini
o‘lchashga asoslangan. Bunda moddaning miqdori
haqida titrlash egri
chizig‘ining burilishiga qarab fikr yuritiladi. Egri chiziq solishtirma elektr
o tkazuvchanlik – qo‘shiladigan elektrolitning miqdori koordinatalar
sistemasida yasaladi.
3. Xronokonduktometrik titrlash moddaning miqdorini titrlash vaqti
boyicha aniqlashga asoslangan. Titrlash egri chizig‘i registrator vositasida
diagramma qog ozida avtomatik qayd qilinadi.
Konduktometriya usulida reaksiyalar turiga qarab tahlil usullari
turlicha bo‘ladi: a) kislota-asosli (neytrallash) usuli, b) cho‘ktirish usuli; d)
kompleks hosil qilish usul; e) oksidlanish-qaytarilish usuli va boshqalar.
Yuqoridagilardan tashqari, mazkur usul bilan ancha murakkab
tarkibli moddalar eritmalari, masalan, bir necha kislota aralashmasidan
iborat bo‘lgan sistemalarni analiz qilish va har
bir kislota miqdorini aniq
topish mumkin. Albatta, analiz tajribasi ishlari ma’lum tartib-qoidalariga
amal qilingan holatda olib boriladi. Dastavval, eritmadan ma’lum hajmda
olib, konsentratsiyasi aniq bo‘lgan ishqor eritmasi tanlanib, undan oz-
ozdan qo‘shib, hosil qilingan eritmalar elektr o‘tkazuvchanligi o‘lchanadi.
Ishqor qo‘shilgan sari eritmada vodorod ioni [H+] nisbiy konsentratsiyasi
doim kamayadi, shu bilan birga, elektr o‘tkazuvchanlik ham pasayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: