Тупроқ унумдорлигига салбий таъсир этувчи жараёнларга қарши курашишнинг геоэкологик асослари



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/62
Sana23.01.2022
Hajmi1,07 Mb.
#406423
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   62
Bog'liq
Dissertatsiya 3.

     Ekinlar  unumdorligi. 

O’zbekistonda  qishloq  xo’jaligi  ekinlari  tuzilmasida 

asosan  texnik  va  boshoqli  ekinlar  ko’pchilikni  tashkil  qiladi.  Keyingi  o’n  yilda 

boshoqli  ekinlar uchun ajratilgan  maydon  1,9 baravar ko’paydi.  Asosiy  don  ekini 

bug’doy  hisoblanadi.  Paxta  esa  asosiy  texnik  ekin  bo’lib  qolmoqda.  So’nggi 

yillarda, ushbu ekin yetishtiriladigan maydonlar ancha kamaydi. So’nggi o’n yilda 

ozuqa  ekinlari  uchun  ajratilgan  maydonlar  ikki  baravardan  ortiq  kamaytirilgani 

ham  tashvishlanarli  hol  ekanini  qayd  etish  lozim.  Qishloq  xo’jalik  korxonalari 

(asosan  davlatga  qarashli)  asosiy  paxta  (94%)  va  g’alla  (78%)  yetishtiruvchi 

hisoblanadi. Ular, shuningdek, ozuqaning 76, mevaning 47, tuxumning 30, junning 

27, sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkaning 20 foizini, 7-8 foiz go’sht va sut 

ishlab  chiqaradi.  1994-2006-yillarda  bug’doy  hosildorligi  respublika  bo’yicha 

o’rtacha  2  baravarga  –  gektaridan  20,8  sentnerdan  42,7  sentnerga  ko’paydi. 

Ko’pchilik  viloyatlarda  hosildorlik  ijobiy  sur’atda  oshgani  kuzatildi  (Sirdaryo 

viloyati bundan mustasno, negaki bu yerda o’sish sur’ati deyarli barqaror saqlanib 

turibdi,  Surxondaryo  viloyatida  esa  1999-yilda  hosildorlik  kasallik  tufayli  keskin 

tushib  ketdi).  Aksariyat  viloyatlarda  hosildorlikning  barqaror  o’sishining  asosiy 

sababi  ushbu  ekinni  yetishtirish  texnologiyasining  takomillashtirilgani  va  bu 

borada  boy  tajriba  to’planganidandir.  Bug’doydan  eng  yuqori  hosil  Andijon 

viloyatida yetishtirilgan bo’lsa, eng past hosildorlik Sirdaryo, Jizzax viloyatlari va 

Qoraqalpog’iston  Respublikasiga  to’g’ri  keladi.  1995-2003-yillarda  paxtaning 

o’rtacha  hosildorligi  pasaygani  kuzatildi.  Bu  ko’rsatkich  1995-  yilda  gektaridan 

26,4 sentnerdan 2003- yilda 20,6 sentnerga kamaydi. Paxta hosildorligining u yoki 

bu darajada pasayishi barcha viloyatlarda kuzatilmoqda. Hosildorlikning eng ko’p 

pasayishi Qoraqalpog’istonda (38%), Sirdaryo (35%), Namangan (30%), Toshkent 

(23%), Farg’ona va Xorazm viloyatlariga (26%) to’g’ri keladi. So’nggi yillarda esa 

paxta hosildorligi oshmoqda. 

        Yalpi  ishlab  chiqarishni  zamonaviy  darajada  saqlash  uchun  paxta 

hosildorligini  respublika  bo’yicha  gektaridan  24  sentner  darajada  saqlash  talab 



 

25 


etiladi.  2005-yilda  bu  ko’rsatkich  gektaridan  25  sentnerni  tashkil  etdi. 

Qishloqda 

yangicha  xo’jalik  yuritish  mexanizmining,  qishloq  xo’jaligini  moliyalashtirish, 

kreditlash  va  sug’urta  qilishning  yangi  tizimini,  qishloq  xo’jaligida  ishlab 

chiqarilgan  mahsulot  va  qishloqqa  keltiriladigan  texnika,  yoqilg’i  va  mineral 

o’g’itlar uchun bo’ladigan o’zaro xisob-kitobning asoslari ishlab chiqildi va tadbiq 

etildi.  Qishloq  xo’jalik  korxonalarining  iqtisodiy  mustaqilligi  kengaydi.  Amalga 

oshirilgan  chora-tadbirlar  natijasida  2012-  yilda  jami  qishloq  xo’jaligida 

yetishtirilgan mahsulotlar xajmining asosiy qismi nodavlat sektori hissasiga to’g’ri 

keladi.  Iqtisodiyotning  agrar  sektorida  mustahkam  va  barqaror  rivojlanish 

ta’minlandi.  Mustaqillik  yillarida  qishloq  xo’jaligi  ishlab  chiqarish  strukturasi 

tubdan  o’zgardi.  Qishloq  xo’jaligida  ekinlarni  joylashtirishda  ilmiy  asoslangan 

usullar  joriy  etildi.  2013-yil  yakuni  bilan  viloyatda  qishloq  xo’jaligida 

1836,4  mlrd.so’mlik  yalpi  mahsulot  ishlab  chiqarildi  yoki  yalpi  mahsulot  ishlab 

chiqarish 2012- yilga nisbatan 107,0 foizga o’sdi. 

         Chorvachilikdagi  yalpi  mahsulot  qiymati  698,0  mlrd.so’m  yoki  umumiy 

yalpi  mahsulotdagi  ulushi  38,0  foiz,  yalpi  mahsulotlari  1138,4  mlrd.so’m  yoki 

umumiy  yalpi  mahsulotdagi  ulushi  62,0  foizni  tashkil  etdi.  Fermer  xo’jaliklarida 

561,2    mlrd.  so’m  mahsulot  ishlab  chiqarildi  yoki  o’sish  sur’ati  105,9  foizni, 

dehqon  xo’jaliklarida esa o’sish 107,3 foizni tashkil etdi. Jami ishlab chiqarilgan 

yalpi  mahsulot  qiymatining  30,6  foizi  fermer  xo’jaliklari  tomonidan  ishlab 

chiqarildi.  Viloyatda  5596  ta  fermer  va    dehqon  xo’jaliklari  bo’lib,  358  nafari 

yuridik  maqomga  egadir.  Davlatga  231,3  ming  tonna  g’alla  (rejaga  nisbatan 

112,6%)  va  232,7  ming  tonna  paxta  (101,2%)  yetkazib  berildi.  Barcha  turdagi 

xo’jaliklarda  500,6  ming  tonna  don  (o’tgan  yilga  nisbatan  101,6%),  188,1  ming 

tonna kartoshka (112,6%), 529,5 ming tonna sabzavot (108,3%), 56,9 ming tonna 

poliz  (107,0%),  158,0  ming  tonna  meva  (114,4%)  va  87,5  ming  tonna  uzum 

(113,0%),  chorvachilik  mahsulotlaridan  93,2  ming  tonna  go’sht  (107,1%),  

464,5 ming tonna sut (110,0%), 170,4 mln.dona tuxum (139,9%), 1350 tonna jun 

(108,5%)  ishlab  chiqarildi.  So’nggi  yillarda  qoramol  bosh  sonlari  556,9  ming 

boshni (102,4%), shu jumladan sigirlar 196,4 ming boshni (102,7%), qo’y-echkilar  



 

26 


647,7  ming  boshni  (103,1%),  parranda  2293,8  ming  boshni  (112,8%)  va  otlar  

6,4  ming  boshni  (100,9%)  tashkil  etdi.  O’zbekiston  Resublikasi  Prezidentining 

2011-yil  31-  oktyabrdagi  “2012-2015-yillarda  Respublika  oziq-ovqat  sanoatini 

boshqarishni  tashkil  etishni  yanada  takomillashtirish  va  rivojlantirish  chora-

tadbirlari  to’risida”gi  PQ-1633-sonli  Qarorini  viloyatda  bajarilishini  ta’minlash 

bo’yicha  bir  qator  ishlar  amalga  oshirildi.  Ushbu  qarorga  asosan  2013-  yil 

yakunida 188,0 ming tonna kartoshka (2012- yilga nisbatan 112,6%), 526,6 ming 

tonna sabzavot (107,8%), 56,5 ming tonna poliz (106,2%), 157,8 ming tonna meva 

(114,3%),  86,4  ming  tonna  uzum  (111,6%),  95,1  ming  tonna  go’sht  (109,2%), 

464,5  ming  tonna  sut  (110,0%),  146,1  mln.dona  tuxum  (120,0%)  yetishtirish 

belgilangan.  (viloyat  axolisi  iste’moli  uchun  me’yorlar  bo’yicha  1  yilda  

277,8 ming tonna sabzavot, 123,9 ming tonna kartoshka, 138,7 ming tonna meva, 

47,5  ming  tonna  poliz,  98,4  ming  tonna  go’sht,  344,2  ming  tonna  sut,  

297,5  mln.dona  tuxum  maxsulotlari  talab  etiladi).  Viloyatda  2013-  yilda  

529,5  ming  tonna  sabzavot  (o’tgan  yilga  nisbatan  108,3%),  188,1  ming  tonna 

kartoshka  (112,6%),  56,9  ming  tonna  poliz  (107,0%),  158,0  ming  tonna  meva 

(114,4%),  87,5  ming  tonna  uzum  (113,0%),  93,2  ming  tonna  go’sht  (107,1%), 

464,5  ming  tonna  sut  (110,0%)  va  170,4  mln.dona  tuxum  (139,9%)  maxsulotlari 

ishlab chiqarildi. 

          O’zbekiston  Resublikasi  Prezidentining  2011-  yil  31-  oktyabrdagi  

“2012-2015- yillarda Respublika oziq-ovqat sanoatini boshqarishni tashkil etishni 

yanada 


takomillashtirish 

va 


rivojlantirish 

chora-tadbirlari 

to’g’risida”gi  

PQ-1633-sonli  Qaroriga  asosan  viloyat  hokimining  2011-yil  4-noyabrdagi  

274-sonli Qarori qabul qilinib, dastur ishlab chiqilgan. Dasturga muvofiq viloyatda 

2012- yilda 2 ta go’shtni, 2 ta sutni va 4  ta meva-sabzavot va uzumni qayta ishlash 

loyihalarini  amalga  oshirish  belgilangan  bo’lib,  bu  maqsadlarga  1,7  mlrd.so’m 

mablag’  sarflash  ko’zda  tutilgan.  2012-  yil  yakuni  bilan  dastur  doirasida  2    ta 

go’shtni,  8    ta  sutni,  6  ta  meva-sabzavotni qayta  ishlovchi  korxonalar  jami  16 ta 

(dasturdan    tashqari  8  ta  )  loyihalar  amalga  oshirilib,  2414,0  mln.so’m  

(990,0  mln.so’m  bank  kreditlari)  sarflandi.  Bular,  Namangan  shahrida  “Ankabud 



 

27 


sanoat  savdo”  MChJ  go’shtni qayta  ishlash  korxonasida  modernizatsiya  tadbirlari 

amalga  oshirilib,  Toshkent  shahridagi  Yevrofud  MChJdan  Germaniya  davlatida 

ishlab chiqarilgan termokamera va qadoqlash texnologiyasini olib kelib o’rnatildi. 

Shuningdek,  Chortoq  tumanida  “Chortoq  go’sht  sut  savdo”  MChJ  yangi  go’shtni 

qayta  ishlash  texnologiyasi  olib  kelinib,  foydalanishga  topshirilgan.  Namangan 

tumanida  “Xonobod  naslchilik”  sho’ba  korxonasi  tomonidan  sutni  qayta  ishlash 

bo’yicha yangi liniyasi  ishga tushirilgan. Shuningdek, mazkur tumandagi “Iqbol” 

MChJ  sutni  qayta  ishlash  korxonasida  modernizatsiya  va  rekonstruktsiya  ishlari 

amalga  oshirilib,  mavjud  quvvatlar  kengaytirilgan.  Mingbuloq  tumanida  “Odina 

Zubayda” MChJ korxonasi tomonidan meva-sabzavotni hamda Chortoq tumanida 

“Lidiya”  sho’ba  korxonasida  uzumni  qayta  ishlash  sexlarida  modernizatsiya 

tadbirlari  amalga  oshirilib,  qo’shimcha  yangi  liniyalar  o’rnatilgan.  To’raqo’rg’on 

tumanida “To’raqo’rg’on baraka zamini” xususiy korxonasida meva-sabzavotlarni 

quritish  asbob-uskunalari  o’rnatilib,  yangi  sex  foydalanishga  topshirilgan. 

Shuningdek,  dasturdan  tashqari  jami  8  ta,  shu  jumladan,  6  ta  sutni  va  2  ta  meva-

sabzavotni  qayta  ishlash  korxonalari  ishga  tushirilib,  foydalanishga  topshirilgan 

(Bular, Namangan shahrida “Qualitative OIL” MChJ, “Nixol ziyo savdo telekom” 

MChJ,  Mingbuloq  tumanida  xususiy  tadbirkorlar  F.Abduraxmonova,  A.Arapov, 

To’raboev va Uchqo’rg’on tumanida B.Xojimirzaev tomonidan sutni (muzqaymoq 

ishlab  chiqarish),  Norin  tumanida  fuqaro  O.Mirzaev  hamda  Namangan  shaxrida 

“Afruz  Kamol  Nabi”  MChJlar  tomonidan  meva-sabzavotni  qayta  ishlash 

korxonalari.)    Qishloq  xo’jaligi  maxsulotlarini  saqlash  tizimini  yanada  yaxshilash 

maqsadida 

O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2011-yil  

7-apreldagi  “2011-2015-yillar  davrida  meva-sabzavot  mahsulotlarini  saqlashning 

moddiy-texnika  bazasini  rivojlantirish  va  mustahkamlash  chora-tadbirlari 

to’g’risida”gi VM-105-sonli Qaroriga asosan 2012-yilda jami 4050 tonna quvvatga 

ega  5  ta  yangi  muzlatkichli  omborlar  qurish  va  3200  tonna  quvvatga  ega  3  ta 

sovutkichli  sig’imlarni  modernizatsiya  qilish  belgilangan.  Hozirgi  davrda  

2050  tonna  quvvatga  ega  5  ta  yangi  sovutkichli  omborlar  qurilib,  4700  tonna 

quvvatga  ega  4  ta  mavjud  sovutkichli  sig’imlar  modernizatsiya  qilindi.  Shundan, 



 

28 


yil  yakuni bilan 166 ta  loyihalar ijrosi ta’minlandi Jumladan, 36 ta qoramolchilik 

fermer  xo’jaligida  1837  bosh  qoramol,  455,1  ming  bosh  parranda  boqishga 

ixtisoslashgan  31  ta  parrandachilik  xo’jaligi,  94,5  gektar  sun’iy  suv  havzalar 

maydonida  41  ta  baliqchilik  xo’jaliklari,  11,7  gektar  maydonda  22  ta  yengil 

konstruktsiyali  issiqxonalar,  36  ta  fermer  xo’jaliklari  va  dehqon  xo’jaliklarida  

2170  dona  asalari  uyalari  tashkil  etilgan  hamda  5  ta  chorvachilik  xo’jaliklari 

tomonidan 256 bosh chetdan naslli qoramol olib kelindi.  


Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish