________________________________ tumani maktabgacha ta’lim bo’limi tasarrufidagi
48-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining 1-sonli
Buyrug’i
04.01.2021 yil
“Brakeraj komissiyasi”ni tashkil etish to’g’risida
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyuldagi 626-son qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida Tashkilotda sog’lom ovqatlantirish ishlarini to’g’ri tashkil etish, ovqat ratsionini talab darajasida shakllantirish va taomnomalarning xilma-xilligini ta’minlash hamda tayyorlangan taomlar sifatini nazorat qilib boruvchi “Brakeraj komissiyasi”ni tashkil etish maqsadida
Buyuraman
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyuldagi 626-son qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida Tashkilotda sog’lom ovqatlantirish ishlarini to’g’ri tashkil etish, ovqat ratsionini talab darajasida shakllantirish va taomnomalarning xilma-xilligini ta’minlash hamda tayyorlangan taomlar sifatini nazorat qilib boruvchi “Brakeraj komissiyasi” quyidagi tarkibda tashkillansin.
1.Komissiya raisi: DMTT hamshirasi _________________.
Qo’mita a’zolari;
1. DMTT KUK raisi; _________________________
2. DMTT uslubchisi: __________________________
3. DMTT tarbiyachisi: __________________________
4. DMTT yordamchi tarbiyachisi: __________________________
5. DMTT oshpazi: ___________________________
Ota-onalardan: ____________________________
7.DMTT xo’jalik mudiri: ____________________________
2. “Brakeraj komissiyasi”ga DMTTda sog’lom ovqatlantirish tashkil qilinishini nazorat qilish topshirilsin.
3. 48-DMTT katta tibbiyot hamshirasi ______________________________ga quyidagi javobgarliklar yuklatilsin.
3.1 DMTTda SanPin qoida va me’yorlari asosida ovqatlantirish ishlarini talab darajasida olib borish, har oy davomida oziq-ovqatlar bilan ta’minlanish darajasini analiz qilib borish;
3.2 Tarbiyalanuvchilarni oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan jismoniy ehtiyojni va ovqatlanish me’yorlarini hisobga olgan holda namunaviy taomnoma asosida o’n kunlik taomnomani ishlab chiqish va uni tuman DSENM hamda Maktabgacha ta’lim bo’limidan tasdiqlatish;
3.3 Ota-onalar burchagiga burchagiga har kuni taomnomani ilib qo’yish;
3.4 Turli yoshdagi bolalarga mo’ljallangan, ularning sog’ligini hisobga olgan holda tayyorlanadigan taomlar ko’rsatilgan kundalik namunaviy taomnoma-talabnoma tayyorlash;
3.5 Ovqatlarning to’g’ri kulinariya ishlovidan o’tish, taomlarning chiqarilishini va mazasini nazorat qilish;
3.6 Mahsulotlarning saqlanishi va iste’molga berilishi muddatiga amal qilinishini nazorat qilish;
3.7 Taom mazasini tatib ko’rish va maxsus brakeraj jurnali “tayyor taomlar’da tayyorlangan taomlarga baho berish va ularning tarbiyalanuvchilarga berishga ruhsat berish;
3.8 Tayyor mahsulotlarning kunlik namunalarini olish va ularni to’g’ri saqlash;
3.9 Yig’ma hisob bedmostida ovqatlarning tarkibiy qismlari hisobini, ularning kaloriyasini oylik hisobini olib boorish;
3.10 Oziq-ovqat bo’linmasining sanitariya holati, uning uskunalari, jihozlari, idish tovog’i, ularning saqlanishi, nomlanishi o’z o’rnida ishlatilishi, ishlov berilishi ustidan nazorat olib borish;
3.11 Tez buziluvchi mahsulotlarni foydalanishda belgilangan talablarga qat’iy amal qilish;
3.12 Ovqatdan olingan sinama toza idishga solinib, idishning ustki qismiga taomning nomi, tayyorlangan va sinama olingan vaqti yozilgan yorliq yopishtirilgan holda, sovutgich yoki sinama sifatiga ta’sir qilmaydigan sharoitda to’liq bir sutka saqlash;
3.13 Taomnomani bir kun oldingi tarbiyalanuvchilar soniga mutanosib ravishda har bir tarbiyalanuvchi uchun bir kunlik o’rtacha sarflanadigan oziq-ovqat mahsulotlari miqdori va ularning qiymati chiqarilgan holda ikki nusxada tuzish.
4. DMTT KUK raisi _______________________________________
4.1 Brakeraj komissiyasi KUK raisi oshxonaga qabul qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyorlanayotgan taomlar sifatini doimiy ravishda o’rganib boradi.
4.2 Brakeraj daftari oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, mazasi, kunlik sinama olinganligi, ovqatni tarqatishga ruxsat berilganligi haqidagi ma’lumotlar belgilangan tartibda to’ldirilib, har kuni hamshiraning imzosi bilan tasdiqlanishini nazorat qilish.
4.3 Taomnoma sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari asosida tog’ri tuzilganligi hamshira va maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori tomonidan imzo bilan tasdiqlanishini nazorat qilish;
5. MTT tarbiyachisi _____________________ va yordamchi tarbiyachi _______________________________arga
5.1. Bolalarni ovqatlantirishni taminlash;
5.2. Ovqatlanish sanitariya-gigiyena shartlariga rioya qilish; va estetik qoidalarini shakllantirish; 5.3 Bolalarda o’z o’ziga hizmat qilish va estetik qoidalarni shakllantirish;
5.4 Guruhda ichimlik bilan ta’minlanish rejimini tashkillash, ichimlik suvi sifatini nazorat qilish;
6. DMTT oshpazi ________________ga
6.1 Ovqatlanish bo’linmasidagi idish tovoqlarni, jihozlarni saqlash, nomlash va belgilangan maqsadda foydalanish;
6.2 1va 2 taomlarni, salatlarni SanPin talablariga mos ravishda to’g’ri tayyorlash;
6.3 Xo’jalik mudiri va katta hamshira bilan birgalikda xilma-xil taomlar tuzish;
6.4 Tayyor ovqatni faqat kunlik sinama olingandan so’ng tarqatish;
6.5 Tayyor ovqatni tarqatguncha qaynoq plitada bo’lish vaqti ( 2 soatgacha) amal qilish;
7. DMTT Ota-onalardan _______________________________ga;
7.1 Brakeraj daftarining birinchi sahifasida brakeraj komissiyasini tasdiqlash haqidagi buyruqdan ko’chirma bo’lishi, daftar raqamlangan, ip o’tkazib tikilgan va maktabgacha ta’lim bo’limi mudiri tomonidan uning familiyasi, ismi, otasining ismi va sana ko’rsatilgan holda imzolanib, muxrlanganini nazoratga olish;
7.2 Tez buziluvchan mahsulot daftar raqamlangan, ip o’tkazib tikilgan va maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari tomonidan uning familiyasi, ismi, otasining ismi va sana ko’rsatilgan holda imzolanib, muhrlangan bo’lishi lozim. Daftarning birinchi sahifasida tez buziluvchan mahsulotlarning saqlanish muddatlari haqidagi jadval ko’rsatilganligini nazoratga olish;
7.3 Omborxonada saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini qayd etish daftari raqamlangan, ip o’tkazib tikilgan va maktabgacha ta’lim bo’limi mudiri tomonidan uning familiyasi, ismi, otasining ismi va sana ko’rsatilgan holda imzolanib, muxrlanganini nazoratga olish;
8.Brakeraj komissiya a’zolari tomonidan brakeraj daftari yuritilishining doimiy monitoring olib boriladi.
9. Kundalik taomnoma va ovqatlantirish ishlarini nazorat qilib boruvchi “Brakeraj komissiyasi” chora – tadbirlar rejasini tuzish. Ilova qilinadi.
10.Ushbu buyruqni ijrosi bo’yicha umumiy nazoratni o’z zimmamda qoldiraman.
Do'stlaringiz bilan baham: |