Tumani ­­­­ umumiy o’rta ta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi


V.Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. Oquvchilar bilimi baholanadi



Download 1,56 Mb.
bet10/12
Sana09.10.2019
Hajmi1,56 Mb.
#23244
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
3- SINF tabiatshunoslik yangi


V.Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. Oquvchilar bilimi baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish. O'quvchilarga darslikdagi mavzuni o'qib chiqish, mavzudan keyin berilgan savollarga javob topish, krossvordni yechish uyga vazifa sifatida beriladi.
22- dars. Mavzu: MANZARALI O'SIMLIKLAR

Sana______

Darsning ta'limiy maqsadi: o'quvchilarga manzarali daraxt va butalar, gulzor o'simliklari, maktab gulzori . haqida ma'lumotlar berish, manzarali o'simliklar bo'yicha , o'quvchilarda bilim va ko'nikmalarni shakllantirish.T.k.1 jonli va jonsiz tabiat, tabiat hodisalariga oid tayanch so‘z va atamalarning ma’nosini aytib bera olish. T.k.2 mavzuga doir ma’lumotlarni kompyuter va boshqa manbalardan izlab topib, ulardan samarali foydalana olish. T.k.5 o‘zi yashaydigan o‘lkaning tabiati, tarixiy obidalari haqida bilish; F.k.1 jonli va jonsiz tabiat, atrofimizdagi tabiatning tarkibiy qismlari va tabiat hodisalarini, suvning uch holatini va tabiatda aylanib yurishini kuzatadi va suvning tirik organizmlar va insonlar uchun ahamiyatini aytib bera oladi.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: o'quvchilarda man­zarali o'simliklarni ko'paytirishga mehr uyg'otish, gullarni parvarish qilishga o'rgatish. T.k.3 o‘zini tuta olish, to‘g‘riso‘z bo‘lish, o‘zining xatosini tushunish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: o'quvchilarda manzarali o'simliklarning ahamiyati haqidagi dunyoqarashlarini kengaytirish. F.k.3 havoni ifloslantirish inson sog‘ligi uchun zararli ekanligini anglaydi,

Darsning jihozlari: manzarali daraxt, buta va gulzor o'simliklarining shoxlari, urug' mevalaridan namunalar, manzarali daraxt va butalar, gulzor o'simliklari, maktab gulzori tasvirlangan rasmlar, darslik.

Darsda qo'llaniladigan metod: suhbatlashish, amaliy ishlar o'tkazish.

DARSNING BORISHI

  1. Tashkiliy qism.

O'quvchilar davomatini aniqlash, ularning darsga tayyorligini tekshirish, manzarali daraxt va butalarning shoxlaridan namunalarni o'quvchilarga ko'rinadigan joyga qo'yish, manzarali daraxt va butalar, gulzor o'simliklari, maktab gulzori tasvirlangan rasmlarni osib qo'yish.

II.Uy vazifasini so'rash.

Avvalgi darsda o'tilgan «Bog'da yetishtiriladigan mevalar» mavzuyi yakunida berilgan savollar asosida o'quvchilar bilan suhbat o'tkaziladi. Suhbatlashish quyidagi qo'shimcha savollar bilan davom ettirilishi mumkin:

1. Mevali daraxtlar qanday ko'paytiriladi?

2. Mevali buta qanday ko'paytiriladi?

3. Mevali o't o'simligi qanday ko'paytiriladi?

4. Eng avval qaysi meva pishadi?

O'quvchilar bilan suhbatlashish davomida mevalarning urug'i va danaklari tahliliga doir uyga berilgan topshiriqlarning bajarilganligi tekshirib chiqiladi.

III.Yangi mavzuning bayoni.

“Manzarali o'simliklar” mavzuyi boshida berilgan quyidagi savollar bo'yicha o'quvchilar bilan suhbatlashiladi:



1. Manzarali o'simliklar deb qanday o'simliklarga aytiladi? Ularga misollar keltiring.

2. Uyingizda va maktabingiz gulzorida qanday gullar o'sadi?

Yangi mavzu bo'yicha o'quvchilarga manzarali daraxt va butalar, gulzor o'simliklari, maktab gulzori haqida batafsil so'zlab beriladi. Mavzuni bayon qilishda nomlari aytilgan har bir manzarali o'simlikning ko'rinishi qanday bo'lishi bo'yicha o'quvchilar bilan suhbatlashib boriladi. Har bir o'quvchi bayon qilinayotgan manzarali daraxt va butalar, gullarni ko'z oldiga keltirishiga e'tibor beriladi. Mavzu oxirida keltirilgan amaliy ishlar bajariladi. Amaliy ishlarni bajarish davomida manzarali daraxtlar, butalar va gulzor o'simliklarning bargi xususida o'quvchilar bilan suhbatlashib boriladi.


Gullar

Gullar manzarali o'simliklar hisoblanadi. Hovli va xiyobonlarda o'stiriladigan gullar shular jumlasidandir.

Ayniqsa, atirgul, chinnigul, kartoshkagul, gulbeor, marmarak (nargis) kabi gullar xushmanzaraligi bilan odamni o'ziga jalb etadi (78- rasm). Bu gullarning barchasi madaniy o'simliklar hisoblanadi. Ular odamlar tomonidan ekiladi va parvarish qilinadi.
1 - atirgul; 2 - shoyigul; 3 - marmarak (nargis).

Maktab gulzorida

Maktab gulzorida turli xil gullar bor. Gulzorda chinnigul, qo'qongul, rayhon, shoyigul va atirgul o'stirila-di. Biz gulzordagi gullarni parvarish qilamiz.

Gullardan atirgul ko'p yillik bo'lib, kuz oxirida uning novdalari kesiladi. Bahor kelib, kunlar iliy boshlashi bilan atirgul barg chiqara boshlaydi. Ular о'sib, yangi novda, poyalarga aylanadi.Poyalardan yana novdalar ko'karib, barglar bilan birga g'unchalar o'sib chiqadi. Atirgul may oylarida ochila boshlaydi. Uning guli chiroyli, hidi esa juda xushbo'ydir.

Erta bahordan boshlab vaqti-vaqti bilan gulzordagi barcha gullarning tagi yumshatilib, sug'orib turiladi. Ular orasidan о'sib chiqqan begona o'simliklar yulib tashlanadi


T.r.

Manzarali daraxtlar

Manzarali

butalar

Gulzorda

o'sadigan o'simliklar

1.

2. 3.










IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

O'quvchilarga quyidagi savollar beriladi:



1. Manzarali daraxtlar qayerda o'sadi? Nima uchun ular “manzarali” deb ataladi?

2. Manzarali o'simliklarning bizga qanday ahamiyati bor?

3 Nima uchun ularni ko'paytirish kerak?

4. Gulzor o'simliklaridan qaysilarini bilasiz?

5. Maktabingiz gulzorida qaysi gullar parvarish qilinadi?

O'quvchilarning javobi o'qituvchi tomonidan to'ldiriladi.

V.Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. Oquvchilar bilimi baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish.

O'quvchilarga darslikdagi mavzuni o'qib chiqish, mavzudan keyin berilgan savollarga javob topish, manzarali daraxt va butalarga hamda gulzor o'simliklariga 5 tadan misol topish va ularni jadvalga yozish uyga vazifa sifatida beriladi.



23-dars. Mavzu: Dorivor o’simliklar. Salomatlik darslari. Salomatlikni mustahkamlash omillari

Sana__________

Darsning ta'limiy maqsadi: o'quvchilarga dorivor o'simliklar haqida ma'lumotlar berish, bilim va ko'nikmalarni shakllantirish. T.k.1 jonli va jonsiz tabiat, tabiat hodisalariga oid tayanch so‘z va atamalarning ma’nosini aytib bera olish. T.k.2 mavzuga doir ma’lumotlarni kompyuter va boshqa manbalardan izlab topib, ulardan samarali foydalana olish. F.k.1 jonli va jonsiz tabiat, atrofimizdagi tabiatning tarkibiy qismlari va tabiat hodisalarini, suvning uch holatini va tabiatda aylanib yurishini kuzatadi va suvning tirik organizmlar va insonlar uchun ahamiyatini aytib bera oladi. F.k.3 havoni ifloslantirish inson sog‘ligi uchun zararli ekanligini anglaydi,

Darsning tarbiyaviy maqsadi: o'quvchilarga tevarak-atroflarida o'sadigan dorivor o’simliklardan to’g’ri foydalanishni o’rgatish T.k.3 o‘zini tuta olish, to‘g‘riso‘z bo‘lish, o‘zining xatosini tushunish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: o'quvchilarda dorivor o'simliklar va ularning ahamiyati haqida dunyoqarashlarini shakllantirish, dorivor o'simliklardan to'g'ri foydalanishni o'rgatish va kengaytirish. T.k.5

o‘zi yashaydigan o‘lkaning tabiati, tarixiy obidalari haqida bilish;



Darsning jihozlari: dorivor o'simliklarning shoxlaridan namunalar, isiriqning qurigan tupi, kashnich va na'matak mevasidan namunalar, ulardan qaynatma va damlama tayyorlash uchun kerak bo'ladigan jihozlar, dorivor o'simliklar tasvirlangan rasmlar, darslik.

Darsda qo'llaniladigan metod: suhbatlashish, amaliy ishlar o'tkazish.

DARSNING BORISHI

1. Tashkiliy qism. O'quvchilar davomatini aniqlash, ularning darsga tayyorligini tekshirish, dorivor o'simlik­larning shoxlaridan namunalarni o'quvchilarga ko'rinadigan joyga qo'yish, dorivor o'simliklar tasvir­langan rasmlarni osib qo'yish.

II. Uy vazifasini so'rash. Avvalgi darsda o'tilgan “Manzarali o'simliklar” mavzuyi yakunida berilgan savollar asosida o'quvchilar bilan suhbatlashiladi. Quyidagi qo'shimcha savollar bilan suhbatlashish

davom ettirilishi mumkin:

1. Qanday manzarali daraxtlarni bilasiz?

2. Manzarali butalarga misollar keltiring.

3. Manzarali o'simliklar qanday foyda keltiradi?

4. Gulzor o'simliklaridan qaysilarini parvarish qilishni bilasiz?

Manzarali o'simliklarni jadvalga yozish bo'yicha berilgan topshiriq tekshiriladi.

III. Yangi mavzuning bayoni. “Dorivor o'simliklar” mavzuyi boshida keltirilgan quyidagi savollar bo’yicha suhbatlashiladi:

1. Qanday sabzavotlarni iste'mol qilish foydali deb hisoblaysiz?



2. Yalpiz haqida nimalarni bilasiz? Yangi mavzu bo'yicha dorivor o'simliklar haqida o'quvchilar bilan suhbatlashiladi. Darslikda keltirilgan dorivor o'simliklardan tashqari quyidagi o'simliklar bo'yicha ham suhbat o'tkaziladi.

Qir-adirlarda, yaylovlarda, dalalarda o'sadigan ismaloq yalpiz kabi vitaminlarga boy bo'lib, uni iste'mol qilinadi. Tog'li o'lkalarda o'sadigan kiyiko'tdan damlab ichilgan choy, qon bosimini pasaytiradi, yurak sanchishiga, qand kasaliga davo bo'ladi. Dala va yaylovlarda o'sadigan rovoch novdasini shimilsa oshqozon yarasi, buyrak kasaliga davo bo'ladi. Ildizining qaynatmasi ham ko'p kasalliklarga davodir. Rovoch ildizidan olib ekiladi va ko'paytiriladi. Qichitqi o't bargining damlamasi burundan qon kelishi, bezgak, bod kasalliklariga davo bo'ladi, buyrakka kelgan toshni tushirishga yordam beradi. Qoqio't tanasidagi sut kabi shirasi ko'zga oq tushishi va jigar og'rishiga, ildizi va bargining damlamasi buyrak, o't kasali, me'da yallig'lanishiga davo bo'ladi. Damlamasi bilan og'iz chayilsa, milkni davolaydi. Zira taomni, ayniqsa, palov va kabobni xushbo'y qiladi. U ichak va jigarga davo bo'ladi. Otquloq ildizi va mevasining qaynatmasi, bargining shirasi, milk kasali va boshqalarga davo bo'ladi. Petrushka ildizi va mevasining damlamasi buyrak, qovuqdagi toshni eritishga yordam beradi, jigar kasaliga davo bo'ladi. Amaliy ishlar o'tkaziladi. Bunda o'quvchilardan isiriq qaynatmasi, kashnich va na'matak mevasi qanday kasalliklarga davo bo'lishi so'raladi.



IV.. Yangi mavzuni mustahkamlash. O'quvchilarga dorivor o'simliklarga oid quyidagi savollar beriladi:

1. Qaysi dorivor o'simlikni bilasiz?

2. Yalpiz va jag'-jag' nima uchun dorivor o'simlik hisoblanadi?

3. Dorivor o'simliklardan qaysilaridan foydalangansiz?

O'quvchilarning javobi o'qituvchi tomonidan to'ldiriladi.

V.Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. Oquvchilar bilimi baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish.

O'quvchilarga darslikdagi mavzuni o'qib chiqish, mavzudan keyin berilgan savollarga javob topish uyga vazifa sifatida beriladi.


24- dars. Mavzu: TUT DARAXTI. IPAK QURTI

Sana__________

Darsning ta'limiy maqsadi: o'quvchilarga dorivor o'simliklar haqida ma'lumotlar berish, bilim va ko'nikmalarni shakllantirish. T.k.1 jonli va jonsiz tabiat, tabiat hodisalariga oid tayanch so‘z va atamalarning ma’nosini aytib bera olish. T.k.2 mavzuga doir ma’lumotlarni kompyuter va boshqa manbalardan izlab topib, ulardan samarali foydalana olish. F.k.1 jonli va jonsiz tabiat, atrofimizdagi tabiatning tarkibiy qismlari va tabiat hodisalarini, suvning uch holatini va tabiatda aylanib yurishini kuzatadi va suvning tirik organizmlar va insonlar uchun ahamiyatini aytib bera oladi. F.k.3 havoni ifloslantirish inson sog‘ligi uchun zararli ekanligini anglaydi,

Darsning tarbiyaviy maqsadi: o'quvchilarga tevarak-atroflarida o'sadigan dorivor o’simliklardan to’g’ri foydalanishni o’rgatish T.k.3 o‘zini tuta olish, to‘g‘riso‘z bo‘lish, o‘zining xatosini tushunish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: o'quvchilarda dorivor o'simliklar va ularning ahamiyati haqida dunyoqarashlarini shakllantirish, dorivor o'simliklardan to'g'ri foydalanishni o'rgatish va kengaytirish. T.k.5

o‘zi yashaydigan o‘lkaning tabiati, tarixiy obidalari haqida bilish;



Darsning jihozlari: dorivor o'simliklarning shoxlaridan namunalar, isiriqning qurigan tupi, kashnich va na'matak mevasidan namunalar, ulardan qaynatma va damlama tayyorlash uchun kerak bo'ladigan jihozlar, dorivor o'simliklar tasvirlangan rasmlar, darslik.

Darsda qo'llaniladigan metod: suhbatlashish, amaliy ishlar o'tkazish.

DARSNING BORISHI

1. Tashkiliy qism. O'quvchilar davomatini aniqlash, ularning darsga tayyorligini tekshirish, dorivor o'simlik­larning shoxlaridan namunalarni o'quvchilarga ko'rinadigan joyga qo'yish, dorivor o'simliklar tasvir­langan rasmlarni osib qo'yish.

II. Uy vazifasini so'rash. Avvalgi darsda o'tilgan “Manzarali o'simliklar” mavzuyi yakunida berilgan savollar asosida o'quvchilar bilan suhbatlashiladi. Quyidagi qo'shimcha savollar bilan suhbatlashish

davom ettirilishi mumkin:

1. Qanday manzarali daraxtlarni bilasiz?

2. Manzarali butalarga misollar keltiring.

3. Manzarali o'simliklar qanday foyda keltiradi?

4. Gulzor o'simliklaridan qaysilarini parvarish qilishni bilasiz?

Manzarali o'simliklarni jadvalga yozish bo'yicha berilgan topshiriq tekshiriladi.

III. Yangi mavzuning bayoni. Tut daraxti

Ilgari tut daraxti deyarli har bir xonadonda o‘sgan. Odamlar uning soyasida dam olishgan. Tut daraxti dalalarda va ko‘cha bo‘ylarida o‘sadi. Bargi yirik, tiniq, yashil rangda bo‘ladi. Tut daraxtining mevasi boshqa mevalarga nisbatan erta pishadi (84-rasm). «Balxi tut» deb ataladigan navining mevasi yirik va mazali bo‘ladi. Viloyatlarda tut daraxti alohida maydonlarga ekilib, tutzorlar barpo qilingan. Mart oyi oxirida tut daraxtining kurtaklari ochilib, barg yoza boshlaydi. O‘zbekistonda bu daraxtning barglari bilan ipak qurti boqiladi. Aprel oyi boshidan yosh barglari terib olinib, ipak qurti boqila boshlanadi. Oyning o‘rtalaridan esa tut novdalari kesilib, barglari ipak qurtlariga beriladi. Novdalari kesib olingan tut daraxtidan may oyidan boshlab yangi novdalar chiqa boshlaydi. Bu novdalari kuzda pishib yetiladi. Kuz oxirlarida barglari sarg‘ayib to‘kiladi.

Ipak qurti Ipak qurti, asosan, xonadonlarda boqiladi. Aprel oyi boshlarida ipak qurti tuxumlari ochilib qurtlar chiqadi. Tuxumidan chiqqan qurtlar xonadonlarga tarqatiladi. Qurt boqilayotgan xona harorati muntazam +28°C dan +30°C gacha bo‘lishi kerak. Xona namligi bir me’yorda saqlanishi, havosi almashtirib turilishi lozim. Dastlabki kunlari qurtlarga tut daraxtining yangi chiqayotgan barglari qiymalab beriladi. 5—6 kundan keyin barglar butunligicha solinadi. Qurtlar kun sayin o‘sib, 23—25 kunda pilla o‘ray boshlaydi (85-rasm). Pilla ichida qurt g‘umbakka aylanadi. So‘ngra pillalar terib olinadi (86-rasm) va davlatga topshiriladi.

IV.. Yangi mavzuni mustahkamlash. O'quvchilarga dorivor o'simliklarga oid quyidagi savollar beriladi:

1. Qaysi dorivor o'simlikni bilasiz?

2. Yalpiz va jag'-jag' nima uchun dorivor o'simlik hisoblanadi?

3. Dorivor o'simliklardan qaysilaridan foydalangansiz?

O'quvchilarning javobi o'qituvchi tomonidan to'ldiriladi.

V.Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. Oquvchilar bilimi baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish.

O'quvchilarga darslikdagi mavzuni o'qib chiqish, mavzudan keyin berilgan savollarga javob topish uyga vazifa sifatida beriladi.



25-dars. Mavzu: YOVVOYI HAYVONLAR 3 – Nazorat ishi

Sana____________

Darsning ta'limiy maqsadi: O'quvchilarni yangi atama va tushunchalarbilan tanishtiriah, yovvoyi hayvonlar; sher, ilon, baliq. Bo`ri , tulki, ayiq va boshqalar haqidqgi bilimlarini kengayytirish. yovvoyi hayvonlardan ehtiyot bo'lish, hayvonlarni muhofaza qilish tushunchalarini shakllantirish. T.k.1 jonli va jonsiz tabiat, tabiat hodisalariga oid tayanch so‘z va atamalarning ma’nosini aytib bera olish. manbalar asosida mavzuga doir kichik referatlar tayyorlash. F.k.1 jonli va jonsiz tabiat, atrofimizdagi tabiatning tarkibiy qismlari va tabiat hodisalarini, suvning uch holatini va tabiatda aylanib yurishini kuzatadi va suvning tirik organizmlar va insonlar uchun ahamiyatini aytib bera oladi.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: tabiatda uchraydiganyovvoyi hayvonlar va ularga ozor bermaslik tushuntiriladi., T.k.4 sinfdagi jihozlar, o‘quv qurollarini asrab-avaylash. T.k.3 dunyoqarash va tafakkurini mustaqil ravishda o‘stirib borish,

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: : ijodiy izlanish, bunyodkorlikni rivojlantirish. O`lkaga nisbatan muhabbat tuyg`usini oshirish. F.k.3 havoni ifloslantirish inson sog‘ligi uchun zararli ekanligini anglaydi,

Darsning jihozlari: Uy hayvonlarini tasvirlovchi jadvallar, mulyajlar, diafilm.

Uy va yovvoyi hayvonlar rasmlari, qotirilgan tulumlari, o'yinchoqlar



Darsda qo'llaniladigan metod: «Klaster» interfaol metodi, amaliy ishlar o'tkazish.

DARSNING BORISHI : Mashg'ulotning borishi Masg'ulot o'tgan darsni takrorlashdan boshlanadi

Tashkiliy qism. O'quvchilarning diqqati uy hayvonlari aks etgan rasmlarga qaratiladi:

1 Nima uchun mushuk uy hayvoni deyiladi?

2. U qanday foyda keltiradi?

3. Ot, qo'y, sigir, echki, tuyani kim ko'rgan?

4. Bu hayvonlar nima bilan oziqlanadi?

Yangi mavzuning bayoni; 3-nazorat ishi

NAMUNAVIY TEST TOPSHI

1-variant

1. Qaysi o'simliklar begona o'tlarga kiradi?

a) g'umak, pechak, yalpiz;

b) sho'ra, sholi, zarpechak;

d) sho'ra, pechak, salomalaykum;

e) zarpechak, g'umay, bug'doy.

2. Kartoshka qanday ekinga kiradi?

a) sabzavot ekini;

b) poliz ekini;

d) donli ekini;



3. Qaysi javobda poliz ekinlariga misollar to'g'ri ko'rsatilgan?

a) tarvuz, qovun, qovoq;

b) qovun, handalak, pomidor;

d) tarvuz, qovoq, pechak;

e) qovoq, bodring, karam.

4. Eng avval qaysi mevalar pishadi?

a) shaftoli va o'rik;

b) gilos va olma;

d) gilos va o'rik;

e) olcha va olxo'ri.

5. Qaysi javobda gulzor o'simliklari tog'ri ko'r­satilgan?

a) atirgul, chinnigul, chuchmoma;

b) rayhon, xrizantema, bodom;

d) atirgul, chinnigul, rayhon;

e) atirgul, rayhon, boychechak.

6. Qaysi javobda dorivor o'simliklarga misollar to'g'ri ko'rsatilgan?

a) kashnich, jag'-jag', na'matak;

b) yalpiz, isiriq, zarpechak;

d) isiriq, maymunjon, g'umak;

e) na'matak, sho'ra, kashnich.

7. Tut daraxti asosan nima maqsadda ekiladi?

a) mevasini yeyish uchun;

b) soyasi uchun;

d) bargi bilan ipak qurtlarini boqish uchun;

e) a) va d) javoblar to'g'ri.

8. Qaysi javobda zararkunanda hasharotlar to'g'ri ko'rsatilgan?

a) shira, po'stloq qurti, chumoli;

b) kalarodo qo'ng'izi, chigirtka, xonqizi qo'ng'izi;

d) mart qo'ng'izi, chigirtka, karam kapalagi qurti;

e) po'stloq qurti, asalari, shira.
II variant

1. Begona o'tlar nima uchun yulib tashlanadi?

a) yem-hashak tayyorlash uchun;

b) madaniy o'simliklarga zarar keltirgani uchun;

d) dori tayyorlash uchun;

e) ko'kat sifatida ovqatga solish uchun.

2. Qaysi javobda sabzavot ekinlari to'g'ri ko'r­satilgan?

a) piyoz, pomidor, qovoq;

b) sabzi, karam, bodring;

d) piyoz, sabzi, pomidor;

e) sabzi, sholi, karam.

3. Poliz ekinlari poyalari qanday ko'rinishda o'sadi?

a) poyalari qattiq, tik o'sadi;

b) butalar kabi poyalari yog'ochlangan va to'p-to'p bo'lib o'sadi;

d) uzum toki kabi ishkomda yoki so'rida o'sadi;

e) poyalari yoyilib yer bag'irlab o'sadi.

4. Qaysi javobda mevali butalar to'g'ri ko'rsatilgan?

a) anor, anjir, shaftoli;

b) anor, anjir, malina;

d) anor, qoraqat, qulupnay;

e) anor, anjir, o'rik.

5. Manzarali daraxtlar qayerda o'sadi?

a) bog' va xiyobonlarda;

b) ko'cha bo'ylarida va dalada;

d) bog', ko'cha bo'ylari va o'rmonlarda;

e) ko'cha bo'ylari, xiyobon va istirohat bog'larida.

6. Qaysi javobda dorivor o'simliklar to'g'ri ko'r­satilgan?

a) kashnich, jag'-jag', zarpechak;

b) yalpiz, isiriq, na'matak;

d) na'matak, sho'ra, kashnich;

e) isiriq, maymunjon, g'umak.

7. Ipakdan qanday mato to'qiladi?

a) chit va satin

b) chit va shoyi;

d) atlas va shoyi;

e) atlas va satin

8. Tovuqlar ko'proq nima bilan oziqlanadi?

a) o'simlik urug'lari, chuvalchang, hasharotlar bilan;

b) non ushoqlari, o'simlik barglari va ildizlari bilan;

d) sabzavotlar va hasharotlar bilan;

e) o'simlik urug'lari va o'simlik ildizlari bilan.

O'qituvchi o'quvchilar javoblarini umumlashtirib, sigir, ot, qo'y, quyon, tuya, it, mushuk va boshqa uy hayvonlari kishilar tomonidan qo'lga o'rgatilganligi, ularga g'amxo'rlik qilib, yashashi uchun maxsus joylar qurib berishlari, yem-xashak tayyorlashlari, qarovsiz qoldirmasliklari, uy hayvonlaridan — sigirdan sut, qo'ydan go'sht, jun; echkidan go'sht, sut, momiq; otdan go'sht, sut olinishi, itlar uyni qo'riqlashlari, mushuklar sichqonlarni qirishi aytiladi.Yovvoyi hayvonlarning uy hayvonlaridan farqi, yashash sharoitlari, foydali tomonlari: masalan, ilon zaharidan dorilar, tulki, bo'ri terisidan paltolar yoqasi, ayiq terisidan palto tayyorlanishi so'zlab beriladi. Beozor hayvonlarni o'ldirmaslik kerakligi aytib o'tiladi. Yovvoyi hayvonlar go`shtxo`r, o`txo`r, hammaxo`r bo`ladi.

rasmga qarab uy hayvonlari to'g'risida hikoyalar tuzadilar. Bunda quyidagi rejadan foydalangan ma'qul

Yirtqich hayvonlar

Yirtqich hayvonlar o‘zidan kuchsiz bo‘lgan hayvonlarni yeb oziqlanadi. Ular go‘shtxo‘r hayvonlar deb ham ataladi. Bunday hayvonlarga arslon, yo'Ibars, ayiq, bo‘ri kabi hayvonlar kiradi.

Arslon eng kuchli yirtqich hayvonlardan biridir. Uni sher deb ham atashadi. Arslonlar o‘t va butalar bilan qoplangan issiq o‘lkalarda hayot kechiradi. Kiyik, zebra kabi yirik o‘txo‘r hayvonlarni ovlab yeydi (85- rasm).

Erkak arslon boshi, bo‘yni va ko‘kragini qoplab olgan yoli bilan urg‘ochisidan farq qiladi. Urg‘ochi arslon 2 tadan 5 tagacha bolalaydi. Bolalari 6 oygacha emadi, onasi bilan 2 yil birga yashaydi.

Arslonlarning bir nechtasi bitta guruhni tashkil etib, ma’lum bir hududni egallab oladi. 0‘z hududlariga boshqa yirtqich hayvonlarni yo‘latmaslikka harakat qiladi. Erkagi o‘z hududi va oilasini himoya qiladi. Ov bilan ko‘proq urg‘ochi arslon shug‘ullanadi.



Yo‘lbars arslondan farqli ravishda ko‘p vaqt yakka o‘zi hayot kechiradi (86- rasm). Yo‘lbarslar, asosan, o‘rmon va butazorlarda, tog‘ yonbag‘irlarida yashaydi. Ular yirik o‘txo‘r hayvonlarni ovlab yeydi. Yo‘lbars faqat qisqa masofaga tez yugura oladi. Shuning uchun u o‘ljasini poylab yotadi va to‘satdan hujum qiladi.



85- rasm. Arslonlar. 86- rasm. Yo‘lbars.

Urg‘ochi yo‘lbars 2 tadan 6 tagacha bolalaydi. Bola- larini 2 oygacha sut bilan boqadi. Bolalari 2 — 3 yosh- gacha onasi bilan yashaydi.Ayiqlarning oq ayiq, qo‘ng‘ir ayiq, qora ayiq kabi turlari mavjud. Oq ayiq sovuq joylarda - muzliklarda yashaydi. Uning tanasi 2 metrdan ham uzun, og‘irligi esa 1000 kilogrammgacha bo‘ladi. Oq ayiq, asosan, baliq, tulen kabi suv hayvonlari bilan oziqlanadi.

Qo‘ng‘ir ayiq tog‘ yonbag‘irlarida, o‘rmonlarda yashaydi (87- rasm). 0‘simliklarning bargi, mevasi va ildizi, baliq kabilar bilan oziqlanadi. Asalni xush ko‘radi. Daraxt kovaklaridagi asalari inidan asalni topib yeydi. Ayrim paytlarda bug‘u, kiyik kabi yirik o‘txo‘r hayvonlarni tutib oziqlanadi.

Bo‘ri tog‘ yonbag‘irlarida, o‘rmon, dasht va cho‘llarda hayot kechiradi (88- rasm). Bo‘ri kechalari ovga chiqib, uchragan turli o‘txo‘r hayvonlarni ovlaydi. Bo‘rilar gala bo‘lib o‘ljasiga hujum qiladi. Galada 20 tagacha bo‘ri bo‘lib, ulardan eng kuchlisi galaga boshchilik qiladi. Har bir bo‘rilar galasi boshqa galalarni o‘z hududiga kiritmaydi.



Bo‘ri 4 tadan 13 tagacha bolalaydi. Bolalari 35—45 kun onasini emadi. Ovqatni erkagi keltirib beradi. 2 yoshga yetgan bo‘ri bolalari galalarga qo‘shilib, mustaqil hayot kechiradi.

O‘txo‘r hayvonlar



Odatda, o‘simlik bilan oziqlanadigan hayvonlar o‘txo‘r hayvonlar deb ataladi. Fil, tuya, jirafa, zebra, bug‘u, kiyik, jayron kabi yirik hayvonlar o‘txo‘r hisoblanadi.

Fil - Yer yuzi quruqligidagi eng katta hayvon bo‘lib, o‘g‘irligi 6 tonnaga, balandligi esa 4 metrga yetadi. Uning burni — xartumi hid bilish a’zosi bo‘libgina qolmay, ovqatlanish, karnay kabi ovoz chiqarish, yuk ko‘tarish vazifalarini ham bajaradi.

Fillar dasht va o‘rmonlarda o‘tlarni, buta va daraxtlarning bargi, mevasi va ildizlarini yeb hayot kechiradi. Fil bitta yoki ikkita bolalaydi. Bolasi ikki yilgacha ona suti bilan oziqlanadi. Urg‘ochi fillar va filchalar to‘dada yashasa, erkak fillar yakka holda hayot kechiradi (89- rasm).



Jirafa - Yer yuzidagi eng baland hayvon bo‘lib, uning bo‘yi 6 metrga yetadi. Uning oldingi oyog‘i orqa oyog‘iga qaraganda uzun bo‘lib, har bir qadamining uzunligi 4 — 5 metrga teng (90- rasm).

Jirafa dashtlarda, siyrak daraxtli o‘rmonlarda hayot kechiradi. Urg‘ochisi bitta bola tug‘adi. Bolasi ertasiyoq oyoqqa turib, onasining ortidan yugurib yuradi. Jirafalar va ularning yosh bolalari tuyaqush, zebra yoki kiyiklar to‘dasi bilan birga yuradi.



Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish