18-mavzu: Klaviatura tugmalari va vazifalari. Reja: Klaviatura haqida umumiy ma’lumot
Klaviaturadagitugmalarvazifasi
Klaviatura haqida umumiy ma’lumot Keyingi vaqtda kompyuterga, klaviaturaning standart portlari o‘rniga USB universal ketme-ketli shinasi yordamida ulanadigan klaviaturalar ommalashib bormoqda. USB universal shina bo‘lganligi uchun u odatdagi parallel va ketma-ket portlarni, shuningdek, klaviatura va sichqoncha portlarini muvaffaqiyat bilan almashtirishi mumkin. Hozirgi vaqtda barcha tizimlar USB bilan ham, standart portlar bilan ham ishlab chiqarilmoqda. Kelgusida aftidan kompyuterlar faqat USB shinasini qo‘llasa kerak.
Klaviatura – kompyuterga buyruq va axboratlarni kiritish qurilmasi. Tugmalari soniga ko’ra ctandart (84) va kengaytirilgan (101) klaviaturalari mavjuddir. Bundan tashqari, klaviyaturalar lotin harflarining joylashuviga ko’ra ham farqlanadi: amerika va angliya standarti –QWERTY, fransuz standarti-AZERTY.
Klaviaturadagitugmalarvazifasi Foydalanuvchi tomonidan kompyuterga axborot kiritish uchun mo'ljallangan. Albatta, modeliga qarab tugmalarining soni va joylashishi klaviaturalarda farqlanishi mumkin. Lekin bir xil tugmalarining vazifasi har xil klaviaturalarda bir biriga mos keladi. Klaviaturaning asosiy tugmalari va ularning vazifalari bilan batafsil tanishib chiqamiz:
[ESC]– tugma -aynan bajarilayotgan harakatlarni to'xtatadi;
[F1]…[F12] – funksional tugma, dasturchi (foydalanuvchi) mo'ljaliga ko'ra dasturlanadi.
F1 – Windows bilan ishlash uchun yordam olish klavishasi (ish stolida turgan holatda). Buning afzalligi shundaki bu klavisha orqali istalgan dasturning yordam bo'limiga o'tish mumkin; F2 – biror fayl yoki hujjatning ustiga sichqonchani bir marta bosib so’ng bu klavishani bossangiz shu fayl yoki hujjatni nomini o’zgartirish uchun tahrirlash ochiladi; F5 – bu klavisha orqali siz Windows dagi Refreshni klavisha orqali bosishingiz mumkin (Refresh ning ma’nosi shuki u protsessor uchun foydalanuvchi men hech qanday amal bajarmayabman degan signalni yuboradi); [PrScr] (PRINT SCREEN) – bu tugmadan foydalanib ekrandagi tasvirni to'laligicha bosmaga chiqarish mumkin.
[SCROLL LOCK] – vaqtincha to'xtatish.
[BREAK] – bu tugmadan faqat [CTRL] tugmasi bilan hamkorlikda qo'llaniladi. [CTRL – BREAK] tugmalarini bir vaqtda bosish bajarilayotgan buyruq yoki dasturni tugallashni bildiradi.
[CAPS LOCK] – bosh harflarni foydalanishni belgilab qo'yish uchun.
[CAPS LOCK] ni bosilganda klaviaturaning o'ng tepa qismida joylashgan xabar chiroqchasi yonib qoladi. [CAPS LOCK] tugmani qayta bosish bosh harflardan foydalanishni bekor qiladi.
Ba'zan [CAPS LOCK] bu tugmani boshqa maqsadlar, misol uchun, rus alfavitiga o'tish uchun ishlatiladi.
[Shift] – klaviaturaning yuqorigi registrida joylashgan bosh harflar va boshqa simvollarni kiritish uchun qo'llanadi. Masalan, «d» kichik harfini kiritish uchun, «D» tasvirlangan tugmani bosish kerak, agar «D» bosh harfini kiritmoqchi bo'lsangiz [Shift] ni bosib, qo'yib yubormay turib «D» tugmasini bosasiz.
[CTRL] – o'z holicha ishlamaydi, klaviatura imkoniyatlarini kengaytirish uchun qo'llaniladi.
[ALT] – bu tugma ham analogik holatda ishlaydi. [CTRL] va [ALT] tugmalarini Windows da qo'llanishini biz amaliy mashg'ulotlarda ko'rib o'tamiz.
[Backspace] ([Enter] tugmasi tepasida chapga strelka) – kursordan chapda joylashgan simvollarni yo'qotish uchun.
[Enter] – «kiritish» tugmasi
[Ins] – simvollarni qo'yish va o'zgartirish uchun qo'llanadi. (simvollarni o'chirmasdan almashtiradi).
[Del]– tugmasi ustida kursor joylashgan simvollarni yo'qotish uchun qo'llanadi.
[Home] – kursorni chap va qator boshiga qo'yish uchun ishlatiladi.
[End] – kursorni o'ng va ekranni pastki burchagiga o'tkazadi.
[PgUp] – betlarni tepaga o'tkazishga, to'g'ri yo'nalishda varaqlash uchun.
[PgDn] – betlarni pastga varaqlash uchun.