3. O'RTACHA UZUNLIKDAGI, KOKIL BIR YONGA YOTQIZILGAN SOCH:Sochidan tirnog'ining uchigacha romantik shaxs. Ayollar bunday sochli erkakga qaraganda o'zini romantik muhitda tasavvur qiladi. Erkaklar hayotda shunday effektga ega bo'lish uchun juda ko'p vaqt sarflashadi. Bu erkak tashkilotchilikda ishning ko'zini biladi va shuningdek o'z hayotini ham yashnatadi. Bunday erkaklar ayollarni o'ziga tez rom etishadi, so'ng bundan foydalanib qolishadi.
4. TEPAGA KO'TARILGAN:Bunday soch turmagi orzu qilishga moyil tabiatli erkaklarga hos. Bunday turmakli erkaklar hazilkash va barchaning diqqat markazida bo'lishni yaxshi ko'rishadi.
5. SOCHSIZ, KAL:Juda aqlli va uzoqni ko'ra biladigan erkak. Sochlarining to'kilib ketgani, hayotda ko'p bora to'g'ri qaror qabul qilganini bildiradi. Endi esa ayollarga nafaqat tabassum bahsh etishadi, balki quyoshning nurlaridan ham bahramand qilishadi. Aynan shunaqa ko'rinishda sochini oldirgan erkaklarga kelsak, ular har qanaqa yangi moda - urfga tupurgan shaxslardir. Shuningdek ular juda vafodor, sodiq erkaklardir.
6. O'RTADAN FARQ OCHILGAN:Bunday soch turmagini mehnatkash va jonkuyar erkaklar tanlashadi, o'z maqsadi sari to'xtamay olg'a intiladi. Bu soch turmagi qiyinchilik tug'dirmagani sabab, bu erkaklar maydalashib yurishni yoqtirishmaydi, yani ular dangalchidirlar.
7. FREYD:Bunday ko'rinishdagi soch turmagi egasi - o'ziga juda ishongan shaxsdir. Yana agar muskulaturasi chiroyli, jag'i kengroq va katak ko'ylakda bo'lsa. Soqoli ham bo'lishi kerak! Agar bu qo'shimchalarning hech biri bo'lmasa, va soch turmagining o'zi shunday bo'lsa demak bu inson doimo zamon bilan hamnafas yuradi.
8. TOP KNOT:Hm-m... bu inson atrofdagilarning tanqidi, gaplaridan qo'rqmaydigan, o'ziga juda ishongan shaxsdir. Va yana qandaydir kurash ilmini ham egallangan. Umuman olganda qiziqarli inson.
Antiqa testini sizlarga taqdim etib, sevgi jarayoningizni sinab ko'rishingizni maslaxat beramiz!
SAVOLLAR:
1. Tasavvur qiling ayni damda xijron azobidasiz. Kim bilan suxbat qurish, sizni sog'inchlardan chalg'itgan bo'lar edi?
A. Ota - onam. Sevgilim yo'q paytda ota - onam mehriga suyanaman.
B. Do'stim. Chunki u bilan xasratlashib, yengil tortaman.
V. Hech kim. Chalg'iganim bilan baribir sog'inch butunlay yo'qolmaydiku.
2. Muxabbat haqida kino bo'lyabdi. Munosabatingiz...
A. Falon rol uncha o'xshamabdi, menga berishsa qoyillatib o'ynardim.
B. Sevishganlar bir-biriga mos emas.
V. Mening ishim tahlil qilish emas.
3. Sevgilingizga bir kunda necha marta SMS yozasiz?
A. Xisoblab ko'rmaganman.
B. Hohlaganimcha.
V. Kam, bir yoki ikkita.
4. Uning nuqsonlari barham topishini istaysizmi?
A. Uni qanday bulsa shundayligicha sevaman.
B. Baribir, aybsiz odamni topish mushkul.
V. Nuqsonlariga e'tibor bermaganman.
5. Suyukligingizning oldida o'zingizni tabiiy tutasizmi?
A. U bilan birga yurish yoqimli, lekin men negadir o'ng'aysizlanaveraman, noqulay.
B. Aslim kabi ko'rinaman yoki ko'ringanim kabi bo`laman!
V. To'zg'ib yotgan sochlarim bilan unga ko'rinishni hohlamayman.
NATIJALAR:
NATIJALAR:
"A" JAVOB KO'P BO'LSA:
Sevgi ko'zingizni ko'r qilmagan, hammaga birday e'tiborli insonsiz. Muxabbatingiz samimiy va muhim ekanligiga shubha yo'q! Doimo shunday bo'ling!
"B" JAVOBLAR KO'P BO'LSA:
Xarakteringizda xudbinlik "Manaman" deb turibdi. Bunday insonlar injiq bo'lgani bois, tanlab, istab erishgan sevgililariga sodiq bo'lishadi. Lekin sevgilingizni o`z qolipingizga solishga urinaverishingiz salbiy yakun topishi mumkun. Bazan boshqalarning fikri bilan ham xisoblashib turishni o'rganing.
"V" JAVOBLAR KO'P BO'LSA:
Pismiq va beparvo insonsiz. Epsiz ko'rinsangiz-da, zarur paytda vaziyatdan chiqib keta olasiz. Qisqa qilib aytsak, ikkiyuzlamachilik sizga hos. Bir kunmas birkun fosh bo'lmasingizdan oldin o'zgarishga shoshiling. Muxabbat ko'zgu! Uning faqat bir tomoni bor, faqat Haqiqatni ko'rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |