QANDAY CHOYNI YOQTIRASIZ?
Ko’k choy, Qora choy, Mevali choy, Limon choy?
“KO'K CHOY" :ASABLARINGIZ JOYIDA!
Tabiatan og'ir-vazmin insonsiz. Xatti-harakatlaringizni doim nazorat qilasiz. Do'stlaringiz ko'p, ammo ishonuvchanligingiz sabab, ba'zan sizdan foydalanishadi.
"QORA CHOY":SINCHKOV!
Boshqalarning e'tiboriga tushmaydigan narsalarni ham ko'zdan qochirmaysiz. Ammo bu odatingiz ba'zilarga yoqmaydi. Bir tarafdan hammaga birdek yoqish shart emas. O'zingizga ishoning.
"MEVALI CHOY": O'ZGARISHLARNI YOQTIRASIZ!
Bir hillik sizni tez zeriktiradi. Doim nimanidir o'zgartirishga, yangiliklarga qiziqasiz. Ammo shoshma-shosharlik qilmang. Gohida biror nimaga erishish uchun sabr qilish ham kerakligini yodda tuting.
"LIMONLI CHOY":TAVAKKALCHISIZ!
Bunday choyni yoqtiradigan insonlar tavakkal qilishdan cho'chishmaydi. Biroq uzoqni to'g'ri ko'zlashdan adashishlari mumkin. Ularga yaqinlari bilan maslahatlashish va gohida aqlga emas, yurakka ham quloq tutish tavsiya etiladi.
"SHAXSDAGI ISHONCH, SHUBXALANISH XUSUSIYATLARINI ANIQLASH"
Inson hamisha bir narsaga intilib yashaydi, buning uchun esa turli vositalardan foydalanishiga to'g'ri keladi. Ana shunday vositalardan biri o'zi o'zini aqliga, to'g'ri yo'l tanlaganiga ishontira bilish qobiliyatidir. Xo'sh u sizda mavjudmi? Mavjud bo'lsa, omadga erishish yo'lida hech qanday muommoga duch kelmaysiz...
1. Bayram, tantana paytida umuman notanish ayol (erkak) bilan suxbatlasha olasizmi?
A) albatta, yangi odam bilan muloqotda bo'lishga nima yetsin. 3 ball
B) men faqat qarama-qarshi tomondagi tashabbusga javob qaytara olaman holos. 2 ball
C) katta qiyinchiliklar bilan. Yaxshisi tanishtirishlarini kutaman. 1 ball
2. Pochta qutisidan sudga chaqiruv qog'ozini oldingiz deylik. Nima uchunligi nomalum.
A) tunu-kun o'zimga joy topa olmay yuraman. 1 ball
B) xotirjam o'tiraveraman. Axir vijdonim toza. 3 ball
C) biroz asabiylashaman. 2 ball
3. Agar birovga yordam bera olmasangiz yuzaga kelgan vaziyatdan qanday chiqasiz?
A) ochiq-oydin aytaman. 1 ball
B) mening yordamimsiz ishni qay tarzda bajarishi mumkinligi xaqida maslahat beraman. 2 ball
C) kechroq bo'lsa ham yordam berishimni aytaman. 3 ball
4. Biror tomoshada bo'yningizga ulkan ilonni osib qo'yishdi...
A) noqulay axvolga tushsamda kulib turishga xarakat qilaman. 2 ball
B) juda juda quvonaman. 3 ball
C) g'azablanib, tanasi sovuq yoqimsiz jonivorni olib tashlayman. 1 ball
5. Atrofingizda ishni chalg'itib turuvchi narsalar bisyor bo'lsada, o'z diqqat etiboringizni ishga qarata olasizmi?
A) menga hamma narsa xalaqit beradi. 1 ball
B) bu o'sha paytdagi vaziyat va ishning muhimlik darajasiga bog'liq. 2 ball
C) meni bajarayotgan ishimdan chalg'itib bo'lmaydi. 3 ball
6. Kayfiyatingiz tez buziladimi?
A) kayfiyatim faqat o'zimga bog'liq. 3 ball
B) buning uchun ko'p urunish kerak bo'ladi. 1 ball
C) ha, men nihoyatda tasirchanman. 2 ball
7. Yaxshi tarbiya olgan inson - bu farosatli odammi?
A) ha, bu tushunchalar bir-biriga chambarchas bog'liq. 2 ball
B) ha, ammo shu bilan birga u atrofdagilarga o'rnak bo'la olishi ham lozim. 3 ball
C) farosat majburiy emas, asosiysi, inson ma'lumotli va aqlli bo'lsin. 1 ball
To'plagan ballaringizni hisoblab natijalarni o'qishingiz mumkin:👇 @PSIXOLOGIY
JAVOBLAR:
10 BALLDAN 12 BALLGACHA:SHUBXALANUVCHI...
Hafa bo'lmangu hayotingizdagi asosiy muammo, hulosalaringizni ochiq-oydin ayta olmasligingizdan. Hatto aniq faktlarga ega bo'lsangizda, boshqa insonni ishontirishga urinmaysiz. Ko'pincha buni istamaysiz ham. Rozi bo'lish siyosati faqat aqlan zaif odamlarga hos. Sizga ham etibor berishlari uchun o'z fikringizni atrofdagilar bilan o'rtoqlashib turing. Xaqligingizga ishonch hosil qildingizmi, ishontiring, baxslashing.
13 BALLDAN 16 BALLGACHA: ISHONTIRA OLISH SAN'ATI...
Xaqligingizni inkor etisholmaydigan dalillarga ega bo'lgan taqdirdagina baxslashasiz. Odamlar so'zlaringizga, xaqligingiz 100% isbotlangandan keyingina ishonishadi. Ammo himoyalanish, tavakkalchilik va ishontirishga xarakat qilish hali hech kimga xalaqit bermagan. Yodingizda bo'lsin, odamlar to'g'ri so'z insonlarni yoqtirishmaydi. Hamma ham adashadi, xato qiladi, buni tushinishingiz kerak.
17 BALL VA UNDAN YUQORI BALLLAR:TO'POLONCHI...
Siz hatto sahroda ham qum sota olasiz. Odamlarni hohlagan narsangizga ishontira olasiz. O'z fikringizni o'zgartirgan taqdiringizda ham vaziyatdan osonlik bilan chiqib ketasiz, keyingi fikringizga suxbatdoshingizni nihoyatda osonlik bilan qayta ishontira olasiz. Extiyot bo'ling, "ikkiyuzlamachi" inson degan nom qozonishingiz mumkin, bu esa obro'yingizga putur yetkazishi aniq. Qobiliyatingizdan faqat juda zarur paytlardagina foydalaning...
Do'stlaringiz bilan baham: |