45-modda. Alohida qimmatga ega bo‘lgan unumdor sug‘oriladigan yerlar
Oldingi tahrirga qarang.
Tuproq unumdorligiga ko‘ra o‘rtacha tuman bonitet ballidan 20 foizdan ko‘p bo‘lgan sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlari alohida qimmatga ega bo‘lgan unumdor sug‘oriladigan yerlar jumlasiga kiradi.
Alohida qimmatga ega bo‘lgan unumdor sug‘oriladigan yerlar maxsus muhofaza qilinishi lozim va ularning sug‘orilmaydigan yerlar jumlasiga o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(45-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
451-modda. Bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari
Qonunchilikka muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilmagan hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining tasarrufida bo‘lgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalaridir.
Bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari belgilangan tartibda davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Jismoniy va yuridik shaxslarga yer uchastkalarini qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun berish faqat bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari hisobidan amalga oshiriladi.
(451-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
46-modda. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni berish
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar quyidagilarga beriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1) qishloq xo‘jaligi kooperativlariga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga, shuningdek boshqa yuridik shaxslarga — tovar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yuritish uchun;
(46-modda birinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
2) tajriba-ishlab chiqarish, o‘quv, o‘quv-tajriba va o‘quv-ishlab chiqarish xo‘jaliklari, ilmiy-tadqiqot va boshqa qishloq xo‘jalik muassasalari va tashkilotlariga — ilmiy-tadqiqot va ta’lim maqsadlari, tovar qishloq xo‘jaligini yuritish va ilg‘or tajribani targ‘ib qilish uchun;
3) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga — fermer xo‘jaliklarini yuritish uchun;
4) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga — dehqon xo‘jaliklarini, yakka tartibda bog‘dorchilik, polizchilik va chorvachilikni yuritish uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
(46-modda birinchi qismining 5 va 6-bandlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(46-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(46-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |