Tsistanche (cistanche) katta afzalliklarga EGA kuchli antioksidant


O‘lkamiz dorivor o‘simliklarga boy



Download 20,4 Kb.
bet2/2
Sana05.01.2022
Hajmi20,4 Kb.
#318922
1   2
Bog'liq
цистанхия

O‘lkamiz dorivor o‘simliklarga boy.



  1. O‘lkamiz dorivor o‘simliklarga boy. Shulardan biri shumg‘iyadir. Cho‘l va yarim cho‘l hududlarda uchraydigan ajoyib xususiyatlarga ega bu o‘simlik xavfli o‘simtalarga, siydik-jinsiy yo‘llaridagi yallig‘lanishlar bilan bog‘liq kasalliklar (sistit, nefrit, pielononefrit)ga, erkaklar jinsiy quvvatsizligiga qarshi kurash, xotirani mustahkamlash, bo‘g‘imlar va boshqa xastaliklarni davolashda yuqori samara beradi. Shuningdek, o‘simlik o‘zining antioksidant xususiyati tufayli miya to‘qimalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan holda ularning zararlanishi oldini ham oladi.



  2. Shumg‘iya, aniqrog‘i, uning ildizi shifobaxshlik jihatidan jenshenga nisbatan 5-10 baravar kuchliligi isbotlangan.



  3. Bu o‘simlik Osiyoning qator mamlakatlarida, xususan, Yaponiya va Xitoy an’anaviy tibbiyotida juda ko‘p asrlardan buyon qo‘llanilib kelinmoqda. Afsuski, bizning rasmiy tabobatda u chuqur o‘rganilmagan.



  4. Ta’kidlash kerakki, Buxoro viloyati davlat o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi tizimidagi o‘rmon xo‘jaliklarida keyingi davrlarda har yili o‘rtacha ikki -uch gektar maydonda shumg‘iya ekib kelingan. Lekin bu mazkur o‘simlikni istiqbolda yetishtirishni ko‘paytirish imkonini bermasdi. Endilikda masalaga hukumat miqyosida e’tibor qaratilayotir. 



  5. O‘zbekiston Respublika Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 4 maydagi Buxoro viloyatining cho‘l hududlarida “Yashil qalqon” himoya o‘rmonzorlari, dorivor shumg‘iya (sistanxe) va isiriq o‘simliklari plantatsiyalarini barpo etish hamda xomashyoni dastlabki qayta ishlashni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmoyishi bu boradagi ishlar samaradorligini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etayotir.



  6. Jumladan, dorivor shumg‘iya va isiriq plantatsiyalarini barpo etish rejalari ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, 2018-2020 yillarda Buxoro viloyati o‘rmon xo‘jaliklarida 3 ming gektar maydonda dorivor shumg‘iya va 3 ming gektarda isiriq plantatsiyalarini tashkil qilish hamda xom ashyoni dastlabki qayta ishlashni amalga oshirish ko‘zda tutildi. Xo‘sh, farmoyish ijrosi qanday bormoqda?



  7. – O‘tgan davrda turli respublika vazirlik va idoralari hamda Buxoro viloyati hokimligi sa’y- harakati bilan muayyan ishlar amalga oshirildi, – deydi Buxoro viloyati davlat o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i O‘ktam Razzoqov. – Hozirgi kunga qadar Buxoro, Jondor, Olot, Qorako‘l, Qizilqum, Shofirkon, G‘ijduvon, Qorovulbozor, “Neftchi” va Qorako‘l ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaliklarida jami 2390 gektar maydonda shumg‘iya dorivor o‘simligi urug‘i ekildi. 2020 yil oxiriga borib, yana 610 gektar maydonda bu loyiha amalga oshiriladi.



  8. Odatda, shumg‘iya tabiiy holatda, tarqoq holda o‘sadi. Uning boshqa barcha cho‘l giyohlaridan farqli jihati shuki, u parazit o‘simlik hisoblanadi. U sahro butalari ildizlarida unib, undan oziqlanadi. Lekin shumg‘iya ayniqsa, saksovul tomirlarida ko‘p hosil beradi. Pishib yetilgan urug‘i ham tuproqqa tushib, “an’ana”ni davom ettiradi. Shunisi borki, bu urug‘ tezda nishlamaydi. Buning uchun bir yarim- ikki yil vaqt talab etiladi.



  9. Shumg‘iya tabiiy holda tarqoq o‘sishi uning o‘simligidan samarali foydalanishni cheklaydi. Shuning uchun dunyo tajribasidan kelib chiqib, masalaga ilmiy yondashish ya’ni, o‘simlikni saksovulzorlar, cherkez va qandim butazorlarida plantatsiyalar holida yetishtirish maqsadga muvofiq.



  10. – Biz shumg‘iya yetishtirish borasida yaxshi natijaga erishib kelayotgan Yaponiya bilan hamkorlik qilish yo‘lini tanladik, – deydi respublika O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti tizimidagi Buxoro ilmiy-tajriba xo‘jaligi rahbari Nizom Qahhorov. –Institutimiz Buxoro viloyati davlat o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi va Kunchiqar mamlakatning OYO kompaniyasi o‘rtasida memorandum imzolandi. Unga muvofiq, yapon olimi Azam Missan yilida ikki -uch bor viloyatga kelib, shumg‘iyani madaniy holda ko‘paytirish va mo‘l hosil yetishtirish borasida tajriba maydonlarida ish olib bormoqda.



  11. Yaponiyalik olim kelgusi yil bahorida yangi usullarda ekish maydonlarini bir necha o‘nlab gektarga kengaytiradi. Azam Missan qo‘llayotgan innovatsion usulda saksovul ko‘chati ildizlari yaqinida shumg‘uya urug‘lari turli chuqurliklarda ekilib, unib chiqish muddatlari sinovdan o‘tkaziladi.



  12. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, Buxoro o‘rmonzorlarida jenshendan har jihatdan ustun bo‘lgan dorivor o‘simlikni madaniy holda yetishtirish ancha istiqbolli. Shuning uchun yaqin yillarga mo‘ljallanayotgan rejaga muvofiq, shumg‘iya ildizini qayta ishlash yo‘lga qo‘yiladi va mahsulotning bir qismi eksport qilinadi. Bu borada ham yaponiyaliklar bilan hamkorlik yaxshi samara berishi, shubhasiz.

Download 20,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish