MAVZU:
TRIGGER TURLARI VA TADBIQI
Reja:
1.
Trigger haqida umumiy ma’lumotlar
2.
Bistabil yacheykalar
3.
Triggerlarning sinflanishi
Tayanch so’z va iboralar:
Ketma-ket mantiqiy qurilmalar, RS-trigger, D-
trigger, T-trigger, JK-trigger.
Trigger haqida umumiy ma’lumotlar
Yuqorida koʻrib oʻtilgan barcha raqamli mantiq kombinatsion sxemalarda
tuzilgan edi. Ularda chiqishdagi signal kirishning joriy (hozirgi) holati bilan
aniqlanadi. Bu sxemalarda «xotira» mavjud emas. Agar kombinatsion
sxemalarga xotira kiritilsa, u holda, ularning yordamida hisoblagichlar,
arifmetik registrlar va boshqa «aqlli» sxemalarni hosil qilish mumkin. Bunda
ular bir funksiyani bajarib boʻlgach, keyingisiga oʻtadi. Bunday sxemalarning
asosiy tuguni boʻlib trigger hisoblanadi.
ME va triggerlardan tuzilgan sxemalar, ya’ni ketma-ketli sxemalar kirish
signalarining hozirgi holati boʻyicha yoki ularning avvalgi holatini bilgan holda
kombinatsion funksiya shakllantirishi mumkin. Demak, hodisalarni roʻy berish
ketma-ketligidan kelib chiqqan holda, kirishda bir hil oʻzgaruvchili signal
boʻlgan holatda bunday sxemalarning chiqishidagi signal turlicha boʻlishi
mumkin. Shuning uchun sxemalarni loyihalashtirish va tahlil qilishda
hodisalarni roʻy berish ketma-ketligini ajratib olish muhim hisoblanadi. Raqamli
tizimlarning, birinchi navbatda EHMning kuchi shunda-ki, bir holatdan
ikkichisiga bir necha marta oʻtishlar ketma-ketligini berilgan tartibda amalga
oshirish imkoniga ega.
Ixtiyoriy ketma-ketlikdagi qurilma
triggerli qurilma
yoki
raqamli
avtomat
deb ataladi. Raqamli avtomat umumiy holda N ta triggyerdan tashkil
topgan. Raqamli avtomat holati N - razryadli ikkilik so‘zdan iborat bo‘lib, uning
har bir razryadi mos triggerning chiqish signali holati bilan belgilanadi. Demak,
raqamli avtomat holatini 2
N
kodli to‘plam ifodalaydi.
Triggerlar
- ikkita turg‘un holatli chiqishga ega bo‘lgan qurilma bo‘lib, u
elementar xotira yacheykasi (bistabil yacheyka) va boshqaruv sxemasiga ega.
Boshqaruv sxemasi bevosita elementar xotira yacheykasi kirishiga kelib
tushayotgan ma’lumotni signallar kombinatsiyasiga o‘ zgartiradi.
Trigger ta’rifiga mos keluvchi raqamli avtomatning umumlashtirilgan
tuzilma sxemasi 4.1-rasmda keltirilgan.
Raqamli avtomat kirishida doim to‘rt guruhga mansub turli signal
ishlaydi: x - kirish signallari,
Do'stlaringiz bilan baham: |