O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
"Kompyuter injiniring" fakulteti
" Raqamli mantiqiy qurilmalarni loyihalashtirish ” fanidan
MUSTAQIL ISH-№1
Mavzu: Triggerning tarkibi va ishlash tamoyili
Bajardi: KI20_03-guruh talabasi
Mo`minov Akbarjon
Qabul qildi: Norqulov A.S
MAVZU: TRIGGERNING TARKIBI VA ISHLASH TAMOILI
REJA:
TRIGGERNING TARKIBI
TRIGGERNING ISHLASH TAMOILI
Trigger. Bu qurilma raqamli qurilmalar ichida eng ko‘p tarqalgan qurilma bo‘lib, ikkita turg‘un holatga ega va uning bir holatdan ikkinchi holatga sakrab o‘tishi tashqi boshqaruv signal ta’sirida amalga oshadi. Triggerlardan foydalanilgan holda turli mantiqiy va hisoblash qurilmalari, generatorlar va xotira qurilmalari yaratish mumkin.
Trigger ikkita HAM – YoKI mantiqiy elementlaridan iborat bo‘lib (14.1a – rasm), quyidagi ravishda ishlaydi. Uning kirish qismiga X1 = 1 signalini berilishi va X2 = 0 signalining bo‘lmasligi elementning yuqori chiqishida holat hosil bo‘ladi, pastki chiqishida esa Y = 1 holat yuzaga keladi. (O‘zgaruvchan kattalik ustidagi chiziqcha kattalikning inversiya holatini anglatadi). Sxemaning bu holati X1 (X1 = 0) signalni o‘chirishgacha saqlanib turadi. Endi X2 = 1 signalni berganimizda trigger boshqa turg‘un holat Y = 0 ga o‘tadi va shuningdek bo‘ladi.
XS
XC
1 – rasm. Triggerlarning sxemalari
1b – rasmda R – S triggerning sxemasi keltirilgan va uning ishlashi statik asinxron trigger deb ataluvchi triggerning ishlashiga mos keladi. Ingliz tilida Set – o‘rnatishni anglatuvchi so‘zning bosh xarfi bilan belgilangan S kirishiga kirish signali X1 = XS = 1 beriladi va shundan so‘ng triggerning to‘g‘ridan – to‘g‘ri chiqish qismida birlik signal Y = 1 paydo bo‘ladi (o‘rnatiladi), inversorli chiqish qismida esa hosil bo‘ladi. Ingliz tilida Reset – ag‘darishni anglatuvchi so‘zning bosh xarfi bilan belgilangan R kirishiga birlik signali X2 = XR berilganida triggerning Y chiqishida nol signal, ya’ni Y = 0 paydo bo‘ladi inversorli chiqish qismida esa hosil bo‘ladi.
Agar triggerning har ikkala kirishida signal bo‘lmasa, ya’ni XS = XR = 0 bo‘lsa, u holda trigger bundan oldingi holatini «esda saqlab» qoladi va bu uning asosiy xususiyatidir. XS = XR = 1 bo‘lishi taqiqlanadi, chunki bunday holatda triggerning chiqishidagi signallar noaniq holatga tushib qoladi.
«Statik» tushunchasi kirish signallari manbalari triggerning chiqishi bilan to‘g‘ridan – to‘g‘ri kuchlanish bo‘yicha bog‘langan bo‘lishini va ularning qiymatlari darajasi ta’sirida bo‘lishini bildiradi. Agar triggerning kirshi signallar manbailari bilan to‘g‘ridan – to‘g‘ri bog‘lanmasdan, balki impuls transformatorlari, RC – zanjirlari va b. vositalar orqali bog‘langan bo‘lsa, u holda u kirish kuchlanishlari o‘zgarishi ta’sirida bo‘ladi va signallarning qiymatlari darajasi ta’sirida bo‘lmaydi. Bunday boshqariladigan triggerlar dinamik boshqariladigan triggerlar deb ataladi. Agar triggerning ishlashi kirish signalining 0 dan 1 gacha o‘zgarganda amalga oshsa, u holda triggerning kirishi bevositali deb ataladi va uning sxemasi 1v – rasmdagi ko‘rinishga ega bo‘ladi. Aks holda, triggerning ishlab ketishi kirish signalining 1 dan 0 gacha o‘zgarganida amalga oshsa, u holda triggerning kirishi inversiyali deb ataladi va uning sxemasi 1g – rasmdagi ko‘rinishdagidek tasvirlanadi.
«Asinxron» tushunchasi, vaqtning istalgan momentida kirish signallari majmuasi ta’sirida triggerning qayta ulanish rejimiga o‘tishini bildiradi. Agar triggerning qayta ulanish rejimida ishlashi vaqtning ma’lum momentlarida amalga oshirilishi kerak bo‘lsa, u holda trigger qo‘shimcha yana bir kirish S bilan to‘ldiriladi va bu kirishga ma’lum chastota taktiga ega XS signali beriladi. XS = 0 bo‘lishi triggerning oldingi holatini saqlanganligini bildiradi va XS = 1 bo‘lishi esa triggerning qayta ulanish rejimiga ruxsat etilganini bildiradi. Sinxron R – S – triggerning shartli belgilanishi 1d – rasmda keltirilgan.
D – trigger sinxron triggerning turlaridan biridir.Uning kirishiga birgina signal XD signal beriladi. Bu trigger R – S – triggerning S kirishiga XD hamda R kirishiga inversion signal berish natijasida hosil qilinadi. D – triggerning shartli belgilanish 1e – rasmda keltirilgan.
T – trigger faqatgina hisoblash kirishiga ega va u shu signal impulsi vositasida boshqariladi. Navbatdagi kirish signali impulsi berilishi bilan triggerning chiqishidagi signalning darajasi teskarisiga o‘zgaradi. Bunday triggerlar asosan impuls hisoblagichlar va impuls bo‘lgichlarni yaratishda qo‘llaniladi. T – triggerning shartli belgilanishi 1j – rasmda keltirilgan.
Ikki pog‘onali sinxron R – S – trigger ikki kirish va chiqish triggerlardan iborat bo‘lgani sababli ham uning funksional imkoniyatlari sezilarli darajada kattadir. Tashqi chorrahali bog‘lanishlardan foydalanilgan holda JK – triggerlar deb ataladigan universal triggerlarni hosil qilish mumkin va ular R – S – trigger, D – trigger va T – trigger rejimlarida ishlay oladi.
XULOSA
Men bu laboratoriya ishini bajarish mobaynida triggerlar haqida ma’lumotlarga ega bo’ldim. Ularning ishlash tizimi, tuzilishini o’rganib chiqdim. Xulosam shuki, triggerlar hisoblash tizimlarida qo’llaniladigan muhim mantiqiy amal bajaruvchi qurilma hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |