DBB Strategiyasi
Ushbu tizimda shamchalar foydalanamiz, ammo endi shamchalar shablonlarini bilishingiz shart emas. Kuchli va kuchsiz shamchalar shablonlarini bir-biriga solishtirib analiz qilishingizning kerakgi yo’q. Texnik analiz va boshqa murakkab qoidalarni bilishingiz talab etilmaydi.
Shuncha oddiyligiga qaramasdan ushbu tizimning savdo signallari ko’proq va buning uchun kompyuter oldida ortiqcha vaqt sarflashingizning ham hojati yo’q. Shunchaki savdo kuning oxirida kunlik grafiklarni tekshirasiz va signal bo’lsa pozitsiya ochasiz, bo’lmasa keyingi kuni qaytib kelasiz. Buning uchun bir necha minutdan bir necha o’n minutgacha vaqtingiz ketishi mumkin. Ushbu tizim signal bo’lmaganda bir qancha kunlar davomida hech narsa qilmasdan o’tiraolmaydiganlarga va har kuni biror pozitsiyasi bo’lishni xoxlovchilarga qulaydir. Ammo, shu bilan birgalikda ko’proq savdo imkoniyatlari ko’proq foyda degani emas balki ko’proq zarar degani ekanligini ham hech qachon esingizdan chiqarmasligingiz kerak.
Bu tizimda savdo qilishingiz uchun hech qanday qo’shimcha energiya sarflashingizning va pozitsiyalaringizni boshqarishingizning ham kerakgi yo’q. Bu huddi oq va qora kabi butunlay mexanik tizim. Hech qanday analiz yoki interpretatsiyalarning keragi yo’q. Grafikda signal bo’lsa pozitsiya ochasiz, bo’lmasa yo’q. Turli taymfreymlarda analiz qilib, chiziqlar chizib tasdiqlashlar endi shart emas. Endi ikkitagina holat bo’lishi mumkin: (1) grafikda signal bor va bozoga kirishingiz kerak yoki (2) grafikda signal yo’q, bozorga kirmasligingiz kerak. Har bir grafikni manashunday tekshirib chiqishingiz uchun bir necha sekund vaqtingiz ketishi mumkin.
DBB Strategiyasi Qanday Ishlaydi?
Buning uchun grafikka ikkita Bollinjer Bands indikatorini qo’yishingizning o’zi kifoya. Manashuning uchun strategiyaning nomi Double Bollinger Bands (“Ikkita Bollinjer Lentalari”).
Birinchi bollinjer bandsning parametrlari standart qoldiriladi:
Period: 20
Deviations: 2
Shift: 0
Endi uni BB2 deb ataymiz, chunki uning deviation (og’ish) parametri 2 ga qo’yilgan.
Ikkinchi bollinjer bandsning deviationi esa 1 ga qo’yilishi kerak:
Period: 20
Deviation: 1
Shift: 0
Endi uni BB1 deb ataymiz, chunki uning deviation (og’ish) parametri 1 ga qo’yilgan.
Shunday qilib ikkala bollinjerlar o’rtasidagi yagona farq bu deviation parametri ekan. Birinchisinikiga 2, ikkinchisinikiga 1 qo’ydik.
Endi grafigingiz quyidagi ko’rinishga kelgan bo’lishi kerak:
Xullas endi tashqi Bollinjer Bandsning deviationi standart 2 da qoldirilgan. Ichki Bollinjer Bandsniki esa 1 ga o’zgartirilgan. Shunda Bollinjer o’rta chizig’i ikkalasida ham bir xil bo’ladi va bir birining ustidan tushib bir chiziqni hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |