1-Республика психологлар конференцияси учун тақдим этилган
ИШЛАНМА
МАВЗУ: 5-синф ўқувчиларининг ўрта синфга ижтимоий мослашуви бўйича “Бешинчи синф бўлиш осонми?” мавзусидаги тренинг машғулот.
МУАЛЛИФ: Раҳмонова Гулчирой Ҳабибулоевна, Сирдарё вилоят халқ таълими бошқармаси методист, тел: +99891 100 53 73
Maqsad:O’quvchilarning 5-sinfga moslashish jarayonida yuzaga keladigan muammolarning oldini olish choralarini ko’rish, bolalar o’rtasida so’rovnoma o’tkazish va natijalaridan ota-onalar yig’ilishida foydalanish.
Mashg’ulotning borishi.
Salomlashish va tanishish. “Ismi-sharifini va sevimli darsini aytish”
Masalan:- “Mening ismim Nodira, mening sevimli darsim tarix”
Razminka. “Atom va molekulalar”
Psixolog: Hozir sizlar atom va molekulalar bo’lasiz. Atomlar har doim harakatda bo’ladilar, to’qnashadilar va molekulalarga birlashadilar. Mening buyrug’im bilan siz harakatlanishni boshlaysizlar, men bir sonni aytganimda esa, shuncha ishtirokchi guruh bo’lib birlashasizlar. So’ng ajralasizlar, yana harakat qilasizlar va birlashasizlar.
3.Asosiy qism. “4-sinf bilan xayrlashish” mashqi.
Bu mashg’ulotni bajarish jarayonida bolalar boshlang’ich sinfda o’qiyotganlarida ro’y bergan yoqimli lahzalarni, biror bir yutuqqa erishgan vaqtlarini eslaydilar.
Psixolog: Bugun men sizlarga boshlang’ich maktabda nima yodingizda qolgan bo’lsa, barchasini eslashingizni tavsiya qilaman.O’zingizni qulay va xotirjam his qilishingiz uchun, o’tmishingizdan, ya’ni boshlang’ich sinflardagi eng yorqin lahzalarning qaysilarini o’zingiz bilan olgan bo’lardingiz? Qulay o’tirib oling, o’zingizni bo’sh qo’yib, ko’zlaringizni yuming.
-Birinchi sinfga kelgan kuningizni eslang: sen yaxshi kiyingansan, qo’lingda gullar bor, xursand va bir oz xavotirdasan, lekin shunga qaramay o’zingni haqiqatda ulg’aygandek his qilayapsan. Birinchi qo’ng’iroq chalindi. To’rt yil o’qishing kerak bo’lgan sinfga kirasan. Sinf xonasi qanday? Unda nimalar borligini esla. Atrofingda notanish bolalar, orasida sening bo’lajak do’stlaring ham bor. O’tirish uchun qaysi partani tanlaganingizni eslang. Birinchi daftaringiz va alifboingizni, va albatta o’qituvchingizdan olgan birinchi maqtovingizni eslang.., sizga ko’pincha yordam beradigan birinchi do’stingizni eslang, u kim edi? Boshlang’ich maktabda o’qigan vaqtingizda qanday yutuqqa erishganingizni, o’zingizni qanday vaziyatda qat’iyatli, kuchli deb bilgansiz, eng quvonchli va qiziqarli damlar qachon bo’lgan? Bu qandaydir bayram tadbiridami yoki do’stlaring bilan sayohatga chiqqandami, yokin yoki bo’lmasa biror bir vazifani a’lo darajada bajarganingizdami? Ana shunday vaqtlarda nimani his qilgansiz? Esladingizmi? Endi esa sekin, asta ortga qayting. Siz bu yerda, sinfdasiz, sekin asta ko’zlaringizni oching…
1-Topshiriq.
O’quvchilarga “5-sinfga o’tganingdan so’ng, hayotingda qanday o’zgarishlar sodir bo’ldi?” so’rovnoma savoliga javob berish so’raladi. Bu so’rovnoma yordamida 5-sinfga o’tgan o’quvchining hayotida qanday yangi va qiziqarli, yoki aksincha , qiyin va yoqimsiz holatlar sodir bo’lganini bilib olish mumkin.
“5-sinfga o’tganingdan so’ng, hayotingda qanday o’zgarishlar sodir bo’ldi?” so’rovnoma savoli
1.Boshlang’ich sinf bilan solishtirganda, 5-sinfda nimalar o’zgardi?
2. Darslarni eslab qolish yoki uy vazifalarini tayyorlash sizga qiyinmi yoki osonmi?
3. Siz uchun 5-sinfda eng qiyini nima?
4. 5-sinfda sizga nima yoqdi?
5 Bu davrda ota-onangiz sizga qanday yordam bera olishgan bo’lardi?
6. Ota-onangizga maktabingiz haqida so’zlab berasizmi?
7. Sinfda do’stlaringiz ko’pmi?
8. Maktabdagi o’qituvchilar sizga yoqadimi? Agar yoqmasa nima uchun?
9Darslaringizni ota-onangizni esga solishlarisiz bajarasizmi?
10. Qiziqish va xobbilaringiz bormi, ular sizga yordam beradimi yoki xalaqit qiladimi?
So’rovnoma savollariga javob berganlaridan so’ng so’rovnoma natijalari muhokama qilinadi
2-Topshiriq.
5-sinf o’quvchilarining kayfiyatlaridagi o’zgarishlarni baholash so’rovnomasi o’tkaziladi
N
|
SAVOLLAR
|
HA
|
YO’Q
|
1
|
Men maktabda tez charchayapman
|
|
|
2
|
Mening ishlarim boshqa bolalarnikiga nisbatan yaxshi deb o’ylayman
|
|
|
3
|
Men maktabda o’zimni erkin his qilaman
|
|
|
4
|
Menda ba’zida boshim aylanishi, ko’nglim aynishi va holsizlanish paydo bo’ladi
|
|
|
5
|
O’qituvchilar menga ko’p tanbeh berishyapti
|
|
|
6
|
O’zimga ishonch yetishmayapti
|
|
|
7
|
O’zimni xavfsiz sezyapman
|
|
|
8
|
Men qiyinchilikdan chekinyapman
|
|
|
9
|
Tez xafa bo’lishim va xatto yig’lab yuborishim mumkin
|
|
|
10
|
Sinfdoshlarim va do’stlarim bilan tez-tez janjallashyapman
|
|
|
11
|
Uy vazifalari sinf ishiga nisbatan qiziqroq
|
|
|
12
|
O’qituvchilar dars o’tishlari tushunarsiz
|
|
|
13
|
Men omadsizliklardan uzoq vaqt tashvishlanaman
|
|
|
14
|
Men uyquga to’ymayapman
|
|
|
15
|
5-sinfda ham o’tgan yildagi o’qituvchilarim dars berishini hohlardim.
|
|
|
Ballarni hisoblash
Har bir javob uchun 1ball beriladi.
“HA”- 1,4,5,6,8,9,10,12,13,14,15.
“YO’Q”- 2,3,7.11.
Xavotirlanish darajasini baholash
1-4 ball- Past darajada xavotirlanish
5-7 ball- O’rta darajada xavotirlanish
8-10 ball- Yuqori darajada xavotirlanish
11-15 ball- Juda yuqori darajada xavotirlanish.
3-Topshiriq.
Trening ishtirokchilari bilan“O’quvchilarning maktab hayotidan xursandligini o’rganish” so’rovnomasi o’tkaziladi.
N
|
SAVOLLAR
|
HA
|
YO’Q
|
Har doim ham emas
|
1
|
Maktabga xursand bo’lib ketaman
|
|
|
|
2
|
Maktabda odatda kayfiyatim yaxshi
|
|
|
|
3
|
Fanlarni yaxshi o’zlashtirayapman
|
|
|
|
4
|
Darslar qiziqarli bo’lmoqda
|
|
|
|
5
|
Yangi o’qituvchilarga o’rganib qoldim
|
|
|
|
6
|
Do’stlarim bilan yaxshi munosabatdaman
|
|
|
|
7
|
Hayotimda sodir bo’layotgan o’zgarishlar menga yoqadi
|
|
|
|
8
|
Ota-onam dars tayyorlashimda yordam beradi
|
|
|
|
9
|
Ota-onamga maktab haqida gapirib beraman
|
|
|
|
10
|
Menda charchoq va zerikish yoq
|
|
|
|
11
|
Kechasi yaxshi uxlayman
|
|
|
|
12
|
5-sinf mehga yoqdi
|
|
|
|
13
|
Sinf rahbarimiz yaxshi
|
|
|
|
14
|
O’qituvchilarimiz yaxshi
|
|
|
|
15
|
Hayotim juda qiziqarli va quvonchli
|
|
|
|
Psixolog. Agar ko’p tasdiqlarga ko’nsang, demak sen kuchingga ishonasan va ko’p narsalarni mustaqil bajara olasan. Aksincha keltirilgan tasdiqlaring ko’pchiligi senga mos kelmasa, unda qayg’urish kerak emas, hali hammasi oldinda!
So’rovnoma o’tkazilgandan so’ng berilgan javoblar muhokama qilinadi.
“YAXSHI KUN UCHUN RAHMAT” mashqi.
Bu mashg’ulotni yakunlash uchun so’nggi mashq bo’lib, uning yordamida bolalarda tashakkur bildirish va do’stona munosabat kabi muhim sifatlar shakllanadi.
Ko’rsatma:Hozir siz bilan bir-birimizga do’stona munosabatlarimizni va tashakkurimizni namoyon etishga yordam beruvchi kichik mashq o’tkazamiz. O’yin quyidagi tarzda kechadi: Bir kishi doskaga chiqadi, boshqa ishtirokchi uning yoniga kelib, qo’lini siqib “Shu bugungi kunimiz juda maroqli o’tdi, buning uchun rahmat!” deydi. Ikkala ishtirokchi ham qo’lini ushlab turgan holda doskaga uchinchi o’quvchi ham kelib birinchi yoki ikkinchi o’quvchining qo’lini tutib “Bugungi kun uchun rahmat” deydi. Shu tariqa boshqa o’quvchilar ham navbatma-navbat kelib bir-birlarining qo’llarini mahkamroq ushlagan holda yuqoridagi so’zlarni qaytarib mashg’ulotga yakun yasaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |