II.BOB. TRANSPORT VOSITALARIDAN SANOAT, QURILISH, QISHLOQ VA SUV XO‘JALIGIDA FOYDALANISH
2.1. Transportning xalq xo'jaligidagi ahamiyati
Transport mamlakatimiz iqtisodiyotida g'oyat ko'p va xilma-xil ishlarni bajaradi. Transport kundalik, Respublika, viloyatlar va rayonlar o'rtasidagi muntazam aloqalarni ta‘minlashda juda kata ahamiyat kasb etadi.
Hozir transport Respublika ishlab chiqaruvchi kuchlarining tarkibiy qismi sifatida fan va texnika yutuqlarini keng miqyosda tadbiq etuvchi o'lkan dinamik tizimga aylangan.
Demak transportning umumjamiyat ishlab chiqarishdagi asosiy vazifasi sanoat, qishloq xo'jalik va transportning o'zaro bog'liqligi bilan belgilanadi.
YA‘ni: yuk tashish hajmi, yuk oqimlari yo'nalishlari va transport vositalarining rivoji xalq xo'jaligining barcha tarmoqlarida ishlab chiqariladigan mahsulotlar miqdori, ularni ishlab chiqarish va iste‘mol qilish punktlarining Respublika xududida qanday joylashganligiga; mavjud yo'llarning o'tkaza yuborish qobiliyati, mahsulotlar ishlab chiqarish hajmiga va ularning qaerda joylashganligiga bog'liq.
Shuningdek, transport tovar ishlab chiqarish sohalarining ulkan iste‘molchisi bo'lib, ishlab chiqariladigan mahsulotlar strukturasi va hajmiga bog'liq holda tovar aylanmasini tezlashtirish, bozor iqtisodiyotini jadallashtirishda juda katta ahamiyatga ega.
Transportning yaxshi ishlashini belgilovchi muhim omillardan biri uning yuk tashish muntazamligi hisoblanadi.
Zarur mahsulot, xom ashyo, ehtiyot qismlar va yonilg'i-moylash mahsulotlarining o'z vaqtida va muntazam etkazilib berilishi ularning ombordagi zaxirasini minimal miqdorda bo'lishini ta‘minlashi mumkin.
Transport tizimi deganda – yuklarni tashish jarayonida bir-biriga bog'liq bo'lgan barcha turdagi transportlar majmui tuShuniladi. Odatda «transport tizimi» termini biror davlat, region yoki katta shaharga tegishli ma‘noda qullaniladi. Xozirgi davr transporti tizimi tarkibiga temir yo'l, dengiz, daryo, avtomobil, havo, truboprovod transporti va elektron transporti turlari kiradi.
Yagona transport tizimi deganda - yuklarni ishlab chiqarish punktlaridan iste‘mol qilish punktlariga etkazib berish, ularga xizmat ko'rsatish uchun zarur bo'lgan texnika qurilish va inshootlar, xalq xo'jaligining barcha tarmoqlaridagi har xil transport yo'l vositalari va uzellari ya‘ni temir yo'l va avtomobil vokzallari, daryo va dengiz portlari va hokozolar, korxona va tashkilotlarga qarashli harakatlanuvchi sostav, yuk tashish, ortish, tushirish mashina va mexanizmlari, ulardagi texnik jihozlarning jami tushiniladi.
Magistral transporti - deganda moddiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi va ularni iste‘mol qiluvchi korxonalarining iqtisodiy aloqalari manfa‘atlari yo'lida yuklarni uzoq masofalarga taShuvchi, odatda umum foydalanadigan transport tuShuniladi. Magistral transport tarkibiga temir yo'l, dengiz, daryo, avtomobil (asosan umumfoydalanadigan), havo, truboprovod transportlari kiradi va ularni har xil vazirliklar boshqaradi.
umum foydalanadigan transport - deganda tegishli qonun va nizomlarga asosan barcha davlat korxonalari va tashkilotlari (qaysi vazirlik va davlat boshqarmasiga tegishli bo'lishdan qat‘iy nazar), jamoat muassasalari yoki shaxsiy yuklarni tashib beruvchi transport tuShuniladi.
Transport vositasining tashish masofasiga nisbatan ish unumi va yuk aylanmasimning o‘zgarish grafigi:
Yuk aylanmasi (gruzooborot) - yuk tashish jarayonida bajariladigan ish bo'lib, u tonnalarda o'lchanuvchi tashilgan yuk hajmini o'rtacha tashish masofasiga ko'paytirish yo'li bilan aniqlanadi. O'lchov birligi - tonna-kilometr (tkm) qabul qilinadi.
Demak yuk tashishda transport ishini baholash uchun o'lchov birlik qilib tonna va tona-kilometr qabil qilingan.
Ma‘lum vaqt birligida tonna hisobida qabul qilingan va jo'natilgan yuklar xajmlari punktlarning yuk aylanmasi deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |