Transport vositasining ishlash qobiliyati – bu uning belgilangan parametrlar miqdorlarini me’yoriy-texnik xujjatlarda keltirilgan chegaralarda saqlagan holda o‘z vazifalarini bajarishidir.
Ishonchlilik nazariyasining asosiy tushunchasi buzilishdir.
Buzilish deb transport vositasi (agregat, uzel yoki tizim) ishlash qobiliyatining to‘liq yoki qisman yo‘qotilishi tushuniladi. Bu holatda transport vositasi o‘z vazifalarini me’yoriy-texnik xujjatlarda keltirilgan parametrlar talablari darajasida bajara olmaydi.
Nosozlik deb transport vositasi (agregat, uzel yoki tizim) ning texnik holatini xarakterlovchi parametrlardan loaqal bittasining ruxsat etilgan chegaradan chetga chiqishi tushuniladi.
Transport vositasi va agregatlarining ishonchliligi tahlil qilinayotganda har doim buzilishlar tasnifi o‘tkaziladi. Buzilishlar quyidagicha tasniflanadi (3 - rasm).