Transport vositalarini mast holda boshqarish



Download 14,53 Kb.
bet1/2
Sana03.07.2022
Hajmi14,53 Kb.
#737006
  1   2
Bog'liq
Документ DOCX (9)


Transport vositalarini mast holda boshqarish


Spirtli ichimlik ichib mashina boshqarsangiz yoki mashinangizni birov shu holatda boshqarsa:
7 million soʻmdan -10 million soʻmgacha jarima;
18 oygacha rulga oʻtirish huquqidan mahrum boʻlish;
15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi;
Ish joyidan ayrilish mumkin.
Hozirgi kunda transport infratuzilmasi tez surʼatlarda rivojlanib bormoqda. Shu bilan birga, transport bilan bogʻliq boʻlgan huquqbuzarlik va jinoyatlar soni ham ortgan. Ulardan biri transport vositasini mast holda boshqarishdir.
Endi oʻylab koʻraylik, transport vositasini mast holda boshqarish bizga qanchalik zarar?
Agar haydovchi transport vositasini alkogolli ichimlik, giyovand modda taʼsirida yoki oʻzgacha tarzda mast holda boshqarsa, u kamida transport vositasini boshqarish huquqidan bir yilu olti oyga va bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari (hozirda 6 million 750 ming soʻm) miqdorida jarima toʻlashiga olib kelishi mumkin. Bu summaga hali transport vositasini jarima maydonchasiga qoʻyilgani uchun belgilangan jarima summasi ham qoʻshiladi. Demak, transportni mast holda boshqarish kamida 7 million soʻmga yaqin zarar bilan birga kamida 18 oygacha rulga oʻtirish huquqidan mahrum qiladi.
Transportni mast holda transport huquqiga ega boʻlmagan (“prava”siz) fuqaro boshqarsa-chi?
Transport vositasini alkogolli ichimlikdan, giyovand modda taʼsiridan yoki oʻzgacha tarzda mast holda transport vositalarini boshqarish huquqi boʻlmagan shaxs boshqarsa, bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravari miqdorida (hozirda 10 million 800 ming soʻm) jarima solishga yoki oʻn besh sutka muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi. Demak, fuqaro bunday holda salkam 11 million soʻm toʻlaydi yoki 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosini oladi. Fuqaro maʼmuriy qamoq davrida oʻz ish joyidan ayrilib qolish ehtimoli ham yoʻq emas.
Agar siz mast haydovchiga oʻz transport vositangizni boshqarishga topshirsangiz nima boʻladi?
Alkogolli ichimlikdan, giyovand modda taʼsiridan yoki oʻzgacha tarzda mast shaxsga transport vositasini boshqarishni topshirish transport vositasini boshqarish huquqidan ikki yildan uch yilgacha muddatga mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida (hozirda 10 million 800 ming soʻm) jarima solishga sabab boʻlishi belgilangan.
Yurtimizda mast holda transport vositalarini boshqarganlik uchun bunday jazolar belgilanganligining sababi, ushbu huquqbuzarlikning oqibatida jamiyatga yetkazilishi mumkin boʻlgan zararni kamaytirish hisoblanadi. Chunki fuqaro mast holda transport vositasini boshqarishi ogʻir oqibatlarga, hattoki, fuqarolarning oʻlimiga ham olib kelayotganining guvohi boʻlayapmiz (bu esa, jinoiy javobgarlikka olib keladi). Shu boisdan, haydovchilarni mastlikka yetaklovchi ichimliklarni isteʼmol qilgan holda transport boshqarmaslikka chaqiramiz.
Har bir megapolis aholisi yillar sari ko’proq yo’l harakati muammolariga to’qnash keladi. IIBB YHXB o’z oldiga qo’yilgan vazifalar yechimiga kata mas’uliyat bilan yondashadi. Ammo, tartib – bu umumiy ish. Noinsof haydovchilar tomonidan yo’l harakati qoidalari buzilishi holatlari uchrab turadi, albatta. YTHlarga sabab bo’ladigan yo’l harakati qoidalarini buzish turlaridan biri – mast holatda avtomobil boshqarish.
Afsuski, spirtli ichimlik ta’siri ostida avtomobil boshqaradigan haydovchilarga nisbatan ko’rilayotgan choralarga qaramasdan, ularning soni kamayayotgani yo’q. Oldinroq e’lon qilingan xabarlarga ko’ra, 15 oktabrdan 21 oktabrgacha bo’lgan muddatda 59 nafar mast holatda avtomobil boshqargan haydovchilar to’xtatilgan. 21-oktabrdan 22-oktabrga o’tar kecha YPX inspektorlari tomonidan 9 nafar, 22-dan 23-oktabrga o’tar kechasi esa 12 nafar mast haydovchilar qayd etilgan. Barchamiz yaxshi bilamizki, avtomobil boshqarayotgan mast odam – potentsial qotil. Afsus, spirtli ichimlik ta’siri ostida avtomobil boshqaradigan haydovchilar ushbu fikrni rad etadilar. Kechagi kunga qadar qo’llanilib kelinayotgan jarimalar va haydovchilk guvohnomalardan ayrilish haydovchilar tomonidan jiddiy qabul qilinmadi.
Shu sababga ko’ra kecha, 22 oktabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun imzolandi. Ushbu qonunning 3-moddasida mast holatda transport boshqarish bilan bog’liq huquqbuzarlik uchun jazoni keskinlashtirish nazarda tutilgan (O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 131 moddasi).
Agar avval alkogol, narkotik moddalari yoki boshqa mast qiluvchi moddalar ta’siri ostida avtomobil boshqargan shaxsga nisbatan faqatgina haydovchilik guvohnomasidan 1 yil 6 oydan 3 yilgacha mahrum qilish jazosi qo’llanilgan bo’lsa, endi haydovchilik guvohnomasidan ayrilishdan tashqari EKIHning 25 baravariga teng mablag’ga jarima solinadi. Haydovchilik guvohnomasi bo’lmagan shaxs ushbu huquqbuzarlikni sodir qilsa, unga nisbatan EKIHning 40 baravariga teng mablag’ jarima solinadi (avval jarima EKIHning 30 baravariga teng bo’lgan) yoki 15 sutka muddatiga ma’muriy qamoq jazosi qo’llaniladi.
Avtomobil boshqaruvini mast odamga berganlik uchun EKIHning 25 baravariga teng bo’lgan jarima va 2 yildan 3 yilgacha bo’lgan muddatga haydovchilik huquqidan mahrum qilinish bilan jazolanadi.
Bundan tashqari, tekshiruvdan bosh tortish uchun, tegishli hujjatlarsiz transport vositasini boshqarish, haydovchilar tomonidan transport vositalarini boshqarish va yo’lovchilar tashish vaqtida xavfsizlik kamarlaridan foydalanish qoidalariga rioya qilmaslik, shu bilan birga mototsikl va mopedlar haydovchilari tomonidan motoshlemdan foydalanish qoidalariga rioya qilmaslik, tezlikni oshirish, transport vositasini boshqarish vaqtida telefondan foydalanish, shuningdek, jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki transport vositalariga jiddiy moddiy zarar, yo’l harakatini boshqarish vositalariga zarar yetishiga sabab bo’lgan yo’l harakati qoidalarini buzganlik uchun jazo keskinlashtirildi.
Jarimalaringiz holatini avtorizatsiya va roʼyxatdan oʼtmasdan tekshiring
Xizmat faqat UMS, Ucell, Uzmobile va Beeline abonentlari uchun amal qiladi. Bu xizmatdan foydalanish uchun saytga kirish yoki roʼyxatdan oʼtish shart emas. Siz jarimangizni 8860 raqamiga SMS-soʼrov yuborib, avtoulovingiz seriyasining davlat raqami (probel) texnik pasport orqali tekshirishingiz mumkin. (masalan: 01А123АА ААC1234567). Bitta kiruvchi SMSning narxi 210 soʼm.

Download 14,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish