Transport vositalaridan foydalanish tartibi Reja


Velosiped haydovchilariga man qilingan harakatlar



Download 1,08 Mb.
bet6/6
Sana29.01.2022
Hajmi1,08 Mb.
#415165
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Transport vositalaridan foydalanish tartibi

Velosiped haydovchilariga man qilingan harakatlar
Yo`lda velosiped, aravani boshqarish, xayvonlarni haydab o`tish yoki ularni minib o`tish 14 yoshga to`lgan, mopedni boshqarish esa 16 yoshga to`lgan shaxslarga ruxsat etiladi. Velosipedlar, mopedlar, aravalarni boshqarish, hayvonlarni minib borish yoki haydab ketish paytida yo`lning chetki o`ng bo`lagida, imkon boricha o`ng tomondan, bir kator bo`lib harakatlanishga yo`l qo`yiladi. Agar piyodalarga xalaqit bermasa, yo`l yoqasidan ham harakatlanishga ruxsat etiladi.
Yo`lning qatnov qismida harakatlanishda velosipedchilar, aravalar jamlanmasi, minib olingan hayvonlar guruhlari va haydab ketilayotgan hayvonlar podasi yo`l harakati xavfsizligini ta`minlaydigan hamda ularni quvib o`tishni osonlashtiradigan guruhlarga bo`linishi kerak. Velosiped tovush bergich moslamasi bilan jihozlangan va uning tormozi soz bo`lishi zarur. Qorong`i vaqtda va yetarli ko`rinmaslik sharoitida velosipedning old tomoniga oq, rangli, orqa tomoniga qizil rangli chiroqcha yoki qizil rangli nur qaytargich, yon tomonlariga esa zarg`aldoq, yoki qizil rangli nur qaytargich o`rnatilishi kerak.
Velosiped va moped haydovchilariga quyidagilar taqiqlanadi:
- rulni bir qo`lda ushlab harakatlanish (manyovrdan oldin ishoralar berish bundan mustasno);
- yo`lovchi tashish (ishonchli oyoq, qo`ygich bilan jihozlangan qo`shimcha o`rindiqda 7 yoshgacha bo`lgan yo`lovchini tashish bundan mustasno);
- gabaritdan bo`yiga va eniga 0,5 metrdan ortiq, chiqib turgan yoki boshqarishga xalaqit beradigan yuklarni tashish;
- velosiped yo`lkasi bo`lgan holda yo`lning qatnov qismida harakatlanish;
- tramvaylar harakatlanadigan yo`llarda va tegishli yo`nalishda bo`lagi bittadan ko`p bo`lgan yo`llarda chapga burilish yoki qayrilib olish;
- velosipedlarni va mopedlarni shatakka olish, shuningdek, ulardan shatakka olishda foydalanish (velosiped va mopedlarga mo`ljallangan tirkamalar bundan mustasno).
Chorrahadan tashqaridagi harakat tartibga solinmaydigan joylarda velosiped yo`lkasida borayotgan velosiped va moped haydovchilari bu yo`lka bilan kesishgan yo`llarda harakatlanayotgan transport vositalariga yo`l berishlari kerak.
Ot-aravalarda orqaga tisarilib ketishga yo`l qo`ymaydigan tirgaklar va uni to`xtatib turadigan moslama bo`lishi kerak.
Qorong`i vaqtda va yetarli ko`rinmaslik sharoitida yo`lda harakatlanayotgan ot-aravaning old tomoniga oq, rangli chiroqcha yoki ikkita nur qaytargich, orqa tomoniga esa qizil rangli chiroqcha yoki ikkita nur qaytargich o`rnatilishi kerak.
Yondosh hududdan yoki ikkinchi darajali yo`ldan ko`rinish cheklangan joylarda yo`lga chiqayotgan arava haydovchisi hayvonlarning jilovini qo`yib yubormasligi kerak.
Hayvonlar yo`llarda asosan kunning yorug` vaqtida haydab boriladi. Podachilar hayvonlarni mumkin qadar yo`lning o`ng chetidan olib yurishlari kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. I.A. Karimov, Jahon moliyaviy inqirozi O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etish yo`llari va choralari. Toshkent. “O`zbekiston” – 2009 y. – 56 bet.
2. “Yo`l harakati qoidalari”. Toshkent – 2001 y.
3. “Yo`l belgilari va yo`l chiziqlari”. Toshkent – 2001 y. 4. Q. X. Azizov. “Yo`llarda xavfsiz harakatlanish asoslari”. Toshkent – 2005 y.
5. N. F. Muhitdinov, G. K. Nurmuhamedov, R. N. Dimitov “Yo`l harakati qoidalariga sharhlar”. Toshkent – 2005 y.
Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish