O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV Toshkent sh.,
2021-yil 27-sentabr,
609-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-sentabrdagi 609-son qaroriga
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-iyundagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar 1. 2-bandga quyidagi mazmundagi o‘n sakkizinchi xatboshi qo‘shilsin:
“yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma — sodir etilgan yo‘l-transport hodisasi haqida sug‘urtalovchiga xabar berish uchun yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan joyda yo‘l-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilar tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘ldiriladigan, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi yuzaga kelganligi faktini tasdiqlovchi hujjat”.
2. 47-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“47. Sug‘urta to‘lovi amalga oshirilishiga asos bo‘lgan mustaqil ekspertiza (baholash) hamda haydovchilarning mastlik holatini tekshiruvdan o‘tkazish qiymati majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi tomonidan o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan zararlar tarkibiga kiritiladi”.
3. Quyidagi mazmundagi V1 bob qo‘shilsin:
“V1. Yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnomani tuzish asoslari va tartibi 471. Yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma yo‘l-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilar tomonidan darhol joyning o‘zida ichki ishlar organi xodimlarining ishtirokisiz ixtiyoriy ravishda ikki nusxada tuziladi.
Yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma blankasi sug‘urtalovchi tomonidan mustaqil ravishda yoki bosmaxona usulida mazkur Qoidalarga 7-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq tayyorlanadi.
Sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchining dasturiy ta’minoti (mobil ilovasi)dan yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma blankasini mustaqil ravishda chop etib olish huquqiga ega.
Yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnomani tuzish mazkur Qoidalarga 8-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
472. Yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnomani tuzish uchun quyidagi asoslar bir vaqtning o‘zida mavjud bo‘lishi shart:
yo‘l-transport hodisasi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yetkazilishiga yoxud yo‘l harakatini tartibga soluvchi vositalar yoki boshqa mol-mulk shikastlanishiga olib kelmagan bo‘lsa;
yo‘l-transport hodisasida ishtirokchi bo‘lgan haydovchilardan biri o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lsa;
yo‘l-transport hodisasi piyoda ishtirokisiz sodir etilgan bo‘lsa;
yo‘l-transport hodisasi ikkita transport vositasi (shu jumladan, tirkamali transport vositalari) to‘qnashuvi natijasida ro‘y bergan hamda faqat ushbu transport vositalariga shikast yetkazilgan bo‘lsa;
transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi yo‘l-transport hodisasi sodir etilguniga qadar sug‘urta qilingan bo‘lsa;
yo‘l-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilarda haydovchilik guvohnomasi, transport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, ishonchnoma (ishonchnoma talab etilmaydigan hollar bundan mustasno), yo‘l varaqasi (qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda) mavjud bo‘lib, mazkur hujjatlarning amal qilish muddati o‘tmagan bo‘lsa;
yo‘l-transport hodisasi ishtirokchilari bo‘lgan haydovchilarda mastlik holati bo‘lmasa;
yo‘l-transport hodisasi natijasida transport vositalarining shikastlanishi holatlari, shuningdek, transport vositalarining shikastlangan qismlari tavsiflari va ro‘yxati yo‘l-transport hodisasi ishtirokchilari o‘rtasida kelishmovchiliklarni (nizolarni) keltirib chiqarmasa.
Ushbu bandda ko‘rsatilgan asoslardan bittasi mavjud bo‘lmagan taqdirda, tuzilgan yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma haqiqiy emas deb hisoblanadi.
473. Yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma haqiqiy emas deb topilgan taqdirda yoxud sug‘urtalovchi tomonidan ishni ko‘rib chiqish jarayonida aybdor taraf o‘zgarganligi fakti aniqlangan taqdirda (aybdorlik videoyozuvlar yoxud ko‘rik va (yoki) mustaqil ekspertiza natijalari asosida yaqqol namoyon bo‘lganda) sug‘urtalovchi yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnomani va unga ilova qilingan hujjatlarni, shuningdek, ko‘rik va (yoki) mustaqil ekspertiza natijalarini (aybdor taraf o‘zgarganligi fakti aniqlangan hollarda) o‘sha kunning o‘zida ichki ishlar organlariga yuboradi.
Yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnomani ko‘rib chiqish chog‘ida aybdor taraf o‘zgarganligi fakti aniqlanishi va boshqa tarafning aybini tasdiqlovchi materiallar yoki videoyozuvlar yoxud ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan ko‘rik va (yoki) mustaqil ekspertiza natijalari bo‘lmaganda sug‘urtalovchining yig‘ilgan hujjatlarni ichki ishlar organlariga yuborishi sug‘urtalovchi sug‘urta tovonini to‘lashni asossiz rad etgan deb baholanadi.
Yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma ushbu bandning ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan holda yuborilganda, ichki ishlar organlari uch ish kuni mobaynida xabarnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni o‘rganib chiqadi va yo‘l-transport hodisasi yuzasidan xabarnoma tuzishni rad etuvchi holatlar mavjud emas deb topilganda xabarnoma hamda unga ilova qilingan materiallar va hujjatlarni sug‘urtalovchiga qaytarib yuboradi.
474. Yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma haydovchilarning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilgan sug‘urtalovchilarga quyidagi materiallar va hujjatlar ilova qilingan holda uch ish kuni ichida yuboriladi:
yo‘l-transport hodisasi joyining (avtotransport vositalari to‘qnashgan joyning (vaziyat o‘zgartirilmagan holdagi), transport vositalarining fotosurati va (yoki) videoyozuvi, transport vositalarining shikastlangan qismlarining fotosurati va (yoki) videoyozuvi;
haydovchilarning sug‘urta hodisasini to‘g‘ridan to‘g‘ri hal etish to‘g‘risidagi arizalari;
yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan joydagi yoki unga yaqin joydagi narkologik dispanserda yoxud sog‘liqni saqlash organlari tomonidan belgilangan tuman va shahar davolash-profilaktika muassasasida yo‘l-transport hodisasi haqida xabarnoma tuzilgan paytdan e’tiboran to‘rt soat ichida haydovchilarning mastlik holatini aniqlash bo‘yicha tibbiy tekshiruv o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi bayonnoma;
yo‘l-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilarning transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarining, transport vositalari ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi hujjatlarining ko‘chirma nusxalari, shuningdek sug‘urta polisining ko‘chirma nusxalari.
475. Yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnomada yo‘l-transport hodisasi natijasida transport vositalarining shikastlanishi holatlari, shuningdek, transport vositalarining shikastlangan qismlari tavsiflari va ro‘yxati bo‘yicha yo‘l-transport ishtirokchilari o‘rtasida kelishmovchiliklar (nizolar) yo‘qligi haqidagi ma’lumotlar aks ettiriladi.
476. Yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnomaning ko‘chirma nusxasi sug‘urtalovchiga ushbu Qoidalarning 474-bandida ko‘rsatilgan materiallar va hujjatlar ilova qilingan holda sug‘urtalovchining dasturiy ta’minoti (mobil ilovasi) orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
477. Transport vositalari egalari yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnomada ko‘rsatilgan transport vositalarini ko‘rikdan va (yoki) mustaqil ekspertizadan o‘tkazish uchun so‘rov olingan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida sug‘urtalovchining so‘roviga ko‘ra taqdim etishi shart.
478. Yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risida xabarnoma ichki ishlar organi xodimlarining ishtirokisiz tuzilgan holatlarda yo‘l-transport hodisasida ishtirok etgan transport vositalarini ko‘rikdan yoki mustaqil texnik ekspertizadan o‘tkazish ushbu Qoidalarning 41 — 44-bandlarida ko‘rsatilgan tartibda va shartlarda amalga oshiriladi.
Transport vositalarining egalari transport vositalarini sug‘urtalovchining yozma roziligisiz yoki sug‘urtalovchi sug‘urta tovonini to‘lash to‘g‘risida yoxud uni to‘lashni rad etish haqida qaror qabul qiladigan kunga qadar ta’mirlashga yoki utilizatsiya qilishga haqli emas.
479. Sug‘urtalovchi yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma ushbu Qoidalarning 474-bandida ko‘rsatilgan materiallar va hujjatlar ilova qilingan holda taqdim etilgan kundan e’tiboran o‘n besh kalendar kun ichida sug‘urta tovonini to‘lash to‘g‘risida yoki uni to‘lashni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
Transport vositalarini ko‘zdan kechirish, mustaqil ekspertizani hamda o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan zararning miqdorini belgilash uchun baholashni tashkil etish ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan muddatda sug‘urtalovchi tomonidan amalga oshiriladi.
4710. Yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risida xabarnoma tuzilganda jabrlanuvchining transport vositasiga yetkazilgan zarar ushbu Qoidalarning 39-bandida belgilangan sug‘urta to‘lovi miqdoridan oshmasligi kerak. Bunda yetkazilgan zarar miqdori yo‘l-transport hodisasi haqidagi xabarnoma sug‘urtalovchiga taqdim etilganidan so‘ng oshgan taqdirda, sug‘urtalovchi sug‘urta summasining faqat ushbu Qoidalarning 39-bandida ko‘rsatilgan miqdordan ortiq bo‘lmagan qismini sug‘urta tovoni sifatida to‘laydi”.
4. 78-bandga quyidagi mazmundagi “j” kichik band qo‘shilsin:
“j) mazkur shaxs yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma tuzilganidan keyin to‘rt soat ichida mastlik holatini aniqlash uchun tibbiy tekshiruvdan o‘tish choralarini ko‘rmagan bo‘lsa yoki yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnomani sug‘urtalovchiga uzrli sabablarsiz o‘z vaqtida taqdim etmagan bo‘lsa”.
5. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalariga quyidagi mazmundagi 7 va 8-ilovalar qo‘shilsin:
“Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalariga
7-ILOVA