Ilmiy pedagogik ishning ahamiyati. Ilmiy-pedagogik ishning maqsadi. Ilmiy-pedagogik faoliyat magistratura o’quv jarayonining muhim uzviy bo’lagi bo’lib, uning maqsadi oliy ta’lim muassasasi o’qituvchisi sifatida tayyorlanayotgan magistrantlarning egallangan ilmiy-nazariy bilimlarni bevosita amaliy tadbiq etib, ilg’or pedagogik texnologiyalar asosida bilim berish, pedagogik mahoratni egallashni ta’minlashdan iborat. Magistrantlarning ilmiy-pedagogik amaliyot davrida o’zlarinining magistrlik dissertatsiyasi mavzusidagi ilmiy izlanishlarida pedagogik tajriba-sinov ishlarini o’tkazishlari va olingan natijalar asosida mazmunan boyitishlari ham nazarda tutilgan. Universitetda ilmiy-pedagogik faoliyat davomida magistrantlarga quyidagi vazifalar qo’yiladi va ularning ilmiy rahbarlari va kafedra mudirlari tomonidan bevosita nazorat qilinadi: I. Ilmiy-pedagogik faoliyatni bajarish avvalida magistrantlar turli shakldagi darslarni tahlil qilib o’rganishlari lozim bo’ladi. Bundan ko’zlangan maqsad ta’lim jarayonini amalga oshirishning yanada mukammal metod va shakllarini o’zlashtirish orqali mashg’ulotlar mazmunini takomillashtirib borishdan iborat. Ilg’or tajribalarni o’rganish va tatbiq qilish o’quv-tarbiyaviy jarayon samaradorligini oshirishning muhim omili hisoblanadi. Shu sababli magistrantlar har bir tahlil qilingan mashg’ulotdan o’z bilim va tajribalarini boyitish uchun foydalanishi hamda ularni ommalashtirishga harakat qilmog’i lozim. Darslarni tahlil qilishda quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi:
1. Ta’limning zamonaviy muammolari echimini aks ettiruvchi o’quv mashg’ulotlari turini tanlash.
2. Darsni kuzatish jarayonida asosiy e’tiborni magistrantning shaxsiy tajribasini oshirishga qaratilishi.
3. Bir darsda aniqlangan tajribani boshqa mashg’ulotlarda qaysi darajada namoyon bo’lishi va o’ziga xosligiga e’tibor qaratish.
4. Qo’llanilayotgan metod va usullarning erishilgan natijalar bilan bevosita uzviy bog’liqlik omillarini aniqlash.
5. Aniqlangan amaliy tajribalarini nazariy manbalar asosida o’rganib, ularning asoslanganlik darajasini belgilash.
Darslarni tahlil qilishda amaliy, laboratoriya yoki seminar mashg’ulotlaridan biri ixtisoslik fanlarida ko’zda tutilmagan bo’lsa, uning o’rniga mavjud bo’lgan dars shakli qo’shimcha tahlili qilinadi.
Pedagogik amaliyotning ahamiyati. Pedagogik amaliyotning ahamiyati deganda fanining maksadi talabalar tomonidan oliy ukuv yurtlarida egallangan nazariy bilimlarni korxona, muassasalar va tashkilotlarning ish tajribasini urganish orkali mustaxkamlash tajribalarini va mutaxassislik buyicha kasbning ilgor usullarini egallash, malakaviy pedagogik amaliyotning metodologik asoslari va tamoyillari, kasbiy faoliyatni tashkil etish, talabalarni kasbga yunaltirishga oid kunikmalarni shakllantirishdan iboratdir. “Pedagogik amaliyot” fanining asosiy vazifalari:
- amaliyot ishi muassasasida mavjud tanishuvlar;
- tajriba muassasasida taxlil kilish va ukish;
- malakada kelib chikuvchi muammo va vazifalarni mustakil xal kilishda muammolar bilan boglangan xolda shu muassasada kabul kilingan uslubiy ishni egallash;
- amaliyot utkaziladigan muassasa faoliyatiga boglik ijodiy savollarni kayta ishlash.
Men pedagogik amaliyotni ahamiyati deganda bizning kelajakdagi pedagogik faoliyatimizni mukammallashtirish, boyitish, yangi kompyuter texnologiyalaridan foydalanilgan xolda olib borishga, dars jarayonini talabalarga tushynarli tarzda etkazib berishga qaratilgan. Shuni xam inobatga olishimiz mumkinki, amaliyotning ahamiyati biz magistrlar, ustozlar darsiga kirib dars o‘tish maxoratini o‘rganish bilan bir qatorda o‘z malakaviy maxoratimizni oshirib borishdan iborat.
Ustozlarning dars jarayoni yuqori darajada va talabalarni darsga qiziqtira olish maxoratini o‘rganish va shu bilan birga amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lib borish, omma oldida nutqni ravon va tushinarli ifoda eta olish ko‘nikmasiga ega bulib borish, shu bilan bir qatorda pedagogik kunikmalarini egalashdan iboratdir.
Men xar haftaning juma kunlari “Transport intellektual tizimlari muhandisligi” kafedra o‘qituvchisi Idirov I.T. dars o‘tish jarayonida va ish jarayonida tinglovchi sifatida ishtirok etib kelmoqdaman. Meni bu dars jarayonida bilim salohiyatim oshishi bilan bir qatorda, pedagogik ko‘nikmam ham shakllanmoqda.
Amaliy mashg’ulot №5
Mavzu: Yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lgan joyni ko‘rib chiqish bayonnomasini tuzish.
Darsning maqsadi: Talabalarga yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lgan joyni kuzatish va natijasi o‘laroq bayonnomani rasmiylashtirishni o‘rgatishdan iborat.
Darsning borishi: Mavzu bo‘yicha olingan nazariy bilimlarni mustahkamlab olish. Buning uchun blits savol-javob qilib chiqiladi.
Keyingi bosqichda talabalar kichik guruhlarda “Yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lgan joyni ko‘rib chiqish bayonnomasini tuzish” o‘yini metodi bilan talabalar bilan ishlanadi. Ular bilimi va faolligi bilan dars yakunida baholanadi.
YTHni hisobga olish ishlari O‘zbekiston Respublikasi hududida yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi (YHXB) xodimlari tomonidan olib boriladi. Ayrim vazirliklar, korporatsiyalar, kontsernlar va uyushmalar o‘z tashkilotlariga tegishli avtotransport yoki yo‘llarda sodir etilgan YTHni alohida hisob qilib boradilar, bunda ular birlamchi axborotni YHXB bo‘linmalaridan oladilar. Masalan, «Toshshahartransxizmat» uyushmasi, «O‘zneftgaz» korporatsiyasi avtokorxonalariga tegishli avtomobillar sodir etgan YTHni, «O‘zavtoyo‘l» kontserniga tegishli yo‘l xo‘jaliklarida esa umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarida qayd etilgan YTHni hisobga olib borish bilan birgalikda, to‘plangan ma’lumotlar batafsil tahlil qilinadi. Shuningdek, sog’liqni saqlash vazirligiga qarashli tibbiyot tashkilotlarida YTHda jabrlanganlar ro‘yxatga olinadi.
YTHni hisobga olish tartibi va ma’lumotlar yig’ish ishlari YHXB bo‘linmalarida bir xil tartib bo‘yicha olib boriladi. Bu tartibga asosan hamma YTH ikki guruhga bo‘linadi.
Birinchi guruhga YTHda halok bo‘lganlar yoki jarohat olganlar kiradi. Bunday YTH ma’lumotlari maxsus kartochkalarda hisobga olinib,