2. Fanning maqsadi, vazifalari va asosiy bolimlari.
Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi va servisi, amaliy faoliyat sifatida, texnik, iqtisodiy, tashkiliy va ijtimoiy tadbirlar majmui bolib, quyidagilarni taminlaydi:
1) yuk tashish xizmatiga yoki tashqi mijozlarga kerakli nomenklaturada, miqdorda, vaqtda ishga yaroqli avtomobillarni yetkazib berish;
2) avtomobil parkini ishga yaroqli holatda, quyidagilarga rioya tutish:
- mehnat va moddiy resurslarni oqilona harajat qilib;
- yol va ekologiya xavfsizligi meyorlari darajasida taminlab;
- xodimlarga meyordagi mehnat sharoiti yaratib.
ATES fan tarmogi sifatida avtomobillar va parklarning texnik holatini boshqarish yollari va usullarini aniqlab quyidagilarni taminlaydi:
- avtomobillardan texnik foydalanish xususiyatlarini toliq ishga solib muntazam va xavfsiz yuk va yolovchi tashish;
- ish qobiliyati va texnik holati talab darajasida bolishi;
- moddiy va mehnat harajatlari optimal bolishi;
- avtomobil transportining aholiga, xodimlarga va atrof-muhitga zararli tasirini imkoniyat boricha kamaytirish.
ATEning samaradorligi muhandislik-texnik xizmati (MTX) tomonidan taminlanadi va bu xizmat ATEning maqsad va vazifalarini amalga oshiradi.
Shunday qilib, Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi avtomobil transporti tizimining kichik tizimlaridan biridir. Shuningdek bu tizimga Tijoratda foydalanish yoki yuk tashish xizmati (TF) kichik tizimi, hamda Boshqarish (B) kichik tizimi kiradi.
Korxonalarning xillari va ularning faoliyatlari turiga qarab Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi kichik tizimi tashkiliy va iqtisodiy tomondan quyidagicha namoyon boladi:
- alohida korxonaning yoki ular birlashmalarining (transport kompaniyasi, xolding, tijorat avtotransport korxonasi) ishlab chiqarish tarkibi, kichik tizim sifatida yuk tashishni amalga oshiradi, va shu bilan bir qatorda, parkni ishga layoqatli holda tutib turadi;
- mustaqil xojalik subekti sifatida, mulkchilikning hamma shakllariga mansub bolgan avtotransport vositalari egalariga tolovli xizmatlar korsatadi.
Birinchi holatda ATEning asosiy xissasi shundan iboratki, u korxonaning Tijoratda foydalanish kichik tizimini ishga yaroqli va bekamu kost transport vositalari bilan taminlaydi, yani transport jarayonini yuzaga kelish imkoniyatini taminlaydi. Tijoratda foydalanish va Boshqarish kichik tizimlarining vazifasi bekamu kost bolgan avtomobillarni iloji boricha samarali ishlatib, daromad olish, uni transport jarayoniga haqiqiy qoshgan xissasiga va olingan foydaga mos ravishda hisob-kitob qilishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |