20-rasm. Yaqinlashuv burchagini sozlash shakli
Oldingi koprik birikmalarini diagnostikalash va sozlash ishlari 1-TXK, 2-TXK, SXK yoki JT davrida bajariladi. Ishlash jarayonida eng kop yediriladigan oldingi koprik detallaridan shkvoren va burash mushti vtulkasi hisoblanadi. Diagnostikalash natijalariga kora bu detallar yangisiga yoki ta'mirlanganiga almashtiriladi.
Oldingi koprigi yetaklovchi zamonaviy avtomobillarda gildiraklarning ogish va kronshteynning ornatish burchaklari me'yoridan farq qilsa, kronshteyn yangisiga almashtiriladi.
VAZ, Moskvich va shu turdagi avtomobillarda gildraklarning ogish burchaklari pastki yoki yuqorigi richaglarning tagidagi sozlovchi shaybalarning qalinligini ozgartirish yoli bilan amalga oshiriladi.
Burilish burchaklarining bir-biriga monandligi tortqilardan birini qisqartirish, ikkinchisini uzaytirish hisobiga sozlanadi. Bu shartni bajarmaslik yaqinlashuv burchagining ozgarishiga olib keadi.
Gildirakning yaqinlashuv burchagini togri sozlash eng muhim hisoblanib, uning me'yorida bolmasligi shina protektorini juda tez va notekis yeyilishiga olib keladi.
Hulosa qilib aytganda, 1-TXK vaqtida rul boshqarmasi va oldingi oq boyicha rul chambaragining lyufti, rul tortqilari sharnirlari, gildirak gupchagi podshipniklari, gidrokuchaytirgichli tizim jipsligi, sharli barmoqlarning qotirilganligi, soshka, buriluvchi sapfa richaglari va shkvoren holati tekshiriladi. 2-TXK da 1-TXK ni hisobga olgan holda oldingi oq balkasi va oldingi gildirak ornatish burchaklarining togri ornatilganligi, gildiraklarning muvozanatsizligi, rul boshqarmasi kardan valining va barcha birikma hamda detallarning qotirilganligi tekshiriladi.
3.Shinalar avtomobilning eng qimmat turadigan elementlaridan biri hisoblanib, ular avtomobilning tortish-toxtatish mexanizmlari dinamikasiga, turgunligiga, tekis yurishiga, yonilgi tejamkorligiga, harakat havfsizligiga ta'sir korsatadi. Shinalarning ishdan chiqishi va ish muddatining kamayishi texnik foydalanish qoidalarini buzish bilan bogliqdir.
Shinalar moljaldagidan oldinroq ishdan chiqishining asosiy sabablari ichki bosimning kotarilishi, bosimning pastligi, gildiraklar yaqinlashuvining notogriligi, tormoz barabani ezilib tuxumsimon bolib qolishi, tormoz mexanizmlarining bir xil ishlamasligi, avtomobillarga ortiqcha yuk ortilishi, shinalarning otkir qirrali predmetlarga urilishi, vaqtida orin almashtirilmasligi, haydovchilar mahoratining pastligi, yol va iqlim sharoitlarining ozgaruvchanligi va boshqalar.
Avtomobil shinalariga TXK, shinadagi havo bosimini tekshirish, tashqi tomonini nazorat qilish va protektor yedirilishini aniqlash, undan uchlik narsalarni chiqarib tashlash, juftlab qoyilgan shinalar orasidan masofani (40-50 mm) tekshirish, ularning ornini almashtirishdan iborat.
Shinadagi havo bosimini aniqlash uchun porshenli yoki prujinali monometrlardan foydalaniladi. Siqilgan havo qozgalmas yoki qozgaluvchan kompressorli moslamalardan olinadi. Ularning ishlab chiqarish qobiliyati 1 m3min bolib, hosil qiladigan bosimi 1,0-1,2 Mpa ga teng boladi.
Shinalarga TXK jarayoni quyidagicha:
- Diagnostika (D-1) paytida ularning ichki bosimini nazoratdan ot-kazish va 1-TXK paytida ichki bosimni normal holatga keltirish,
- Shinalarni qarovdan otkazish, chegara yeyilishini aniqlash, qoplamaga va ular orasiga tiqilgan predmetlarni tozalash, chuqurligini tekshirish,
- 2-TXK paytida shinalarni avtomobildan yechib olib yoki yechmasdan mu-vozanatlash.
Shinalarni koproq ishlashi uchun ularni ajratish va yigish ishlariga alohida e'tibor berish kerak.
Shinalarni yigish ishlarini bajarishdan avval disklar va gildirak detallari tekshiriladi (bort va qulf halqalari), hamda iflosliklardan va zangdan tozalanadi. Disklarni togrilash va tozalash uchun maxsus stanoklardan foydalaniladi.
Yengil avtomobillarni shinalarini ajratish va yigish uchun maxsus SH-501 M modelidagi kabi jihozlar ishlab chiqarilgan, ulardan tashqari juda kop turdagi nostandart jihozlar ham mavjud bolib, ular asosan elektrodvigatel, reduktor, siqgich, kranchalar va boshqa detallardan tuzilgan boladi.
Yuk avtomobili va avtobuslarni gildiraklarini ajratish va yigishda ham maxsus jihozlardan foydalaniladi.
Yengil avtomobil shinalarini ajratib va yigilgandan song ularni muvozanatlash zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |