Rama va osmalarga texnik xizmat korsatish. Ramani korikdan otkazib, uning geometrik shakli va olchamlaridagi ozgarishlar, darzlar mavjudligi, lonjeronlar va kondalang tosinlar egilganligi, ressora, ressoraostligi va amortizatorlar kronshteynlarining ramaga maxkamlanishi tekshiriladi.
Ramaning geometrik shaklini, uning kengligini lonjeronlarning tashqi tekisligi boyicha oldindan va orqadan olchab korish orqali tekshirish mumkin. Rama kengligidagi farq GAZ avtomobillari uchun 4 mm dan ortmasligi lozim. Rama lonjeronlarining boshlangich holatga nisbatan surilishini ramadagi kondalang tosinlar orasidagi diagonallarni ayrim uchastkalarda olchab korib aniqlash mumkin. Har bir uchastka diagonallari uzunligi bir xil bolishi kerak. Minimal chetga chiqishlar 5 mm dan kop bolmasligiga ruxsat etiladi.
Kopriklarning ozaro vaziyati, oldingi va orqa kopriklar oqlari orasidagi masofa ong hamda chap tomondan olchab korib aniqlanadi. Olchangan masofalarning bir-biridan farq qilishiga ruxsat etilmaydi. Agar rama holatini tekshirishda uning konstruksiyasida jiddiy nosozliklar yoki bazaviy olchamlarda ruxsat etilgan qiymatlardan chetga chiqishlar aniqlansa, u holda avtomobil mukammal ta'mirlashga jonatiladi.
Osmalar holati, texnik xizmat korsatish chogida tashqi korikdan otkazilib, ularning maxkamlanishi esa kuch qoyish orqali tekshiriladi. Ressoraning singan yoki darz ketgan listlari(varaqlari) aniqlanadi. Ressoralar kozga korinadigan darajada boylama siljishga ega bolmasligi kerak. Bunday holat markaziy boltning kesilishi oqibatida sodir bolishi mumkin. Ressoralarning ishonchli maxkamlanishini tekshirishda alohida e'tiborni uzangisimon tortqi gaykalarining qanday tortilganligiga hamda ressorani sharnirli maxkamlaydigan vtulkalardagi yeyilishlarning bor-yoqligiga qaratish lozim. Agar ressoraning bir uchi rezina yostiqchalarga maxkamlangan bolsa, yostiqchalarning butunligi va ularning tayanchda togri joylashganligi tekshiriladi. Ressoraning uzangisimon tortqilari va xomutlaridagi gaykalarni bir tekisda, avval oldingilari(avtomobilning harakatlanishi boyicha), song keyingilari tortib qoyiladi.
Ressoralarning elastikligi ularning erkin holatdagi yoysimonligi boyicha tekshiriladi. Bu korsatkichni ressora uchlari orasida ip tortib va ipdan egilgan ozak listning ortasigacha bolgan tik masofani olchab aniqlash mumkin. Avtomobil osmalaridagi ressoralarning yoysimonligi bir-biridan boyicha 10 mm dan kop farq qilmasligi kerak. Avtomobil harakatlanganda ressoralarda gichirlashlar, shuningdek, listlarda zanglar paydo bolsa, ularni kirlardan tozalash, kerosinda yuvish va grafit bilan moylash lozim boladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |