12-rasm. Transmissiyadagi aylana lyuftini aniqlaydigan K-428 asbobi.
Transmissiyani diagnostika qilishning oddiy usuli K-428 asbobi yordamida yetaklovchi koprik, kardan vali va uzatmalar qutisidagi aylana lyuftlar yigindisi hisoblanadi. Asbob qamrovchi skobali dinamometrik qurilmadan(2) va uni tashkil etuvchi qozgaluvchan(4) hamda qozgalmas(3) jaglardan iborat. Qamrovchi skoba tekshirilayotgan yarim oqqa yoki kardan valiga kiydiriladi, song qozgaluvchan jagni chervyak yordamida surib agregat detaliga maxkamlanadi.
Lyuftni aniqlash uchun dasta(1) kuch bilan buraladi va prujinali tovush daraklagich ovoz chiqargach, olchagich strelkasi tomonidan lyuft qayd qilinadi. Olchagich shkalasini ixtiyoriy burchakka burish mumkin. Shuning uchun, olchash ishlarini bajarishdan avval, tekshirilayotgan agregatga ornatilgan asbob strelkasi nolga keltirilishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |