Transport logistikasi


Mikrohududlar va ularning hosil bo‘lishi



Download 479,57 Kb.
bet16/82
Sana02.03.2022
Hajmi479,57 Kb.
#479707
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   82
Bog'liq
2 5339245940702187042

Mikrohududlar va ularning hosil bo‘lishi
Amaliyotda yirik shahar, iqtisodiy hudud yoki aholi yashash joylarida yuk oboroti kichik jo‘natuvchi va qabul qiluvchi punktlar ko‘plab tarqoq joylashgan bo‘lsalar ularni o‘zaro mikrohududlarga birlashtirilishlari mumkin.
Mikrohudud deyilganda katta bo‘lmagan er uchastkasi (bo‘lagi) tushunilib, ularda har xil miqdordagi yuk oborotli punktlar joylashtirilgan bo‘ladi. Amalda ayni punktlarda bor yuk oborotining katta-kichikligi, ilgarilardan bor yo‘l shahobchalari, va ko‘chalar, ko‘priklar joylashuvi, suv (anxor, daryo) to‘siqlari va ulardan o‘tish hamda ruxsat etilgan harakat yo‘nalishlari va shu kabilarni hisobga oluvchi transport aloqalari inobatga olinib mikrohudud chegaralari belgilaniladi. Amaldagi qoidalarga ko‘ra har bir mikro hududda yuk jo‘natuvchi yoki qabul etiluvchi birgina yuk punkti bo‘lishi tavsiya etiladi.
Mikrohudud chegarasi quyidagicha belgilanadi: yirik yuk hosil etuvchi yoki yuk qabul etuvchi punktalar mustaqil nuqta qilinib ajratiladi, maydalari-kichik yuk oborotlilarini mikrohudud markazi deb ataluvchi shartli ravishdagi nuqtaga birlashtiriladi. Mikrohudud markazlari o‘rtasidagi masofa mikrohudud tuzilishi geometrik markazida emas, har bir ob’ekt yuk oborotini hisobga oluvchi o‘rtacha masofa qabul qilinadi.


6-SEMESTR UCHUN


1-mavzu. MUL’TIMODAL TASHUVLARNING UMUMIY TAVSIFI
Reja:

  1. Mul’timodal tashishlar haqida tushuncha va uning mohiyati

  2. Mul’timodal tashishni rivojlantirishning hozirgi holati va istiqbollari

  3. Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan Mul’timodal tashuvlarning xususiyatlari

Tayanch so‘z va iboralar: Mul’timodal, intermodal, unimodal, aralash tashish, kombinatsiyalashgan, , "Piggibeek" tashuvlar, piggibeking
YUklarni Mul’timodal (modal) tashishlar deb har xil transport turlaridan foydalaniladigan tashishlarga aytiladi. SHunga muvofiq, Mul’timodal transport deganda yuklarni butun tashish yo‘nalishi davomida tashish uchun jalb etilgan barcha transport turlari majmuasi tushuniladi. Ba’zi xorijiy manbalarda Mul’timodal termin intermodal atamaga mos keladi.
Xalqaro Mul’timodal tashishlar odatda bitta tashuvchining javobgarligi ostida bir nechta transport turlaridan foydalanib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashish uchun yagona narx bo‘yicha bitta tashish hujjati bilan amalga oshiriladigan tashish sifatida belgilanadi. Bugungi kunda iqtisodiy va huquqiy adabiyotlarda bunday tashishlar "kombinatsiyalashgan", "aralash", "intermodal" deb ham ataladi.
Ushbu atama, tashuvlarni amalga oshiruvchi tomonlar va huquqni muhofaza qilish organlari uchun bir qator qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, ko‘plab davlatlar qonunchiligiga va xalqaro miqyosda qabul qilingan Mul’timodal tashishlarni aniq belgilashga hech qanday yondashuv mavjud emas.
Aralash tashishda qo‘shimcha yuk operasiyalari va u bilan bog‘liq qo‘shimcha yuk ushlanib qolishlar va xarajatlar paydo bo‘ladi.
Intermodal tashish - yuk birligi yukni qayta yuklamasdan bir xil yuk birligi yoki transport vositasida (TV) bir nechta turdagi transportlarda ketma-ket ravishda tashish.
Bu yukni egasining ishtirokisiz transportning bir turidan ikkinchisiga yukni qayta yuklash punktlarida yuklarni etkazib berish tizimi.
Intermodal tashishda yuk egasi butun yo‘nalish bo‘ylab yuklarni tashish uchun bir vositachi (operatorga) bilan shartnoma tuzadi. Ko‘pincha yuk egasi nomidan operator sifatida tashish davomida barcha transport operatsiyalarini tashkil qilish va tashishni nazorat qilish majburiyatini oluvchi ekspeditorlik kompaniyasi hisoblanadi.
Intermodal tashishda har bir tashuvchi o‘z uchastkasi uchun transport hujjatini rasmiylashtiradi va operatorga faqat uning nomidan amalga oshiriladigan qismi uchun javobgar bo‘ladi.
Mul’timodal tashish – bu tashishni tashkil etuvchi shaxs tomonidan tashish jarayonida tashishda ishtirok etuvchi transport turlari sonidan qat’iy, nazar yagona tashish hujjati asosida tashish majburiyatini oluvchi tashishlar hisoblanadi. Masalan, tashishning dastlabki elkasida, tyagach, yuk avtomobili, tirkama yoki yarim tirkama, olib qo‘yiladigan kuzov yoki konteyner (20 fut yoki undan katta) avtomobil transportida va oxirgi elkasida - temir yo‘l, ichki suv yo‘llari yoki dengiz orqali (boshqa variant: temir yo‘l - ichki suv yo‘llari / dengiz tashish) transportlari ishtirok etadi.
SHunday qilib, Mul’timodal transportda yuk birligi belgilangan yo‘nalish bo‘ylab kamida ikki xil transport turi bilan tashiladi.
YUklarni Mul’timodal tashishlar uchun bir nechta shartlar bajarilishi lozim:
- Mul’timodal tashishlar aralash tashishlar shartnomasi asosida amalga oshirilishi kerak;
- Mul’timodal tashishlar bittadan ortiq transport turlari bilan amalga oshirilishi kerak;
- Mul’timodal tashuvlar ularni bir davlatdan boshqasiga etkazib berish uchun yuklarni Mul’timodal operatori boshqaruviga topshirish bilan birga amalga oshirilishi kerak.
Bundan tashqari, Konvensiya, agar yuk turli transportlar tomonidan turli shartnomalarga muvofiq tashilib, aralash tashish shartnomasiga ega bo‘lmasa, bunday tashish Mul’timodal hisoblanmaydi.
Mul’timodal tashish tamoyili yangi emas, u xalqaro savdoni aynan konteyner inqilobi bilan bog‘liq holda mutlaq e’tirofga sazovor bo‘ldi. Aynan konteynerlashtirish bilan bosh yuklarni Mul’timodal tashish standart savdo amaliyotiga aylanadi.
Bugungi kunda yo‘nalishga qarab, Mul’timodal tashishlar dengiz, daryo, temir yo‘l, avtomobil, havo transportlarini o‘z ichiga oladi, ular har qanday kombinasiyaga birlashtirilishi mumkin. Ushbu etkazib berish usulining asosiy ustunligi - har xil transport turlarining afzalliklaridan maksimal darajada foydalanish, shuningdek operator tomonidan yuk tashishning rasmiylashtirilishi bilan bog‘liq qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etish, masalan: tashish davomida yuk hujjatlarini rasmiylashtirish, port ichi rasmiylashtiruvi, qabul qilish, qayta ishlash, qayta yuklash, omborlashtirish va saqlash.
Odatda yukni etkazish bo‘yicha barcha Mul’timodal yo‘nalishidagi eng katta transport xizmatlari dengiz orqali tashuvlar hisoblanadi. Dengiz transporti, odatda, ancha past va raqobatbardosh tashish narxiga ega. Ba’zi hollarda temir yo‘l transportida tashish elkasining uzunligi asosiy transport vazifasini aynan shu transport turi o‘z zimmasiga oladi. Mul’timodal tashish, shuningdek to‘g‘ridan-to‘g‘ri har bir tashuvchi bilan emas, balki, qulay va tejamkor bo‘lgan Mul’timodal operator bilan bevosita aloqa o‘rnatishga imkon beradi.
Mul’timodal tashishlar Mul’timodal operatordan transport zanjirining har bir bo‘g‘inida mutlaq nazorat qilishni talab qiladi. Bu transport vositasini va boshqa tashuvchilarni boshqa imkoniyatlarini samarali qo‘llashni emas, balki operatorni transport jarayonini rejalashtirish va boshqarishda erkinlikni ta’minlaydigan, transport vositalarini boshqarishni tartibga soluvchi tizimni yaratish, ushbu jarayonga jalb etilgan tashuvchilarning hamkorligini yaratish imkonini beradi. SHunday qilib, Mul’timodal tashuvlar uchun asosiy mezonlar Mul’timodal operatori tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning sifati, ularning muvaffaqiyati va Mul’timodal operatori tomonidan nazorat qilish imkoniyati hisoblanadi. Mul’timodal tashuvlar operatori shartnoma asosida tashuvchi sifatida qatnashadi. U amalda tashuvchi bilan bitim tuzadi va butun yo‘nalish davomida mijoz oldida yukning saqlanishi uchun majburiyat oladi. Mul’timodal operatori sifatida transport kompaniyalari yoki ekspeditorlik firmalari faoliyat yuritish mumkin. Ekspeditor – etkazib berishni tashkil etuvchi. Tashuvchi – bu bajaruvchi. Ekspeditorlik kompaniyasi bitta ofis va saytga ega bo‘lishi mumkin. SHuning o‘zi yuklarni etkazib berishning hamma jihatlarini va tashishni tashkil etishni kelishish uchun etarlidir. Tashuvchi avtokorxonaga ega. temir yo‘l sostavlari, kemalar va samolyotlarga ega. Ko‘p tashuvchilar – ular jismoniy shaxslar va ulgurji partiyalarga yuk sotuvchilar bilan ishlovchi yirik kompaniyalardir.
Mul’timodal tashishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: tashishlarning barcha jarayonida uzilishlar, transport xarajatlarini kamaytirish va yuklarni belgilangan joyga etkazib berishning o‘z vaqtida bajarilishi.
Intermodal va Mul’timodal tashishlarning belgilari:
- tashishlarni dastlabki manzildan so‘nggi joyga olib boruvchi operatorning mavjudligi;
- tashish uchun yagona tariflar;
- yagona transport hujjati;
- yuk tashish va shartnomani bajarish uchun yagona mas’uliyat.
Intermodal tashish quyidagi asosiy qoidalarni ko‘zda tutadi:
Qonunchilik bazasini soddalashtirish va takomillashtirishni, yuklarni tashish hujjatlarini rasmiylashtirishni nazarda tutadigan norasmiy savdo-huquqiy rejim. Xususan, intermodal tashishlarning ushbu tamoyili quyidagilarni nazarda tutadi:
-transportning barcha turlarida yuklarni (masalan, konteynerlarda) tashish qoidalarini takomillashtirish va ular uchun tashish tizimining samaradorligi uchun tanlangan mezonlarga muvofiq ishlarni sinxronlashtirishni oshirish; bojxona jarayonlarini soddalashtirish;
- mamlakat ichi transporti uchun yagona yuk hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- tashqi transport bozorida ishlash uchun xalqaro standartlarga muvofiq savdo-sotiq va yuk tashish bo‘yicha standart hujjatlarni qo‘llash.
Ushbu turdagi tashishlar, shubhasiz, o‘xshash xususiyatga ega va ko‘pincha sinonimlar sifatida ishlatiladi, ammo huquqiy jihatdan tashuvchilar o‘rtasida munosabatlarni tartibga solishda bir xillik yaratish maqsadida qaysi transport turiga eng ko‘p ustunlik berish masalasi ko‘rib chiqilishi kerak..
Kombinatsiyalashgan tashish tashishning mohiyatini aks ettirmaydi, chunki u asosan "yuk" tushunchasiga amal qiladi. Aralash tashish transportga qaratilgan - uning ishlatilish turlari soni, uni "aralashtirish "ma’nosini belgilashga ruxsat bermaydi.
Xalqaro aralash tashish ichki tashishdan chegaradan o‘tish bilan farq qiladi, bu chegara punktlarida ma’muriy tartibotlarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha hujjatlar to‘plamini tayyorlash zaruratiga olib keladi. Xalqaro aralash tashishlar aralash transport hujjati deb nomlangan yagona transport hujjati asosida amalga oshiriladi. «Intermodal tashish» atamasi keng ko‘lamli bo‘lib, ijtimoiy hayotning katta hodisasini aks ettiradi va bu tashishni huquqiy hodisa sifatida belgilash imkonini bermaydi.
“Mul’timodal (modal) tashish” tushunchasi chet ellarda muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda va tarjima maqsadlarida qulayligi uchun universal hisoblanadi. Mul’timodal tashishning o‘ziga xos jihati shundaki, “aralash” tashish birinchi navbatda tashishning holatini emas, balki yukning talablarini hisobga oladi, jo‘natuvchi va qabul qiluvchi o‘rtasida o‘zaro transport jarayonini ta’minlaydi.
“Intermodal tashish”- xalqaro tashishlarda (xalqaro transport koridorlaridan foydalangan holda) yagona transport hujjati bilan yuklarni bitta yuk birligi bo‘yicha bitta transport vositasidan boshqasiga o‘tkazish yo‘li bilan etkazib berish tizimi. Bunday tashishning asosiy elementi - xalqaro tashish talablariga muvofiq bojxona muhrlanishiga ruxsat beruvchi intermodal yuk bo‘linmasi, bu muhrni buzmasdan yukka kirish imkoniyatini istisno qiladi. Boshqacha qilib aytganda, transport vositalarining o‘ziga xos xususiyati bu erda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Bundan tashqari, transport vositasida yuklarni joylashtirish (tashkil etish) yo‘llari ham yuklarni birlashtiruvchi yuk tashish uchun xarakterlidir. Ba’zi nazariyalarga ko‘ra, intermodal transport tushunchasi quyidagicha shakllantirilishi kerak: Intermodal tashish bir yuk tashish uchun bir nechta transport vositasi orqali yuklarni yoki yo‘lovchilarni etkazib berishni anglatishi kerak.
Ushbu etkazib berish usulining asosiy afzalligi operator tomonidan har xil tashish vositalaridan maksimal darajada foydalanish, shuningdek yuk tashish jarayonida ularni jo‘natish, tashish, qayta ishlash, omborlarda saqlash, port ichi ekspeditorlik ishlari, qabul qilish, rasmiylashtirish kabi qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etishdan iborat.
Huquqshunoslik adabiyotlarida berilgan ta’rif: Mul’timodal tashuvlarning asosiy xususiyati yuklarni tashish davomida (“aralash tashish operatori” deb ataladi) yuklarning xavfsizligi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan shaxsning mavjudligi va shu bilan birga bitta tashuvchining vazifalarini o‘z zimmasiga olishida qaraladi. Agar shaxs tashish davomida yuklarning xavfsizligi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmasa, u Mul’timodal tashish operatori emas, balki ekspeditor hisoblanadi.
Bunday holatda, yuk tashuvchisiga etkazilgan zarar uchun mas’uliyat yuk tashishning har bir pudratchisiga yuk tashuvchi aybdor bo‘lgan hollar bundan mustasno.
Mul’timodal tashish mijozga yoki jo‘natuvchiga bevosita Mul’timodal operator bilan bevosita aloqa o‘rnatishga imkon beradi, va, albatta, har bir tashuvchi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshirilmaydi, shuningdek bu usul qulay va tejamkorhisoblanadi.
Transport zanjirining elementlari turli xil transport turlaridan iborat bo‘lganligi sababli ularning sifatli hamkorligi ularning hamkorligini talab qiladi. Mul’timodal tashish tizimining uzluksiz va tezkor ishlashini tashkil etish uchun eng yaxshi rivojlangan transport infratuzilmasi zarur bo‘lib, uning asosiy elementi terminal tizimi hisoblanadi. Ayni paytda davlatga tegishlm va xususiy terminallar soni ortib bormoqda.
Misol uchun, G‘arbiy Evropada bir qator kontinental tarmoqni o‘z ichiga olgan va bir necha mamlakatlarda transportning turli usullarini birlashtiradigan Evropa terminal tizimi mavjud. 1979 yilda BMTEIK (BMT Evropa iqtisodiy komissiyasi) doirasida Mul’timodal tashish jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy, texnik, ma’muriy va huquqiy masalalarni hal qilish bilan bog‘liq bo‘lgan ishchi guruhi tashkil etildi.
Har qanday bozor kabi, Mul’timodal tashuvlar bozorida ikki tomon bor: talab va taklif. Hozirda bunday faoliyatning bir necha yo‘nalishlari mavjud:
- Mul’timodal transport sohasida milliy transport siyosatini o‘rganish;
- xalqaro huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish;
- Mul’timodal tashuvlar uchun jo‘natuvchilar talabining yo‘nalishlarini tadqiq qilish;
- yuk birligining o‘lchamlari, og‘irligi va aralash tashuvlarni tashkillashtirishning oqibatlari masalalarini hal qilish.
Ta’minot tomonida temir yo‘l transporti bazasida Mul’timodal tashuvlarda ikkita asosiy usul mavjud. Birinchi usul “piggibek” tashishlar deb ataladi. Bu yuklarni kuzovi olib qo‘yiladigan transport vositalarida Mul’timodal tashish, treylerlarni avtomobil va temir yo‘l orqali yuklarni tashishdir.
G‘arbiy Evropada “piggibek” tashuvlarning ko‘pchiligi avtomobilsozlik kompaniyalari tomonidan tashkil etilgan. Ushbu firmalarning ustav kapitalida temir yo‘l kompaniyalari ulushi cheklangan. Piggibek tashuvlar asosan marshrutning boshlang‘ich va yakuniy egalariga (masalan, yuk tashuvchi terminali va qabul qiluvchi terminal) mas’ul bo‘lganligi sababli, terminaldan terminalga xizmat qiladi.
Bozorning boshqa tomoni - Mul’timodal transportning iste’molchilari tomonidan yaratilgan talab. "Piggibeking" tashuvlar iste’molchilarining aksariyati avtomobilsozlik kompaniyalari va ekspeditorlardir. Avtotransport kompaniyalari ushbu turdagi tashuvlarni bir-biri bilan va yuk tashuvchilar bilan birlashtirib, yuk tashuvchilarning talablarini qondirish maqsadida, raqobatning ortib borayotgani sababli sifat va miqdorni oshirishga e’tibor bermoqdalar.
Piggibeking ko‘plab korxonalar eksport faoliyatining bir xil sohasidagi hamkorlikni o‘z ichiga oladi, chunki katta va mashhur kompaniyalar kichik firmalarning chet ellik tarqatish kanallarida ishtirok etadilar.
Piggibeking - bu biznesdagi o‘z o‘rnini egallab turgan firmalar sheriklar bilan xizmatlarni oqilona taqsimlashni ta’minlaydigan holatdir. Ikkinchi usul - konteynerlarda tashish. Umuman olganda konteynerlarda tashish transport (dengiz, avtomobil, temir yo‘l va hatto havo) turlari orqali ishlatilishi mumkin. So‘nggi yillarda temir yo‘l konteynerlarini tashish bo‘yicha mijozlarning qiziqishi ortib bordi.

Download 479,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish