Transport logistikasi



Download 479,57 Kb.
bet13/82
Sana02.03.2022
Hajmi479,57 Kb.
#479707
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   82
Bog'liq
2 5339245940702187042

Tara va uning xizmati
Ortish va tushirish, tashish va saqlov operatsiyalarida yuklarni buzilishining oldini olish uchun taralardan foydalaniladi.
Taralar mustahkam, ko‘p marotaba foydalanishga mo‘ljallangan va iloji boricha arzon materiallardan yasalgan bo‘lishlari zarur.
Ba’zi bir taralangan yuklar zaifligi (mo‘rtligi) yoki boshqa bir xususiyatlariga ko‘ra ular qo‘shimcha, ishonchliroq tara (supertara)lashni talab qiladilar. Masalan, sut mahsulotlari yoki shisha qadaxli mineral suvlar tashishda shisha qadaxlarini maxsus reshyotka (plassmassa)larga joylashtiriladi, butilkadagi kislotalar daraxt shoxlaridan to‘qilgan maxsus korzinalarda tashiladi.
Taralar gabaritlari, shakllari va unga joylashtiriluvchi yuk og‘irlik miqdoriga hamda ishlatiluvchi materiallariga ko‘ra o‘z standart (andoza)lariga egadirlar. Taralarni standartlash tovar oborotini yaxshilash bilan birga barcha transportlarda ham transport vositasi kuzovi yoki platformasidan sig‘dirishi (yuk sig‘dirish va ko‘tarish qobiliyati) dan maksimal foydalanish, bir turdagi ortish va tushirish mexanizmalari, konteyner va tagliklardan foydalanish imkonini beradi
Aksariyat hollarda ishlatuvchi taralar: yashik, qoplar (ipchiq, tolali, qog‘oz-kraftqop), bitumlashtirilgan yoki bitumlashtirilmagan, poluetapilen (mineral o‘g‘itlar uchun), metall va yog‘ochli bochkalar va boshqalar.
Odatda yuklarni tashish, ortish va tushirish operatsiyalarida saqlash maqsadida taralar markirovkalanadilar. Markirovkalash to‘rt xil bo‘ladi:
tovar markirovkasi -ishlab chiqaruvchi zavod nomi, yuk turi va og‘irligi ko‘rsatiladi;
yuk markirovksi - jo‘natish va eltib borish joyi (punkti), yuk jo‘natuvchi va qabul etuvchilar ko‘rsatiladi;
transport markirovkasi - to‘ldirilgan xujjat nomeri (tartibi) va joylar soni ko‘rsatiladi;
maxsus markirovka - ayrim xususiyatlar ko‘rsatiladi. «surilmasin», «ustki qismi», «ehtiyot bo‘ling - sinadi» yoki fujer rasmi, «nurdan saqlang» va h.k.
Markirovkada ko‘rsatilgan talablarni bajarish tashuvchilar, ortish va tushirish operatsiyasini bajaruvchilar, omborlarda saqlovchilar va boshqa shaxslar uchun qonun kuchidagi majburiydir.
Taralar turiga - konteynerlar va tagliklar kiradi.
Konteyner bu ko‘p marotaba ishlatuvchi tara bo‘lib, ular TVga ortish va undan tushirishda mexanizatsiya ishlatishga moslangandirlar. Amalda konteynerlar taxtadan, metalldan va plastmassadan qattiq qilib yasalgan va rezina yoki sintetika plyonkalaridanelastik qilib yasalgan bo‘lish mumkin. Ular faqatgina bir transport turi bilan tashiluvchi (shu joyli) va bir necha tur TVda tashiluvchi tranzit konteynerlarga bo‘linadi.
Konteynerlar vazifalariga ko‘ra universal va maxsus bo‘lishlari mumkin.
Universal konteynerlar deb, har xil - aksariyat holda aholi iste’moli tovarlari tashilishga mo‘ljallanilgan, maxsus konteynerlar esa, aniq yuk turi yoki yuklarning kichik bir guruhini tashishga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Davlat standartlariga binoan konteynerlar brutto- massasi 10, 20 va 30 tonnali ko‘p yuk tashuvchi (suv va quruqlik transportlarida qo‘llaniluvchi), 2,5.... 5t (temir yo‘llarda qo‘llaniluvchi) va kam tonnajli 0,625....1.25t avtomobil konteynerlaridan iborat bo‘ladi.
Konteynerlarda yuk tashishning asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat:
-ortish va tushirish operatsiyalarida transport vositalarining turib qolishini kamaytirish;
-mehnat sarfini kamaytirish, chunki transport vositasi platformasidan yuklarni tushirishga nisbatan konteynerdan tushirish va unga ortish ancha kam mehnat talab qiladi;
-yuk tashishda ularning yaxshi saqlanishini ta’minlash;
-aralash transport turlarida tashishda konteynerlarda yuk tashish o‘ng‘ayligi. CHunki bir transport turidan ikkinchisiga konteynerni o‘tkazishda, faqat uning qulfi plombasini buzulmaganligi tekshiriladi xolos.Xujjat almashuvi ancha osonlashadi.
YUklarni konteynerlarda tashish iqtisodiy jihatdan arzon. Hisoblar ko‘rsatadiki, furgonli avtomobillarga nisbatan yuklarni konteynerlarda tashish xarajatlari, tashish va ekspeditsion xarajatlar hisobiga ko‘ra 15 foizga arzonlashar ekan va transport vositasi unumdorligi 8 foizga oshar ekan.
YUklarni konteynerlab tashishdagi asosiy kamchilik konteynerlarning o‘z og‘irliklari va ularning qaytarilishidir.
Mayda yuklarni yiriklashtirish maqsadida ularni paketlab yiriklashtirish, tarasiz donali yuklarni tashishda esa tagliklardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Paketlab tashish deyilganga mayda tarali yoki tarasiz donali yuklar partiyasini taglik va tagliksiz bir joyga jamlab tashish tushiniladi. Bu esa ortish va tushirish operatsiyalarini mexanizatsiyalash imkonini beradi.
Tagliklar paketlash kabi ortish-tushirish ishlarini mexanizatsiyalashga moslangan bo‘lib, unda har xil ko‘targich va kranlar ishlatiladi. Bundan tashqari tagliklar ko‘p marotaba ishlatiluvchi taralar qatoriga kiradi.
YUklarni paketlab taglikliklarda tashish istiqbolli yo‘nalish bo‘lib tashish xarajatlarini tejash imkonini beradi.
Tagliklar yassi, ustunchali va yashik turida bo‘lishi mumkin. YAssi tagliklar eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, vilkali ko‘targichlar bilan ortish va tushirishga mo‘ljallanilgan.

Tashish yuklarni ishlab Yuklarni tashish chiqarish jarayonining davomidir. U sanoatda ishlab chiqarilgan, qishloq xo‘jaligida etishtirilgan va boshqa sohalarda mahsulotni iste’molchiga etkazib beradi.


Ammo ishlab chiqarilgan buyum hajm bilan tashilgan yuklar miqdori, yil davomida, iste’molchilar o‘rtasidagi taqsimoti o‘zaro teng bo‘lmaydi. Sanoatda, ayniqsa qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarilgan mahsulotning barchasi ham transportda (tashqi) transportda tashilmaydi. Mahsulotning ma’lum qismi o‘sha joening o‘zida iste’mol etiladi. Mahsulotlarning ayrim qismi esa transportda ikki va undan ortiq marta ham tashilishi mumkin.

Download 479,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish