Transport inshootlarini loyihalash va


 Gidroizolyasiya va suv qochirish



Download 7,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/77
Sana13.01.2022
Hajmi7,79 Mb.
#358213
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   77
Bog'liq
transport inshootlarini loyihalash va qurish.

7.2. Gidroizolyasiya va suv qochirish 
 
Temirbeton 
ko„priklar  elementlarining  uzoqqa  chidamliligini 
ta‟minlash  uchun,  ularning  konstruksiyasi  betonga  suv  kirishidan 
himoyalangan  bo„lishi  lozim.  Suvning  betonga  davomli  ta‟siri  ohakning 
erishi va yuvilishiga olib keladi. Bu esa beton mustahkamligini pasaytiradi 
va uning asta-sekin emirilishiga olib keladi. Bu jarayon ayniqsa navbatma-
navbat muzlab – erishda tez kechadi. 
Betonni  suv  ta‟siridan  himoyalash  uchun  u  gidroizolyasiya  bilan 
qoplanadi.  Gidroizolyasiya  ballast  koritasi  plitasi  yuzasiga  qilinadi  (rasm 
7.5).  Suvning  oqishi  uchun  plita  yuzasiga  qiyalik  beriladi.  Izolyasiyaning 
chetlari bortlarning maxsus chuqurchalariga mahkamlanadi.  
Ballast  koritasining  gidroizolyasiyasi  butun  izolyasiya  qilingan  yuza 
bo„yicha  suv  o„tkazmaydigan  bo„lishi,  suvga,  biologik  va  kimyoviy 
ta‟sirlarga  bardoshli  bo„lishi,  issiq-sovuqqa  bardoshli  bo„lishi,  vaqt 
davomida  va  hisobiy  haroratlar  intervalida  elastikligini  yo„qotmasligi, 
betonning  izolyasiya  qilingan  yuzasida  ruxsat  etilgan  darzlar  paydo 
bo„lganida yaxlitligini saqlashi kerak. 
 
Rasm 7.5. Ballast koritasining gidroizolyasiyasi: a – ko„ndalang kesim;  
b,v – I va II joylarda izolyasiyani mahkamlash 
 


91 
 
Gidroizolyasiya  sement-qum  qorishmasi  yoki  mayda  donali  betondan 
iborat 
bo„lgan 
tayyorlov 
(tekislov) 
qatlami 
ustiga 
surtiladi. 
Gidroizolyasiyani  yotqizishdan  oldin  tayyorlov  qatlami  gruntovka  bilan 
qoplanadi. 
Qurilish 
hududining 
klimatik 
sharoitlariga 
bog„liq 
holda 
gidroizolyasiyaning  turli  tiplari  qo„llaniladi.  Bitum  mastikali  БM–1 
indeksli  gidroizolyasiya  barcha  klimatik  zonalarda  qo„llanilishi  mumkin. 
Bu  gidroizolyasiya  qaynoq  holda  surtiladigan  to„rt  qatlam  bitum 
mastikasidan  va  uch  qatlam  shishamato  yoki  lyon  –  jut-kanop  matosidan 
iborat  (rasm  7.6, 
a
).  Bitum  mastikasining  oxirgi  (tekislovchi)  qatlami 
ustiga  sement  –  qum  qorishmasi  yoki  mayda  donali  betondan  iborat 
himoya  qatlami  yotqiziladi.  Bu  qatlam  diametri  2†4mm,  yacheyka 
o„lchamlari  45†75mm  bo„lgan  simdan  tayyorlangan  setka  bilan 
armaturalanadi.  Himoya  qatlamining  tayyor  bo„lgan  yuzasiga  bitum 
gruntovkasi surtiladi. 
Izol  rulonli  gidroizolyasiya  (indeksi  ИР)  yumshoq  iqlimli  xududlarda 
qo„llaniladi.  Bu  izolyasiya  asosiy  bo„lmagan  rulonli  izol  va  sovuq  izol 
mastikadan  iborat.  Izol  mastikaning  ichida  armaturalangan  qatlam  bo„ladi 
va u rulon qatlamlari orasiga yopishtiriladi (rasm 7.6,
b
). 
SHimoliy 
hududlardagi 
ko„priklar  uchun  sovuq,  o„z-o„zidan 
vulkanizatsiyalanadigan  tiokol  mastikalari  asosida  olingan  tiokol  mastik 
gidroizolyasiya  (indeksi  TM)  qo„llaniladi.  Bunday  gidroizolyasiya 
gruntovka  qilingan  yuzaga  ikki  qatlam  qilib  surtiladi,  lekin,  bu  ikki 
qatlamning  orasiga  armaturalovchi  shishamato  joylashtiriladi.  Tiokol 
mastikalarining  ishchi  tarkiblari  tiokol  pastasi  СM  –  1,  У  –  30  asosida 
tayyorlanadi. Tiokol pastasi СM – 1 ni qo„llashdan bevosita oldin unga bir 
miqdor  vulkanizatsiyalanadigan  pasta  №30  qo„shiladi.  Tiokol  pastasi  U  – 


92 
 
30 
qo„llanilganda, 
unga 
vulkanizatsiyalanadigan 
pasta 
№9, 
vulkanizatsiyani  tezlashtiruvchi  ДФГ,  shuningdek  plastifikator  – 
dibutilftalat va erituvchi qo„shiladi. 
 
Rasm 7.6. Izolyasiya qilishning variantlari: a – bitum mastika (БM–1);  
b – rulonli izolyasiya (ИР); 1 – himoya qatlami; 2 – bitumli gruntovka;  
3 – bitumli mastika; 4 – armaturalovchi material; 5 – izolli gruntovka;  
6 – rulonli izol; 7 – izolli mastika 
 
Keskin  iqlimli  hududlarda,  shuningdek,  rezinaga  o„xshash  rulonli 
gidroizolyasiya  (indeksi  РПР)  ham  qo„llaniladi.  Bunda  gidroizolyasiya 
qilinadign  yuzaga  ketma  –  ket  ikki  qatlam  rulon  materiali  yopishtiriladi. 
Rulon  materialining  tarkibiga  texnik  rezina,  vulkanizatsiyalangan  butizol 
va  armogidrobutil  kiradi.  Yopishtiruvchi  tarkib  sifatida  sovuq  mastika 
MББ –X – 120 yoki СВ – 1 elimi qo„llaniladi. 
Suv ballast koritasidan plitaning chetlarida joylashgan suv qochiruvchi 
quvurchalar  (rasm  7.7,a)  orqali  tushirib  yuboriladi.  Diametri  eng  kamida 
15sm bo„lgan quvurchalar cho„yandan tayyorlanadi va uning qadami (bir-
biridan  uzoqligi)  suv  to„planadigan  yuzaning  1m
2
  ga  quvurchaning  5sm
2
 
to„g„ri  kelishi  hisobidan  olinadi.  Quvurchalar  teshiklari  bo„lgan  cho„yan 
qopqoqlar bilan berkitib qo„yiladi. 
To„sinlar  stropovkasi  uchun  (kranga  ilish  uchun)  plitaning  ballast 
koritasida  teshiklar  qoldiriladi  va  ular  yaxlit  qopqoqlar  bilan  berkitib 


93 
 
qo„yiladi (rasm 7.7,b). 
Suv qochiruvchi va stropovka quvurchalarining beton bilan birlashgan 
joylari  ishonchli  darajada  gidroizolyasiya  qilinishi  kerak.  Izolyasiyaning 
buzilishi  suvning  o„tib  ketishiga  va  ishqorlanishiga  olib  keladi.  Suv 
qochirish  tizimining  buzilishi  sifatsiz  ballastni  ishlatish  va  uni 
ekspluatatsiya jarayonida ifloslanishi bilan bog„liqdir. 
 
Rasm 7.7. Teshiklar oldidagi izolyasiya: a – suv qochirish quvurchasi; b – stropovka 
teshigi; 1 – cho„yan quvurcha; 2 – rastrub; 3 – siquvchi stakan; 4 – teshiklari bor qopqoq;  
5 – armaturalangan himoya qatlami; 6 – gidroizolyasiya; 7 – tayyorlov qatlami;  
8 – yaxlit qopqoq 
 
Suv  qochiruvchi  va  stropovka  teshiklari  izolyasiya  qatlamining  bir 
butunligini buzadi, bu esa konstruksiyaning uzoq ishlashini kamaytirishga 
olib  kelishi  mumkin.  Oxirgi  paytlarda  ko„priklarning  plitali  oraliq 
qurilmalarida  va  stansiyalardagi  yo„l  o„tkazgichlar  konstruksiyalarida 
suvni  ikki  qo„shni  bloklar  orasidagi  tirqishdan  tushirib  yuborish  usuli 
qo„llanilmoqda.  Shu  maqsadda  plitalar  yuzasiga  yo„l  o„qi  tomonga 
yo„nalgan ko„ndalang qiyalik beriladi. 


94 
 

Download 7,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish