4
1-BOB. KO‘PRIKLAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR
1.1. Ko‘priklarning asosiy turlari
Transport
magistralini
biron-bir
to„siq
ustidan
o„tkazishni
ta‟minlaydigan inshoot ko„prik deb ataladi.
Ko„prik o„tuvi ko„prikni va u bilan bog„liq inshootlar – yaqinlashuv
ko„tarmalari, suv oqimini yo„naltiradigan regulyasion inshootlar va
qirg„oqni mahkamlaydigan qurilmalarni o„z ichiga oladi (rasm 1.1).
Rasm 1.1. Ko„prik kechuvi:
1-ko„prik;
2-yaqinlashuv ko„tarmasi;
3-oqim yo„naltiruvchi damba;
4-traversa
Ko„prik inshooti (rasm 1.2) qirg„oq va oraliq tayanchlar hamda
tayanchlar orasini yopib, vaqtinchalik yuklardan tushayotgan og„irlikni
tayanchlar orqali zamin gruntiga uzatadigan oraliq qurilmalardan tashkil
topgan (rasm 1.2). Oraliq qurilmalar ustiga transport vositalari harakat
qiladigan ko„prik polotnosi joylashtiriladi.
Ko„priklarning eng muhim o„lchamlari va turlari quyidagilardir:
kichik ko„prik – ko„prikning to„la uzunligi 25m gacha bo„lganda;
o„rta ko„prik – ko„prikning to„la uzunligi 25 dan 100m gacha
6
orasidagi masofa;
qatnov qismining kengligi – havfsizlik polosalari ichki qirralari
orasidagi masofa;
qatnov polotnosining kengligi – to„siqlar orasidagi masofa;
yaqinlashuv yo„l izlari – ko„prikka ikki tarafdan tutashgan yo„l
uchastkalari (kichik ko„priklar uchun – 50m, o„rta ko„priklar uchun –
200m, katta ko„priklar uchun – 500m);
eski ko„priklar – 1907 yilgacha bo„lgan me‟yorlar bo„yicha
hisoblangan va 100 yildan ortiq ekspluatatsiya qilinayotgan ko„priklar;
yo„l o„tkazgich – bir transport magistralini boshqasi ustidan turli
sathda o„tkazish uchun mo„ljallangan ko„prik inshooti;
viaduk – yo„lni chuqur jarlik (dara) ustidan o„tkazishga mo„ljallangan
ko„prik inshooti;
akveduk – suv o„tkazish uchun mo„ljallangan ko„prik inshooti;
estakada – yo„lni er sathidan biron bir balandlikda o„tkazish uchun
mo„ljallangan ko„prik inshooti;
tayanch qismi – tayanchlar ustida joylashgan, oraliq qurilmadan
tushgan yukni tayanchga uzatadigan konstruksiya.
Ko„priklarning klassifikatsiyasi quyidagi belgilar bo„yicha amalga
oshiriladi:
- vazifasiga ko„ra – temir yo„l (rasm 1.3,
a
), avtoyo„l (rasm 1.4), shahar
(rasm 1.8), piyoda (rasm 1.9) ko„priklari va aralash (temir va avtoyo„l
trasporti uchun, rasm 1.16), maxsus (quvur o„tkazgichlar va boshqa
kommunikatsiyalar uchun) ko„priklar.
- statik sxemasiga va yuk ostida ishlash xarakteriga ko„ra – to„sinli
qirqilgan (rasm 1.3.
Do'stlaringiz bilan baham: