Transport inshootlarini loyihalash va



Download 7,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/77
Sana13.01.2022
Hajmi7,79 Mb.
#358213
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   77
Bog'liq
transport inshootlarini loyihalash va qurish.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
Rasm 5.7. Konsol uchini armaturalash 
sxemasi 
 


73 
 
6-BOB. ARKALI VA KOMBINATSIYALANGAN 
TEMIRBETON KO‘PRIKLAR 
 
6.1. Umumiy ma’lumotlar 
 
Arkali  ko„priklarning  asosiy  ko„taruvchi  konstruksiyalari  egri  chiziqli 
elementlar  –  arkalar  yoki  gumbazlardir.  Arkali  oraliq  qurilmalarning 
tayanch  kesimlari  mahkamlangan  va  ular  gorizontal  yo„nalishda  siljiy 
olmaydilar.  SHuning  uchun  vertikal  yuklar  ta‟sirida  arkaning  tayanchga 
mahkamlangan  joylarida  gorizontal  reaksiyalar  –  raspor  paydo  bo„ladi. 
Rasporning  paydo  bo„lishi  arkali  sistemalar  ishining  xarakterli 
hususiyatidir. 
Odatda  arkaning  o„qi  doimiy  yuklar  bosimi  egri  chizig„iga  mos 
tushadigan  (bunda  eguvchi  momentlar  nolga  teng)  qilib  tanlanadi.  Lekin, 
arkaning  uzunligi  bo„yicha  ixtiyoriy  vaziyatda  bo„lishi  mumkin  bo„lgan 
vaqtinchalik  yuklar  ta‟sir  etganda,  arkaning  kesimlarida  eguvchi 
momentlar  hosil  bo„ladi.  Shu  sababdan,  umuman  olganda,  arkaning 
kesimlari  egilishli  siqilishga  (markazdan  tashqari  siqishga)  ishlaydi. 
Ratsional loyihalangan konstruksiyalarda arkadagi eguvchi momentlarning 
qiymati nisbatan katta bo„lmaydi. 
Beton  siqilishga  yaxshi  ishlagani  uchun,  arkalarning  kesimlari  xuddi 
shunday oraliqli to„sinlarning kesimiga solishtirilganda tejamliroq bo„ladi. 
Shu  bilan  birga,  katta  rasporlar  arka  poydevorlarini  va  tayanchlarini 
anchagina  ulkan  qilishni  talab  qiladi.  Kuchsiz  gruntlarda  arkali  sistema 
umuman  maqsadga  muvofiq  bo„lmasligi  mumkin.  Arkali  variantning 
tanlovi rasporsiz va rasporli sistemalar variantlarini iqtisodiy solishtirishga 
asoslangan bo„lishi lozim. 


74 
 
Ko„priklarda  arkali  oraliq  qurilmalarning  har-xil  turlari  qo„llaniladi. 
Arkalar  sharnirsiz,  ikki  sharnirli  va  uch  sharnirli  bo„lishi  mumkin. 
Sharnirsiz  arkaning  konstruksiyasi  (rasm  6.1,
a
)  eng  oddiy  va  tejamlidir. 
Bunday  sistema  sharnirli  arkalarga  qaraganda  katta  bikrlikka  ega  bo„ladi. 
Uning  kamchiligi  –  harorat  o„zgarishi,  beton  kirishishi  va  oquvchanligi 
ta‟sirida  tayanchning  gorizontal  siljishi  yoki  bir  tekis  bo„lmagan 
cho„kishidan  arka  kesimlarida  qo„shimcha  ichki  zo„riqishlarning  paydo 
bo„lishidir. 
 
 
 
 
 
 
 
Rasm 6.1. Arkali 
oraliq 
qurilmalarning 
sxemalari 
 
 
Ikki  sharnirli  arkalar  (rasm  6.1,
b
)  yuqorida  ko„rsatilgan  ta‟sirlarga 
kamroq  sezgirdirlar.  Uch  sharnirli  (statik  aniq)  arkalar  (rasm  6.1,
v

ko„rsatib  o„tilgan  kamchilikdan  holisdir.  Lekin,  kichik  bikrlikka  ega 
bo„lganligi,  qulf  sharnirida  egilish  chizig„ining  sinishi  tufayli  temir  yo„l 
osti ko„priklarida ularning qo„llanilishi chegaralangan. 
Arkali  oraliq  qurilmalarning  qiyaligini  ko„rsatadigan  muxim 
xarakteristikalaridan  biri  –  ko„tarilish  strelkasi 

ning  arka  oralig„i 
l
  ga 
nisbatidir. Bu nisbat qancha kichik bo„lsa, raspor shunchalik katta bo„ladi. 
Shuningdek harorat o„zgarishidan, beton kirishishidan va oquvchanligidan, 


75 
 
tayanchning  gorizotal  siljishidan  arka  kesimlarida  hosil  bo„ladigan 
qo„shimcha ichki zo„riqishlar ham katta bo„ladi. 
Arkali  ko„priklarda  qatnov  sathi  arkalarga  nisbatan  turli  vaziyatda 
joylashgan  konstruksiyalar  qo„llaniladi:  qatnov  ustidan  (rasm  6.1,a  ga 
qarang),  qatnov  o„rtasidan  va  ostidan  (rasm  6.1,g,d).  Qatnov  o„rtasidan 
bo„lgan  arkalar  ko„prik  osti  gabaritlarini  siqilgan  sharoitlarda  ta‟minlash 
uchun  qo„llaniladi.  Qatnovi  ostdan  bo„lgan  arkalarda  raspor  gorizontal 
element  –  tortqich  (zatyajka)  tomonidan  qabul  qilinadi.  Tayanchlarga 
ta‟siri  xarakteri  bo„yicha  bunday  sistemalar  to„sinli  sistemalarga 
ekvivalentdir. 
Arkali  oraliq  qurilmalarda  harakatlanuvchi  tarkibdan  tushgan  yuk 
to„sin  turidagi  konstruksiya  –  qatnov  qismi  tomonidan  qabul  qilinadi  va 
arkalarga ustunlar yoki osmalar orqali uzatiladi. 
Qatnov  ustidan  bo„lgan  arkali  oraliq  qurilmalarida  ustunlar  va  qatnov 
qismi  birlashishidan  tashkil  topgan  konstruksiya  arka  usti  qurilmasi  deb 
ataladi.  Ba‟zi  hollarda  qatnov  qismi  to„sinlari  gumbazga  va  tayanchga 
oraliq  ustunlarsiz  tayanadi  (rasm  6.1,
e
).  Arka  usti  qurilmasi  funksiyasini 
arkalarning  o„zi  bajarsa,  u  holda  bu  arkalar  disksimon  deb  ataladi  (rasm 
6.1,
j
). 
Oraliq  qurilmalarda  arkalar  bir-birlari  bilan  bog„lovchilar  sistemasi 
orqali  birlashtiriladi.  Bunda  har  turli  gorizontal  yuklarni  qabul  qila 
oladigan 
fazoviy 
konstruksiya 
hosil  qilinadi. 
Bundan  tashqari, 
bog„lovchilar  arkalarning  bo„ylama  egilishida  ularning  elementlarini 
egilish tekisligidan chiqib ketishiga yo„l qo„ymaydi. 
Qurilish  usuliga  ko„ra  arkali  ko„priklar  monolit  va  yig„ma  bo„lishi 
mumkin.  Monolit  arkalar  oraliqlari  egri  chiziqli  hovonlar  (krujala)  ustida 
betonlanadi. Yig„ma konstruksiyalar esa tayyor elementlardan yig„iladi va 


76 
 
choklari monolitlanadi. 
Ko„priklarning 
kombinatsiyalangan 
sistemalari 
oddiyroq 
konstruksiyalarni  birlashishidan  hosil  qilinadi.  Bunday  sistemalar,  odatda, 
egilishga 
ishlaydigan 
elementlar 
(to„sinlar), 
siqilish/cho„zilishga 
ishlaydigan  elementlar  (podkoslar,  podprugalar,  vantlar,  egiluvchan 
arkalar),  shuningdek  siqilish/cho„zilishning  bir  vaqtda  ta‟sir  etishiga 
ishlaydigan elementlardan tashkil topadi. 
Temir  yo„l  ko„priklari  uchun  maqsadga  muvofiq  kombinatsiyalangan 
sistemalardan  biri  to„sin  va  arkadan  tashkil  topgan  (tortqichli  arka)  oraliq 
qurilmasidir.  Bu  konstruksiya  (rasm  6.2,
a
)  tashqi  rasporsiz  bo„lganligi 
uchun, tayanchlarning ish sharoitlarini engillashtiradi. 
 

Download 7,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish