180
11-BOB. TEMIRBETON ORALIQ QURILMALARNI
TAYYORLASH VA ULARNI MONTAJ QILISH
11.1. Yig‘ma oraliq qurilmalar bloklarini tayyorlash
Temirbeton
oraliq
qurilmalarni
qurishning
asosiy
usuli
–
konstruksiyaning sanoatda tayyorlangan elementlarini yig„ishdir.
Bo„ylamasiga bo„laklangan, bir butun holatda tashiladigan, oldindan
zo„riqtirilgan oraliq qurilmalarning bloklari kapital tsex binolari,
zamonaviy texnologik jihozlari, mexanizmlari va transport vositalari
bo„lgan temirbeton ko„prik konstruksiyalari zavodlarida (TKKZ)
tayyorlanadi. Bu yuqori darajada tayyor va yaxshi sifatga ega bo„lgan
zamonaviy ko„prik konstruksiyalarini ishlab chiqarishga imkon yaratadi.
Zavodlar bilan bir qatorda yig„ma konstruksiyalarning katta qismi
(40% ga yaqini) ob‟ekt yaqinidagi poligonlarda tayyorlanadi. Bu
poligonlardagi binolar, qurilmalar, jihozlar va mexanizmlar TKKZ
lardagidan vaqtinchalik (ko„prik qurilishi davri uchun) xarakterga egaligi
bilan farq qiladi. Poligonlarda avtoyo„l ko„priklarining ko„ndalang kesilgan
bloklarini, tayanchlarning yig„ma va yig„ma-monolit bloklarini, prizmatik
qoziqlarni va boshqa konstruksiyalarni ishlab chiqarish tashkil qilinishi
mumkin.
Tipovoy oraliq qurilmalarning bo„ylamasiga bo„laklangan, oldindan
zo„riqtirilgan bloklari TKKZ larda “tayanchga tortish” texnologiyasi
bo„yicha tayyorlanadi. Diametri 5mm li simlardan tayyorlangan armatura
tutami maxsus moslamada tortiladi va to„sin qovurg„asining karkasi,
plitaning setkasi yig„ib bo„lingandan so„ng blok betonlanadi. Beton yetarli
mustahkamlikka (odatda 0,8 R
b
) erishgandan so„ng tutamlar kislorodli
181
rezak bilan qirqiladi va undagi zo„riqish karkas-sterjenli ankerlar orqali
blok betonini siqadi.
Tortish moslamasi sifatida relslarda zavod tsexi bo„ylab yuradigan
telejkalar ustida joylashgan ko„chma agregatlar keng qo„llaniladi. Bu
bloklar tayyorlashni oqim-agregatli tashkillashtirishga imkon yaratadi.
Bunda blok ketma-ket kompleks brigadaning maxsuslashtirilgan zvenolari
mexanizm va jihozlarni qo„llab ishlab chiqarish jarayonining o„zlariga
tegishli operatsiyalarini bajaradigan post-uchastkalarga tushadi (rasm
11.1).
Rasm 11.1. Besh postli potok-agregat tizimining sxemasi: I–VII – postlarning nomerlari;
I – armatura karkasini o„rnatish va tutamlarni tortish; II – opalubka o„rnatish, betonlash;
III – bir muddat saqlash; IV–V – bug„lash kameralari; VI – tutamlarni qirqish, betonning
siqilishi, gidroizolyasiya qoplash; VII – sklad; 1 – tayyorlash tsexi; 2 – armatura karkasi;
3 – tortish moslamasi; 4 – beton soluvchi mashina; 5 – to„sinlarni bir muddat saqlash
posti; 6 – bug„lash kamerasi; 7 – to„siq; 8 – pardoz berish va gidroizolyasiya qoplash tsexi;
9 – tayyor to„sinlar skladi
Ishlab chiqarishni bunday tashkillashtirishda mexanizmlar va
texnologik uskunalar to„laroq ishlatiladi, ishlarning sifati va unumdorligi
yuqori bo„ladi. Kamchiligi – agregat uchun metallning katta sarfi va
sexning katta yuzaga ega bo„lishi lozimligidir.
Rasm 11.2,a da o„rtada joylashgan ustun ko„tarilayotgan paytda
(rasmda strelka orqali ko„rsatilgan) bosh qismni qiya holatga keltirib
tutamlardagi zo„riqishlarni betonga bir tekisda uzatish (maqsad – kislorodli
rezak bilan tutamlarni kesganda dinamik ta‟sirni kamaytirish) imkonini
182
beradigan moslama ko„rsatilgan. Bloklar opalubkasi po„lat shchitlardan
iborat.
Rasm 11.2. Tortuvchi moslamalar: a–chiqariladigan ustunli agregat; b–romli–to„sinli
stend; 1–o„rta ustun; 2–ustki rasporka; 3–kallak; 4–oraliq qurilma bloki; 5–bug„lash
kamerasi qalpog„i; 6–rigel; 7–zo„riqtirilayotgan armatura
Oxirgi paytlarda tortish moslamasi sifatida temirbeton rom – to„sinli
stendlar qo„llanilmoqda. Bu stendlar ortogonal armaturalangan (poligonal
tutamlarsiz) bloklarni tayyorlashda ayniqsa maqsadga muvofiqdir (rasm
11.2, b).
Bunda metall sarfi qisqaradi, zo„riqtirilgan armaturani guruh qilib
(alohida tutamlarni emas) tortish va zo„riqishlarni betonga bir tekisda
guruh qilib uzatish imkoniyati tug„iladi (rasm 11.3).
Tutamlarni tortish bir yoki ikki harakatli domkratlar orqali amalga
oshiriladi (rasm 11.4).
Tortilish kuchi domkratda joylashgan monometr ko„rsatgichlari
bo„yicha nazorat qilinadi. Beton qorishmasi joylashtirilgandan va
egiluvchan shlangli chuqur vibratorlari bilan zichlashtirilgandan so„ng blok
sexda 15†18 soat saqlab turiladi, undan keyin esa beton mustahkamligi
183
oshishini tezlashtirish uchun bug„lash kamerasiga qo„yiladi. Blok tsexda
sovutilgandan so„ng tutamlar qirqiladi, blok uchlari va betonning sinib
tushgan joylari suvaladi, blok ustiga gidroizolyasiya qoplanadi va u
skladga tushadi. Bloklar stendlarda olinadigan g„iloflar himoyasi ostida
bug„lanadi.
Rasm 11.3. Tutamlarni guruhlab tortish va betonni bir tekisda siqish moslamasi:
1 – stenddagi to„sin; 2 – rasporka; 3 – kallak; 4 – gidrodomkrat; 5 – traversa;
6 – inventar tortqichlar; 7 – tutamlarni mahkamlash joyi; 8 – blokning ishchi tutamlari;
9 – blokning ostki belbog„i
Rasm 11.4. Tutamli armaturani
tortish uchun mo„ljallangan
gidravlik domkratlar: a – bir
harakatli domkrat; b – ikki
0arakatli domkrat; 1 – silindr;
2 – mufta; 3 – anker; 4 – shayba;
5 – tutam; 6 – tutamlarni tortish
silindri; 7 – probkani presslash
silindri; 8 – simlarni tutish;
9 – anker stakani; 10 – probka
(silindrlarga suyuqlikning kirishi
strelka bilan ko„rsatilgan)
184
Bloklarning yopishtiriladigan gidroizolyasiyasi betonning tayyorlovchi
tekislovchi qatlami ustiga yotqiziladi. Bu qatlamga avval bitum laki
surtiladi va keyin uning ustiga 3†4 qatlam yopishtiriluvchi rulonli
material yotqiziladi. Bunda har bir qatlam orasiga qaynoq bitum surtiladi.
To„sinli ko„priklar oraliq qurilmalarining ko„ndalang bo„lingan quti
kesimli bloklari odatda poligonlarda tayyorlanadi. Bunda asosiy talab –
oraliq qurilmalarni yig„ish paytida qo„shni bloklar uchlari kesimlarining bir
– biriga aynan mos kelishidir. Bu talab bloklarni “tamg„a” usulida
tayyorlash orqali qondiriladi. Qurilish maydonchasida yoki poligonda
podmostlar ustida loyihaviy konturga ega bo„lgan toq nomerli bloklar
betonlanadi (rasm 11.5). Beton mustahkamligi (0,2†0,3)R
b
ga etgandan
so„ng uch tarafdagi opalubka olinadi; bu uchlarning yangi beton bilan
tishlashishini oldini olish uchun, ular ohak suti bilan bo„yaladi va undan
keyin juft nomerli bloklar betonlanadi. Juft nomerli bloklarning
opalubkasi vazifasini betonlangan toq nomerli bloklarning uchlari o„taydi.
Blokning uzunligi uning massasi bilan belgilanadi. Massaning kattaligi esa
montaj kranining yuk ko„taruvchanligiga (odatda 60†65 tonna) bog„liqdir.
Rasm 11.5. Bloklarni “tamg„a”
usulida
tayyorlash:
1–oraliq
qurilma bloklari; 2–podmostlar;
I–VII – bloklar kameralari
Bloklarni armaturalashda kanal hosil qiluvchi polixlorvinilli qalin
devorli (6–8mm) quvurlar qo„yiladi. Bu quvurlar qotgan betondan ham
osongina chiqarib olinadi. Montaj paytida bu kanallar orqali oldindan
zo„riqtiriladigan tutamli armatura o„tkaziladi va ular blok uchi betoniga
tayangan gidrodomkratlar orqali tortiladi.
185
Do'stlaringiz bilan baham: |