9.2. Oraliq tayanchlar
Oraliq tayanchni (rasm 9.1) shartli ravishda uch konstruktiv elementga
– ferma osti plitasi (ogolovok – kallak), tayanch tanasi va poydevorga
ajratish mumkin.
Bir qator hollarda, ishlab chiqarish shartlariga ko„ra, tayanch tanasi va
poydevor bir konstruktiv elementdan – temirbeton qoziqlardan,
ustunlardan, obolochkalardan tashkil topishi mumkin.
Tayanchning balandligi
H
– poydevorning yuqorigi sathidan (obrez)
tayanch tepasigacha bo„lgan masofa bo„lib, u bir necha metrdan bir necha
yuz metrgacha bo„lishi mumkin. Masalan: ko„prik tayanchining balandligi
– ko„prik osti gabaritlari me‟yorlari talablariga, viaduklar tayanchlarining
balandligi – joyning relefiga va talab qilingan qatnov sathiga, yo„l
o„tkazgichlar tayanchlarining balandligi – ost qurilmalar gabaritlariga
141
qo„yilgan talablarga bog„liq bo„ladi.
Tayanch kallagining o„lchamlari tayanch qismlarni o„rnatish
shartlaridan kelib chiqib belgilanadi. Tayanch qismlarining o„qlari
orasidagi masofa oraliq qurilmaning tipi va uzunligiga bog„liq ravishda
belgilanadi.
Massiv tayanchlarda (rasm 9.1) kallak va tayanch tanasining o„lchamlari
planda bir-biriga yaqindir. Yig„ma va yig„ma – monolit variantlarda
tayanch tanasining o„lchamlari (ayniqsa inshoot o„qiga ko„ndalang
yo„nalishda) anchagina kichraytirilishi mumkin (rasm 9.2). Bu esa tayanch
tanasini qurishda anchagina tejamkorlikka erishishga yo„l beradi. Massiv
tayanchlar kallaklarining qalinligi odatda 0,5 – 0,6m qabul qilinadi.
Kallakning yuqori yuzasi (tayanch qismlari maydonchalaridan tashqari)
suv qochirish uchun eng kamida 1:10 qiyalikka ega bo„lishi kerak.
Rasm 9.2. Temirbeton rigelli
yig„ma-monolit tayanch
Kallak
barcha
tomonlarga 10sm dan kam
bo„lmagan
uzunlikda
chiqib turishi kerak. Bu
tayanchning
arxitektura
ko„rinishini yaxshilaydi va
ayni
paytda
suvning
tayanch
tanasiga
oqib
tushishidan saqlaydi.
Yig„ma tayanchlarning kallaklari ko„p hollarda ko„taruvchi
konstruksiya – rigel funksiyasini bajaradi va shu sababdan uning vertikal
142
o„lchamlari mustahkamlikka hisoblar bo„yicha aniqlanadi. Bu hollarda
kallakning balandligi 1,5m va undan ham ortiq bo„lishi mumkin.
Ba‟zi hollarda oraliq tayanchlarni yig„ma-monolit konstruksiyali qilib
qurish maqsadga muvofiqdir (rasm 9.3). Bu konstruksiyalarda monolit
beton opalubkasi sifatida zavodda tayyorlangan qoplama bloklari xizmat
qiladi.
Diametri
0,3†0,6m
bo„lgan temirbeton obolochkalar yig„ma
tayanchlarda keng qo„llanilmoqda. Diametri 5m bo„lgan temirbeton
obolochkalar ham qo„llanilgani ma‟lum. Daryolar ustidan o„tgan
ko„priklarda qo„llanilgan bunday tayanchlarning ishonchliligi ularning
bo„shlig„ini beton bilan suvning yuqori sathigacha to„ldirish bilan,
shuningdek muzdan tushadigan yuklarga yaxshi qarshilik ko„rsatadigan
ulovchi devorlar o„rnatish bilan ta‟minlanadi.
Tayanchlarining balandligi 100m gacha
bo„lgan viaduklarda (rasm 9.4) balandligi
1†1,2m,
devorlarining
qalinligi
0,35m
bo„lgan yopiq konturli bloklar muvaffaqiyat
bilan qo„llaniladi.
Rasm 9.3. Temir yo„l viadukining bloklardan qurilgan
yig„ma-monolit tayanchlari (balandligi 40m gacha)
Ularning ichki bo„shliqlari beton bilan to„ldirilmaydi. Seysmik
hududlarda
bunday
tayanchlarning
tanasi
keyin
zo„riqtiriladi.
Mustahkamligi yuqori bo„lgan armaturani blok perimetri bo„yicha
o„tkazish uchun, teshiklar (kanallar) ko„zda tutiladi. Tayanch elementlari
o„zgarishlarga tez moslashuvchi texnologiya bo„yicha tayyorlanadi.
143
Bloklarning bir-biriga tayanadigan yuzalarining qat‟iy parallelligiga
maxsus matritsalar va qirralaydigan agregatlar yordamida erishiladi. Bu esa
standart bloklar (“g„ishtlar”) tayo‟rlashga imkon tug„diradi va ularni
ma‟lum bir zona chegarasida har qanaqa ketma-ketlikda yig„sa bo„ladi.
Tez moslashuvchi texnologiya qo„shimcha operatsiyalarsiz turli
sondagi kanallari bo„lgan bloklar tayyorlashga imkon beradi. Bloklarning
geometrik o„lchamlarini ham osonlik bilan o„zgartirish mumkin Bloklar
o„zaro elimli choklar orqali birlashtiriladi.
Muz qalinligi 0,3m gacha bo„lgan kichik daryolarda oraliq qurilmalarining
uzunligi katta bo„lmagan qoziq – estakadali ko„priklar muvaffaqiyat bilan
qo„llaniladi. Bunday ko„priklarning tamoman yig„ma tayanchlari (rasm
9.5) kesimlari to„g„ri to„rtburchak bo„lgan qoziqlar va ularni birlashtirgan
nasadkalardan (rigellardan) iborat. Tayanchning balandligi odatda 5†6m
dan oshmaydi.
Rasm 9.4. Zo„riqtirilgan armaturali
tamoman yig„ma tayanch:
1 – bloklar orasidagi elimli chok;
2 – konturli yopiq blok;
3 – mustahkamligi yuqori simli armaturadan
tayyorlangan tutamlar;
4 – zo„riqtirilgan armaturani o„tkazish
uchun qoldirilgan teshiklar (kanallar)
Ko„prik mustahkam gruntlar ustida qurilganda va qoziqlarni qoqish
mumkin bo„lmaganda, ustunli tayanchlar qo„llaniladi. Bunda ustunlar
144
poydevorga tayanadi, yuqori tomoni esa rigel bilan birlashtiriladi.
Zavodlarda tayyorlangan yig„ma temirbeton elementlardan loyihalangan
ko„prik montajining sur‟ati (tempi) tayanchlar bloklarini muvaffaqiyatli
ravishda bo„laklarga bo„lish va ularni qurish texnologiyasini yaxshi ishlab
chiqish orqali oshirilishi mumkin.
Rasm 9.6 da ikki yarusli ko„prikning o„zanda joylashgan tamoman
yig„ma tayanchi keltirilgan. Viaduklarning va yo„l o„tkazgichlarning
balandligi katta bo„lgan tayanchlarida sentrifugatsiya qilingan temirbeton
obolochkalarni qo„llash yaxshi konstruktiv echimlarga olib keladi. Bu
obolochkalar mustah-kamligi yuqori bo„lgan boltli po„lat flanetslar orqali
o„zaro birlashtiriladi (rasm 9.7). Material sarfi kam bo„lsa ham kozlovoy
tayanchlar katta bikirlikka egadir.
Romli va rom-konsolli ko„priklarning tayanchlari ularning ishlash
sharoitlarini inobatga olib loyihalanadi. Rigellarning tayanchlar bilan bikir
ravishda birlashishi ular nosimmetrik yuklanganda, ancha katta bo„lgan
eguvchi momentlarni keltirib chiqaradi.
Rasm 9.5. Qoziq – estakadali
ko„prikning yig„ma tayanchi
145
Rasm 9.6. Ikki yarusli ko„prikning
o„zanda joylashgan yig„ma tayanchi
Bunday tayanchlar oddiy yoki oldindan zo„riqtirilgan armatura bilan
zich ravishda armaturalanadi. Oxirgi paytlarda monolit temirbeton romli
ko„priklarning engillashtirilgan tayanchlari qo„llanilmoqda. Aytib o„tish
kerakki, viaduklarning egiluvchan tayanchlarini qo„llash (rasm 9.8)
material sarfini kamaytirishdan tashqari ulardagi eguvchi momentlarni ham
kamaytirishga olib keladi.
Rasm 9.7. Viadukning sentrifugatsiya
qilingan temirbeton obolochkalardan
qurilgan kozlovoy tayanchi:
1 – sentrifugatsiya qilingan temirbeton
obolochka;
2 – mustahkamligi yuqori bo„lgan boltlari
bo„lgan flanetsli birlashma
146
Rasm 9.8. Aralash
harakatga
mo„ljallangan romli
viadukning egiluvchan
tayanchi (Praga
shahridagi Nuzle
ko„prigi)
Do'stlaringiz bilan baham: |