O‘lchash asboblarining shkala tavsiflari. Ko‘rsatuvchi analog o‘lchash asboblarining sanoq qurilmasi shkala va (strelkali yoki nurli) ko‘rsatkichdan tuzilgan. 1.3 - rasmda o‘lchash asbobining shkalasi ko‘rsatilgan. Shkaladagi sonli qiymatlar ko‘rsatilgan belgilar shkalaning sonli belgilari deyiladi. Shkalaning ikkiqo‘shni belgilari orasidagi oraliq shkalaning bo‘linmasi deyiladi. Shkalaning ikki qo‘shni belgisi mos kelgan kattalik qiymatlari ayirmasi shkala bo‘linmasining qiymati deyiladi. O‘zgarmas bo‘linmali va o‘zgarmas qiymatli shkala tekis shkala deyiladi.
1.3- rasm. O‘lchash asbobi shkalasi
O‘lchanayotgan kattalikning sanoq qurilmasi bilan aniqlanadigan hamda o‘lchanayotgan kattalik uchun qabul qilingan birliklarda ifodalangan qiymatlari o‘lchash asbobining ko‘rsatishlari deyiladi. O‘lchanayotgan kattalikning shkalada ko‘rsatilgan eng kichik kiymati shkalaning boshlang‘ich qiymati, eng katta qiymati esa shkalaning ohirgi qiymati deyiladi. S
hHkalaning uning boshlang‘ich va oxirgi kiymatlari bilan chegaralangan kiymatlari soxasi (oralig‘i) ko‘rsatishlar diapazoni deyiladi. O‘lchanayotgan kattalikning o‘lchash vositalari uchun yo‘l qo‘yiladigan xatoliklarining me’yorlangan qiymatlar soxasi o‘lchash asbobi yoki o‘lchash o‘zgartkichining o‘lchash diapazoni deyiladi. Texnik asboblarda, odatda, o‘lchash diapazoni bilan ko‘rsatuvlar diapazoni moc keladi. O‘lchash diapazonining eng kichik va eng katta qiymatlari o‘lchash chegaralari deyiladi.
Shkaladan sanoq olishda shkala qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchan bo‘lishi mumkin. Shkalalarda belgilar to‘g‘ri chizik bo‘ylab yoki yassi yoxud silindrsimon sirtdagi aylana yoyi bo‘ylab joylashgan bo‘ladi. 1.4-rasmda o‘lchash asboblari shkalalarining eng ko‘p uchraydigan turlari ko‘rsatilgan.
Asboblarning shkalalari bir tomonlama, ikki tomonlama va nolsiz bo‘lishi mumkin. Bir tomonlama shkalalarda o‘lchash asbobi chegaralaridan biri nolga teng bo‘ladi (masalan, ko‘rsatishlar chegarasi 0 dan 100°S gacha bo‘lgan simob termometri). Agar shkalada nolь belgisi uning boshlang‘ich va oxirgi chegarasi bilan ustma-ust tushmasa, u ikkitomonlama shkala deyiladi (masalan, ko‘rsatishlarchegarasi —0,1 ... 0 .... 0,15 MPa bo‘lgan manometr). Agar shkala nolь belgisiga ega bo‘lmasa, u nolsiz shkala deyiladi (masalan, ko‘rsatishlar chegarasi 200 dan 400° S gacha bo‘lgan termometr).
1.4- rasm. Shkalalar: a - to‘g‘ri chiziqli; b - yoysimon (yoy burchagi 180° gacha);
d - yassi; e - yoysimon (yoy burchagi 180° dan yuqori), f -silindrsimon
Ko‘rsatkichning vaziyati uning shkala boshidan chiziqli yoki burchakli siljishibilan aniqlanadi. Ko‘rsatkich vaziyati bilan sanoq orasidagi bog‘lanish shkala tavsifi deyiladi. Ko‘rsatkichi burchakli siljiydigan asboblarning shkala tavsifiquyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
, (1.1)
bunda φ — ko‘rsatkichning shkala boshidan, burilish burchagi.
To‘g‘ri chiziqli shkalali asboblar uchun
, (1.2)
bunda L — ko‘rsatkichning shkala boshidan chiziqli siljishi. 1.5- rasmda shkalali sanoq qurilmalari sxematik ko‘rsatilgan.
Qayd qiluvchi o‘lchash asboblari qog‘oz lentalarga yoki diskda o‘lchanayotgan kattalikning hozirgi qiymatini vaqt bo‘yicha avtomatik yozib beruvchi moslama bilan ta’minlanadi. Bu holda qog‘oz lentada (diskda) uzluksiz chiziq pero bilan chiziladi, boshqa holda lentada davriy ravishda sanoqlarning sonliqiymatlari chop etiladi. Bitta qog‘oz lentada bir necha egri chiziq yozilishi (chizilishi) mumkin. Bu holda o‘lchash asbobining ichiga avtomatik uzgich- ulagich o‘rnatiladi, u o‘lchashning bir necha nuqtalarida joylashgan birlamchi o‘zgartkichlardan birini o‘lchashtizimga navbat bilan ulaydi.
1.5-rasm. Qayd qiluvchi qurilmalar: a-qutb koordinatalarida; b-to‘g‘richiziqli koordinatalarda; d-davriy qayd qiluvchi
Qayd qiluvchi qurilmalarning tavsifi shkalali sanoq qurilmalari tavsifigao‘xshash va (1.1), (1.2) tenglamalar bilan ifodalanadi. Qayd qiluvchi qurilmalar uchun (1.5-rasm, a, b) bu tenglamalarda φ va L tegishli burilish burchagini hamda pero ushlagichning diagramma to‘g‘ri chizig‘ining nolli belgisidan siljishini, U esa to‘r bo‘yicha olingan sanoqni anglatadi. Davriy chop etuvchi qayd qiluvchi qurilma uchun tavsif (1.5-rasm, v) (1.1) tenglama bilan tasvirlanadi, unda φ — kirish valchasining burilish burchagi, U— chop etilgan son (sanoq).
Disksimon diagrammalar tekis va notekis bo‘linmali bo‘lishi mumkin. Lentasimon diagrammalar ham ikki turli bo‘ladi: o‘lchash asbobi perosi to‘g‘ri chiziqli harakat qiladigan va perosi aylana yoyi bo‘ylab harakat qiladigan. Ko‘rsatkichi kam kuch bilan siljitiladigan asboblarda (masalan, o‘zi yozar millivolьtmetrlarda) yozish yordamchi qurilma yordamida amalga oshiriladi.
Ayrim o‘lchash vositalari va o‘lchash tizimlaridan tashqari murakkab axborot-o‘lchash tizimlari ham qo‘llaniladi. Ular ko‘plab nuqtalarda avtomatik o‘lchashni amalga oshiribgina qolmay (o‘lchash kanallari soni ming-minglab bo‘lishi mumkin), balki o‘lchash natijalarini berilgan algoritmlar bo‘yicha zarur qayta ishlashni ham bajaradi. Shu munosabat bilan o‘lchash o‘zgartkichlarining axborot-hisoblash mashinalarining va kirish qurilmalarining kirishiga keladigan signallarni unifikatsiyalashtirish (birxillashtirish) zarurati tug‘iladi. Signallarni unifikatsiyalashtirish o‘lchash asboblari turlarini minimumga keltirish imkonini beradi, o‘lchash vositalarining o‘zaro almashuvchanligini ta’minlaydi.
O‘lchash vositalari o‘lchash jarayonidagi bajarayotgan vazifasi, roliga qarab ishchi, namunaviy va etalon o‘lchash asboblariga bo‘linadi.
Ishchi o‘lchash vositalari xalq xo‘jaligining barcha tarmoklarida amaliy o‘lchashlar uchun mo‘ljallangan. Namunaviy o‘lchash vositalari ishchi o‘lchash asboblarini tekshirish va ularni o‘zlari bo‘yicha darajalashga xizmat qiladi.
Etalonlar fizik kattalik birliklarini qayta tiklash va saqlash, ularning o‘lchamlarini namunaviy o‘lchash asboblari orqali xalq xo‘jaligida qo‘llanadigan ishchi o‘lchash vositalariga o‘tkazishga xizmat qiladi. Fizik kattaliklarning birliklari o‘lchami shu usul bilan etalonlardan namunaviy o‘lchash asboblari yordamida boshqa o‘lchash asboblariga o‘tkaziladi.
Shkala bo‘linmalariga qabul qilingan o‘lchash birliklarida ifodalangan qiymatlar berishdan iborat operatsiya darajalash deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |