Yuklarni avtomobil, daryo va havo transporti bilan jo‘natishda ekspeditorlik
va agentlik xizmatlari ko‘rsatish
Avtomobil va daryo transporti temir yo‘l transporti bilan amalga
oshiriladigan tashishlarni o‘ziga jalb qilishda (avtomobil transporti – qisqa
masofalarga transportirovka qilinadigan kichik jo‘natmalar hisobiga, daryo
transporti esa – navigatsiya davrida) temir yo‘l transportining transport
ekspeditsiyasining spetsifikatsisi o‘ziga moslashtirish yo‘lidan foydalanmasdan
qolmaydi. O‘z navbatida bu jarayon temir yo‘l-suv va avtomobil-temir yo‘l aralash
tashishlarini joriy qilishni engillashtiradi. Yuklarni turli xil transport turlari bilan
jo‘natishning o‘ziga xos xususiyatlari yuklarni tashish bo‘yicha o‘quv
qo‘llanmasida ko‘rib chiqilgan.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Respublikalarida avtomobil transporti
korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va aholiga majmuaviy transport-ekspeditorlik
xizmatlari ko‘rsatishni tashkil qilishda muhim o‘rin egallaydi. Uning maqsadi
yuklarni etkazib berishning zamonaviy ilg‘or texnologiyalari asosida yuklarni
jo‘natuvchilarning omborxonalaridan qabul qilib oluvchilarning
44
omborxonalarigacha yuk egalarini (yuk jo‘natuvchilar va yukni qabul qilib
oluvchilarni) ularga xos bo‘lmagan transport funksiyalaridan ozod qilish bilan
etkazib berish hisoblanadi.
Yuklarni jo‘natishning sof ekspeditorlik xizmatlariga yuklarni tashishga
tayyorlash, hisoblashlarni amalga oshirish va transport hujjatlarini rasmiylashtirish,
informatorlik xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar kiradi.
Transport-ekspeditorlik ishlarini bajarish uchun ixtisoslashtirilgan
avtotransport korxonalari va firmalari: avtotransport va avtoekspeditsion
terminallar, yuk avtostansiyalari, uzellarda (tugunlarda) joylashgan transport-
ekspeditsiya korxonalari (rus. UTEP), transport-ekspeditsion kontoralar (rus. TEK)
avtotransport agentliklari xizmat qiladi.
Ekspeditorlik xizmatlari ko‘rsatishning markazlashuvi avtomobil
transportiga agentlik xizmatlari ko‘rsatishni uning uzluksiz ishlashini ta’minlash
maqsadida transport vositalarini optimal yuklama bilan ta’minlashni birlashtirishga
asoslanadi. Bu:
·
transport-taqsimlash hujjatlari va hamrohlik qiluvchi hujjatlarni tayyorlash
va uzatishda elektron hisoblash mashinalarini (EHM) joriy qilish;
·
ekspeditorlar va yukchilarning shtat (ish o‘rinlari) sonini kamaytirish;
·
to‘g‘ridan-to‘g‘ri yig‘ma vagonlarni shakllantirish;
·
transportning aralash sohalarining harakatlanuvchi sostavidan
foydalanishni yaxshilash;
·
yuklarni konteynerlar va paketlarda tashishni tashkil qilish va
rivojlantirish;
·
markazlashgan omborxona xizmatlari ko‘rsatishni ta’minlash
·
imkonini beradi.
Markazlashgan tashishda haydovchining roli juda yuqori bo‘ladi, chunki u
o‘zining bevosita majburiyatlarini bajarishdan tashqari ekspeditorlik
majburiyatlarini ham bajaradi.
Yukni jo‘natish punktida transport-ekspeditorlik korxonasi quyidagi ishlarni
amalga oshiradi: yuk jo‘natuvchining omborxonasida yukni qabul qilib olish;
45
yukni avtomobil transporti bilan yuk jo‘natuvchining omborxonasidan temir yo‘l
stansiyasi, port yoki jo‘natish pristanigacha etkazish; yuk jo‘natuvchining
topshirig‘i bo‘yicha yukni temir yo‘l stansiyasi, port yoki pristanga topshirish;
yukni temir yo‘l transporti yoki daryo transportiga topshirish bilan bog‘liq bo‘lgan
tovar va transport hujjatlarini rasmiylashtirish; yuk jo‘natuvchining topshirig‘i
bo‘yicha yukni temir yo‘l transporti yoki suv transporti bilan tashish uchun tarif
yoki shartnoma bo‘yicha belgilangan summani to‘lash.
«Bordero» - avtopoezd bilan tashiladigan yuklarning ro‘yxati bo‘lib,
SMR
avtoyo‘l nakladnoyiga ilova qilinadigan nusxalarning yo‘llanmalarini o‘z ichiga
oladi. Bunda korxonalar konteynerlar bilan ta’minlash, yuklar uchun birkalar va
yorliqlarni tayyorlash va ularni to‘ldirish, yuklarning og‘irligini o‘lchash, tashish
paytida yuklarni yopish uchun brezentlar va boshqa yopish vositalari bilan
ta’minlash kabi qo‘shimcha xizmatlarni ham ko‘rsatadi. Bu yuk jo‘natuvchi yukni
jo‘natish bilan shug‘ullanmaydi degani emas. Avtokorxona bilan tuzilgan
shartnomaga muvofiq u yuklarni tayyorlashi, guruhlashtirishi, tortib o‘lchashi,
idishlarga joylashi, hujjatlarni rasmiylashtirishi, yuklash-tushirish ishlari frontini
va kelish yo‘llarining soz holatini ta’minlashi, yuklash mashinalari va
moslamalarining soz holatini ta’minlashi, avtomobillarni to‘liq yuk ko‘tarish
quvvatiga qadar yuklashi, me’yordan oshiqcha turib qolishlarga yo‘l qo‘ymasligi
zarur.
Bosh avtotransport korxonasi avtomobillarning grafik bo‘yicha
harakatlanishini kuzatib boradi, tashishlarning dispetcherlar orqali amalga
oshishini tashkil qiladi, buning uchun qo‘l ostida avtomobillarning zahira parki va
qo‘shimcha haydovchilar tarkibiga ega bo‘ladi.
Shaharlararo va xalqaro tashishlarni tashkil qilish sohasida yuk egalari
tomonidan yuklarni mashinalar bilan jo‘natishda harakatlanuvchi sostavlarga
bo‘lgan talab to‘g‘risidagi informatsiyani to‘plash va tahlil qilish, yoki aksincha,
yuklanmagan avtomobillar uchun shu yo‘nalishdagi yo‘l-yo‘lakay yuklarni
qidirish to‘g‘risidagi informatsiyani to‘plash va tahlil qilish bo‘yicha kichik
ekspeditorlik firmalarining faoliyatini ham chetlab o‘tib bo‘lmaydi. Bunday kichik
ekspeditorlik tadbirkorligi transport tugunlaridagi terminal operatsiyalarida keng
46
tarqalgan. Ekspeditorlik firmalari yuklarni terminal bilan iste’molchilar o‘rtasida
tashish-tarqatishni ta’minlaydi, bojxona ko‘rigidan o‘tkazish va sug‘urtalash
ishlarini amalga oshiradi. Ular o‘zlarining faoliyatini brokerlik faoliyati deb
hisoblaydi. Bunday «broker», mohiyati bo‘yicha, tashish bo‘yicha javobgarlikni
zimmaasiga olmagan holda, faqatgina yuk egasini avtokorxonalar bilan
“uchrashtiradi”.
Tomonlarning o‘zaro munosabatlarining asosida ushbu murakkab jarayonda
tomonlarning huquqlari va majburiyatlarini detallashtirishga qaratilgan transport
shartnomasi yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |