Transport-ekspeditsion xizmatlar asoslari


Mijozlarga xizmat ko‘rsatishning logistik tizimlarini tashkil qilish bo‘yicha



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/75
Sana18.12.2022
Hajmi0,68 Mb.
#890799
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   75
Bog'liq
logistika

Mijozlarga xizmat ko‘rsatishning logistik tizimlarini tashkil qilish bo‘yicha
chora-tadbirlar
Yuqori darajada tashkil qilingan servis zamonaviy logistikaning faoliyat
ko‘rsatishining muhim shartlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Logistik servis
muammosi masalalarning uchta guruhini: ishlab chiqarish-texnologik va tashkiliy-
iqtisodiy strukturani, sifat ko‘rsatkichlari va uning maqsadga muvofiq bo‘ladigan
darajasini, shuningdek xizmat ko‘rsatish sferasining o‘zini o‘z ichiga oladi.
Logistik servis xizmatlari tomonidan taqdim qilinadigan xizmatlar nihoyatda
turli-tuman bo‘lib, tizimli xarakterga ega bo‘ladi. Transportda ular tovar-material
oqimlariga xizmat ko‘rsatish, mahsulotni taqsimlash va yuklarni oxirgi
iste’molchiga etkazib berishda transport-ekspeditsion faoliyat bilan bevosita


84
bog‘lanadi. Logistik kompaniyalarning servis xizmatlari mahsulotni ishlab
chiqaruvchilar va iste’mol qiluvchilar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni amalga
oshirishda bevosita ishtirok etadi.
Logistika tashishning barcha qatnashchilarining muvofiqlashgan holda
ishlashi bilan tovarlarni talab qilinadigan miqdorlarda va kafolatlangan
muddatlarda ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga etkazib berishni tashkil qilishni
ko‘zda tutadi. Logistikaning joriy qilinishi ekspeditorlarga transport xizmatlari
bozorida raqobatbardoshlilikni oshirishga, faoliyat jabhasining kengayishi va
daromadlarning ko‘payishiga ko‘maklashadigan ko‘proq ilg‘or bo‘lgan transport
texnologiyalari (terminalli texnologiya, tagliklar (poddonlar), konteynerlarning
qo‘llanilishi va hokazolar) bo‘yicha ishlash imkonini beradi.
Logistika korxonaning raqobatbardoshliligini ta’minlaydigan asosiy element
bo‘lib hisoblanadi. Logistikaning korxonaning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash
bo‘yicha barcha chora-tadbirlari informatsiyadan, korxonaning mahsuloti va
boshqa asosiy resurslaridan ratsional foydalanish yo‘li bilan bozorni egallashga
qaratilgan bo‘lishi lozim. Buning uchun korxonani rejalashtirish va boshqarishning
operativ rahbarlik qilish tizimi bilan integrallashgan majmuaviy tizimi bo‘lishi
zarurligi talab qilinadi, bu ishlab chiqarish va transportning ishlashini qayishqoq
tarzda muvofiqlashtirish, boshqa mahsulotga o‘tish zaruratiga operativ ravishda
javob qaytarish imkonini beradi. Samarali logistikani yaratish uning korxonaning
strategiyasi bilan mkqofiqlashtirilgan strategiyasini ishlab chiqish, uni ob’ektiv
miqdoriy baholash tizimini ishlab chiqish, hal qiluvchi omillarni aniqlashni talab
qiladi.
Logistik tizimlarning samaradorligi quyidagilardan tashkil topadi:
1. xizmatlar va texnologiyalarning yangi turlarini ishlab chiqishni tezlashtirish;
2. talabni maksimal darajada qanoatlantirishning tezkorligi;
3. ajariladigan xizmatlarning sifatini oshirish;
4. xizmat ko‘rsatish narxlarini pasaytirish.
Logistik tizimning yaratilishi bilan transport-ekspeditsiya korxonalari yuk
egalarini jo‘natish va taqsimlash funksiyalaridan (upakovka qilish, omborxonaga
to‘plash va boshqalar) ozod qilgan holda transportirovka qilishdan oldin keladigan,


85
uni tugallaydigan funksiyalarni bajarish bilan majmuaviy transport-ekspeditorlik
xizmat ko‘rsatishni o‘ziga oladi. Majmuaviy xizmat ko‘rsatishda yukning yuk
jo‘natuvchidan yukni qabul qilib oluvchigacha barcha zaruriy operatsiyalarni
bajarish, shuningdek transport-logistika servisining zaruriy majmuasini taqdim
qilish bilan yagona hujjat bo‘yicha o‘z vaqtida va sifatli etkazib berilishi uchun
ekspeditorning yagona va to‘liq javobgarligi ko‘zda tutiladi.

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish