Raqobatbardoshlilik omillari
Tashkilotning raqobatbardoshliligini belgilaydigan va uning faoliyatiga
bog‘liq bo‘lgan omillar guruhlari – tashkilotning ishiga bog‘liq bo‘lgan omillar
amalda mavjud bo‘ladi. Quyidagi omillar tashkilotning holatini xarakterlaydi:
•
Tashishlar va xizmatlarga bo‘lgan talabni bilish darajasi. Zaruriy va dolzarb
informatsiyaga, ob’ektiv prognozga ega bo‘lish o‘z-o‘zidan
raqobatbardoshlilik omili bo‘lib hisoblanadi. Bozor segmentining tashkilot
o‘zining rivojlanishi uchun informatsion yoki strukturaviy resurslarga ega
bo‘lmaydigan bu qismida transport konsaltingidan foydalaniladi;
•
Taqdim qilinadigan xizmatlar hajmi va nomenklaturasi. Mazkur
kategoriyaga ishlov beriladigan yuklarning nomenklaturasi, mazkur yuk uchun
xizmat turlarining nomenklaturasi va tashish yo‘nalishlarining nomenklaturasi
kiradi;
•
Ilmiy-texnik ishlanmalarning natijalaridan foydalanishni xarakterlaydigan
ilmiy-texnik potensial. Transport-ekspeditsiya korxonasi uchun bu birinchi
navbatda menejment va marketing, telematikaning zamonaviy yutuqlaridan,
gobal kompyuter tarmoqlari va informatsion tizimlardan foydalanishdan iborat
bo‘ladi;
•
Progressiv texnologiyalarning, birinchi navbatda logistik texnologiyalarning
qo‘llanilishi;
73
•
Xizmatlar nomenklaturasining kengayishi, yangi transport-ekspeditorlik
xizmat ko‘rsatish turlarining qo‘llanilishi;
•
Texnologik vazifalarni hal qilish uchun ishlab chiqarish bazasini tashkil
qilishning ta’minlanganligi;
•
Transport-ekspeditsion tizim infratuzilmasining holati – omborxonalar,
terminallar, filiallarning borligi, kompyuter texnikasi, aloqa vositalari,
informatsiyaga ishlov berish va uzatish vositalari va hokazolar bilan
jihozlanganlik;
•
Mehnat resurslarining holati va malakasi;
•
Boshqarish darajasi (yangiliklarni joriy qilish, foyda ko‘rish va javobgarlik
pozitsiyalaridan);
•
Transport-ekspeditorlik xizmatlar ko‘rsatishning xalqaro tizimida ishtirok
etish darajasi;
•
Boshqa omillar, jumladan, tashkilotning kreditorlik va debitorlik qarzlari
miqdori, zahiralar darajasi, oxirgi 3-5 yilda yalpi daromadlarning dinamikasi;
•
Marketing ishining darajasi.
Quyidagi omillarning ta’siri tashkilot ishining samaradorligini oshirishga
yo‘naltiriladi:
•
Transport vositalarining unumdorligi, moddiy-texnik bazaning, asbob-
uskunalar va mexanizmlarning quvvati, maydonlarning etarliligi;
•
Mehnat unumdorligi;
•
Tashkilotni rivojlantirish uchun har yili qo‘yiladigan kapital qo‘yilmalar
miqdori;
•
Faoliyatning asosiy turi bo‘yicha sheriklarning ish qobiliyatlari (muloqotga
kirishib keta olishlik, masalalarni tezkorlik bilan hal qilish va boshqalar).
Quyidagi omillar mijozlarning talablarini qanoatlantirish darajasini oshirishga
yo‘naltiriladi:
•
Tovarlarning (yuklarning) o‘z vaqtida etkazib berilishi;
•
Transport-ekspeditsion operatsiyalarni bajarishda yukning saqlanishini
ta’minlash;
•
Etkazib berishning tejamkorligi;
74
•
Transport va ekspeditsion tashkilotlarning xizmatlarning keng spektri
bo‘yicha funksiyalarni o‘ziga olishga tayyor ekanligi.
Bozorda muvaffaqiyatli ishlash uchun transport-ekspeditsiya tashkilotlari
har bir mijoz uchun bu omillarning ahamiyatini bilishlari va baholay olishlari
zarur bo‘ladi. 3-jadvalda raqobatbardoshlilikning xorijdagi va mamlakatimizdagi
transport-ekspeditsion korxona va tashkilotlarning ish tajribasini tahlil qilish
asosida ajratilgan omillari keltirilgan.
Xizmatning (yoki korxona faoliyatining) raqobatbardoshliligini baholash
salbiy omillarni o‘z vaqtida aniqlash va raqobatbardoshlilikni oshirish bo‘yicha
chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida amalga oshiriladi.
Transport-ekspeditorlik xizmatlar bozorida raqobatbardoshlilik omillari
3-jadval.
Omil
Xarakteristika
Iz ekspeditorning
transport tashkilotlari va yuk
egalari doirasidagi
mavqei
uzoq muddatli amaliy ish staji,
transport imkoniyatlari konyukturasi va
yuklarni etkazib berish bo‘yicha xalqaro
xizmatlar bozorini yaxshi bilish
faoliyatning mazkur
sohasida yuqori malakali xodimlarning
bo‘lishi
Svyaz faoliyatning tashish jarayonini ta’minlaydigan
hamkor turlari bilan (bojxona xizmati,
fitokarantin xizmatlari, turli xil inspeksiyalar,
huquqni muhofaza qilish organlari va boshqalar)
munosabatlar
rivojlangan
kontragentlar tarmog‘i
xorijiy mamlakatlarda, Rossiyaning
regionlarida, MDH mamlakatlarida
zamonaviy aloqa
vositalari bilan texnik qurollanganlik
kommunikatsiyalar, dasturlar,
ma’lumotlar bazalari
tashkilotning qulay joylashganligi
asosiy savdo marshrutlarida
o‘zining va ijaragaolingan
omborxonalarning
Uroveyuklarning ma’lum bir turlari uchun yaroqlilik va
jihozlanganlik darajasi (sovutiladigan,
75
borligi
isitiladigan, mexanizatsiyalashtirilgan,
qo‘riqlanadigan va boshqalar),kelish yo‘llari
Bojxonaomborxonalarining
borligi
erishishning osonligi
moddiy-texnik bazaning
borligi va tarkibi
Podvharakatlanuvchi sostav, o‘zining yokiijaraga
olingan konteynerlar parki,
yuklash-tushirish texnikasi va
yordamchi asbob-uskunalar, jumladan,
yuklarni qayta ishlash uchun
mo‘ljallangan vositalar
yuklarga ishlov berish
bo‘yicha taqdim
qilinadigan xizmatlar
hajmi va spektri
Nomeishlov beriladigan yuklarning berilgan yuk va
berilgan tashish yo‘nalishi uchun taqdim
qilinadigan xizmatlarning har bir pozitsiyasidan
kelib chiqadigan
nomenklaturasi
hujjatlarni tayyorlash
tizimi
kompyuter dasturlari bazasida va
rasmiylashtirishda yo‘l qo‘yilishi mumkin
bo‘lgan xatolarni istisno qiladigan ma’lumotlar
bazasi asosida
ekspeditorning
ishonchlilik darajasi
yukning saqlanishini ta’minlash, taqdim
qilingan va qanoatlantirilgan
da’volarning borligi va chastotasi,
yuklarni etkazib berish muddatlari
bo‘yicha shartnoma majburiyatlari
bajarilishining ishonchliligini
ham o‘z ichiga olgan holda
(«aniq – o‘z vaqtida»)
Har bir omil uchun ko‘rsatkich tanlanadi yoki ishlab chiqiladi. Masalan,
tashishlarning muntazamligi va o‘z vaqtidaligi tashishlarni belgilangan
76
muddatlarda amalga oshirish darajasi bilan, tashiladigan yuklarning miqdori va
iste’mol sifatini saqlash – har 100 tonna yukni tashishga to‘langan reklamatsiya
summalarining miqdori bilan xarakterlanadi va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |