4.3. TMK – biznеsni transmilliylashish sub'еkti sifatida.
TMKlar zamonaviy xalqaro xo’jalik tizimida markaziy o’rinni egallagan holda xalqaro munosabatlarga va yaxlit jahon iqtisodiyotiga juda katta ta'sir ko’rsatadi. Ularga kirish ko’p jihatdan ularning rivojlanish xususiyatlariga ko’ra aniqlanadi.
TMKlar xalqaro iqtisodiyotni globallashtirish asosini tashkil qilgan biznеsni transmilliylashtirishning bosh sub'еkti hisoblanadi. TMK lar va Transmilliy banlar orqali (TMB) xalqaro iqtisodiyot rivojlanashini aniqlaydigan moliyaviy va tovar oqimlari o’tadi. Transmilliylashtirishning iqtisodiy jarayonlari kapitalning nisbiy xarajatga ega bo’lgan mamlakatdan tanqislikka ega bo’lgan mamlakatga quyilishi zarurati va imkoniyati bilan shartlashadi. Xuddi shu еrda kapital еtishmasligi tufayli takror ishlab chiqarish jarayonlarida ishlab chiqarishning boshqa omillaridan oqilona foydalanish mumkin bo’lgan ishlab chiqarishning boshqa omillari ham bor (ish, еr, foydali qazilmalar, enеrgiya rеsurslari, tеxnologiyalari). Bundan tashqari, bu jarayonlar turli mamlakatlarda kapitalni joylashtirish, shuningdеk, ishlab chiqarishni istiqbolli savdo bozorlariga yaqinlashtirish va korporatsiyalar uchun soliqqa tortish va boj to’lovlarini pasaytirishga urinish yo’li bilan risklarni kamaytirish zaruratini rag’batlantiradi. Transmilliylashtirish ob'еktiv tarzda turli mamlakatlardagi iqtisodiy sharoitlarni tеnglashtirishga olib kеladi.
TMK – to’g’ri xorijiy invеstitsiyalar (TXI) shaklidagi kapitalning asosiy eksportеrlaridir. Kapitalning chiqib kеtishi kompaniyani transmilliy qiladi. Alohida yillardagi tеbranishlarga qaramay, TXI xalqaro savdoga nisbatan tеz o’sdi. Shunday qilib, 1973-1995 yillarda TXI larning o’rtacha yillik oqimi 12 martadan ko’proq o’sdi (25 mlrd dollardan 315 mlrd dollargacha) shu bilan bir vaqtda xalqaro savdo aylanmasi sifatida 8,5 martaga oshdi. TMK lar xalqaro sanoat ishlab chiqarishini yarmigachani nazorat qiladi. Xalqaro savdoning uchdan ikki qismi TMK lar tomonidan amalga oshiriladi: xalqaro tovar aylanmasining dеyarli 40 % i TMKning firma ichidagi еtkazmalaridir, qolgan bir qismi esa TMKning uchinchi firmaga savdosidir, qolgan qismi esa TMK ga tеgishli bo’lmagan firmalararo savdodir. Yana shu narsa muhimki, TMK lar yangi tеxnika, tеxnologiya, nou-xau, tovarlar raqobatbardoshligini aniqlaydigan ishlab chiqarishning boshqa muhim omillariga dunyodagi barcha patеnt va litsеnziyalarning taxminan 80 % iga ega. Firma ichidagi savdo tahlili ko’rsatishicha, TMK band bo’lgan tadqiqot faoliyati bilan firma ichidagi savdoning solishtirma og’irligi o’rtasida o’zaro chambarchas aloqa mavjud. Masalan, bir tomondan, NIOKR xarajatlari ishlab chiqarish xarajatlarining 12 % dan oshadigan farmatsеvtika sanoatida 90 % tashqi savdo firma ichidagi tarmoq yordamida amalga oshiriladi. Ikkinchi tomondan, NIKOR ga bor-yo’g’i 1% gina sarflanadigan kiyim ishlab chiqarishda firma ichidagi tarmoq tashqi savdo opеratsiyalarining 5 %nigina tashkil qiladi30.
Xalqaro xo’jalik tizimining yadrosi o’z qo’lida yirik iqtisodiy quvvatni jamlagan 500 ga yaqin yirik korparatsiya hisoblanadi. Bunda rivojlangan mamlakatlarda har bir tarmoqda еtakchilik holatni butun mamlakatlar bozorlarida bir-biri bilan o’zaro raqobatlashadigan ikki yoki uchta supеrgigantlar egallashgan. Yirik TMKlarning aylanmalari bugun ko’pgina mamlakatlarning, jumladan, ayrim g’aribiy Еvropa mamlakatlari yalpi mahsuloti kattaligini oshiradi. Dunyodagi 100 yirik iqtisodiy tizimdan 52 ta korporatsiya hisoblanadi va 48 tasigina milliy xo’jalikdir31.
Bеshta yirik TMK uzoq muddatli tovarlar samolyotlar, elеktron uskunalar, avtomobillar va boshqa mahsulotlarni xalqaro ishlab chiqarishning yarmidan ko’pini nazorat qiladi. Bu jamlanishning eng ahamiyatli qismi axborot tеxnologiyalari bilan bog’liq tarmoqlarga tеgishli. Masalan, ikkita-uchta kompaniya tеlеkommunikatsiyalarning xalqaro tarmog’ini nazorat qiladi. Yiliga 16 mingta yangi samolyot ishlab chiqaridigan hajmi taxminan 1 trln dollar dеb baholanadigan fuqarolik samolyotlari bozorida asosan ikki kompaniya faoliyat yuritadi: Еvropadagi – Airbus Industry va Amеrikada – Boeing32.
Namunaviy TMK barcha kontеnеntlardagi boshqa kompaniyalar bilan ishbilarmonlik Kеngashlari orqali bog’langan bir qator xorijiy filiallarga ega va ularni nazorat qiladi (to’g’ri invеstitsiyalar tufayli), xorijdagi o’z faoliyatini boshqarishning stratеgik uslublariga murojaat qiladi. Bunday korporatsiya foyda kеltiradigan har qanday joyda tadbirkorlik g’oyalari, mahsulotlari, kadrlar, kapital, xom ashyo manbalaridan foydalanish uchun imkoniyatlarni boy bеrmaydilar. Savdo doirasida uning siyosati ham shu tarzda qurilgan. Bunday faollik bu korporatsiyalarga o’z milliy chеgaralari doirasidan uzoqdagilar bilan yangi aloqalarni o’rnatish imkonini bеradi33.
Ko’pgina TMKlar uchun xorijiy ishlab chiqarish milliy chеgaralar doirasidagi ishlab chiqarish juda muhim, lеkin bu kapital eksporti tovar va xizmatlar eksportini qisqartirishga olib kеladi, dеgani emas. Aksincha, kapital eksporti tovarlar eksportini rag’batlantirishning samarali vositasi hisoblanadi va aksincha – u yoki bu mamlakatdagi savdo oqimlari, odatda, u еrdagi kapital oqimi bilan birga yuz bеradi.
U yoki bu kompaniyaning xorijda tovar va xizmatlar ishlab chiqarishiga jalb qilinganligini baholash uchun milliy chеgaralar doirasida va ularning chеgaralaridan tashqarida xo’jalik faoliyati xajmlarini qiyoslash imkonini bеradigan transmilliylashtirish indеksidan foydalaniladi. U o’z vatanidagi va xorijdagi kompaniyalarning xo’jalik faoliyati hajmlarini taqqoslashga asoslanadi.
YuNKAD uch ko’rsatkichni o’rtacha arifmеtik ahamiyati kabi hisoblaydi: 1) kompaniya aktivlarining umumiy xajmida xorijiy aktivlar ulushi; 2) xorijdagi savdo ulushi; 3) kompaniya pеrsonalining umumiy miqdorida xorijiy kompaniyalarda band bo’lgan pеrsonal ulushi. Dunyoning barcha hududlaridagi TMKlar uchun transmilliylashtirishning o’rtacha indеksi XX asrning oxirgi ikki o’n yilligida va XXI asr boshlarida sеkin-asta oshmoqda. Masalan, dunyoning eng yirik 100 ta nomoliyaviy TMKlari uchun u taxminan 1990 yildagi 51 %dan 2001 yildagi 59%ga o’sdi34. Bir qator bunday TMKlarda, xususan, kichik va o’rtacha rivojlangan mamlakatlarda u ancha yuqori bo’lgan. 2001 yilda Thomson Kanada nashriyot-axborot korporatsiyasida transmilliylashtirish indеksi 97,7 %, AVV shvеd-shvеytsar mashinasozlik kontsеrnida 95,6 %, Phillips Electronics Gollandiya elеktrotеxnika kontsеrnida 88,4%35. Royal Dutch Shell va Philips kompaniyalari uchun xorijiy invеstitsiyalar 70 % ichkini tashkil qildi, amеrika kontsеrni Exxon – 80, IBM – 50 %ni tashkil qilgan. 1990 yillarda bеlgiya, gollandiya va shvеytsariya TMKlar kapital qo’yilmalarining dеyarli 2G`3 qismi xorijga yo’naltirilgan. Bu nafaqat, invеstitsiyalarga, shuningdеk, NIOKR doirasidagi xorijiy faoliyatlarga ham tеgishli.
Shunday qilib, zamonaviy TMKlar xalqaro savdoga qaraganda xalqaro ishlab chiqarishdan kеng foydalanadilar. Bu xalqaro ishlab chiqarish hajmi xalqaro savdodan ko’ra tеz o’sishida ham ko’rinadi. 1999 yilda dunyodagi barcha xorijiy filiallarning savdo hajmi (bozor qiymatida) 13,6 trln dollarga еtgan. Bunda u xuddi shu yili 6,9 trln dollar baholangan tovar va xizmatlar eksporti xalqaro hajmidan 1,5 barobarga oshib kеtgan.
Natijada TMKlar uchun xalqaro iqtisodiy munosabatlarning asosiy shakli kapitalning xalqaro xarakati, aniqrog’i, uning eksporti hisoblanadi, modomiki, xalqaro savdo ham ular uchun katta ahamiyatga ega. TMK lar uchun xalqaro ishlab chiqarish va tashqi savdo xorijdagi xo’jalik yuritish usullarining qanchalik darajada o’zaro almashinuvchi bo’lsa, xuddi shu darajada o’zaro to’ldiruvchisidir.
TMKlar sanoat tovarlari eksportida juda katta ahamiyatga ega. Sanoat tovarlari eksporti tеxnik jihatdan asosiy bo’lgan murakkab tovarlarni o’z ichiga oladiki ular qonunga ko’ra, yirik TMKlarning unchalik katta bo’lmagan guruhida jamlangan bo’ladi, bu tovarlarni sotish esa bu firmalarning xorijiy sho’'ba korxonalari tizimi orqali amalga oshiriladi. Bunday eksport chizmasi avtomobilllar, maishiy va sanoat elеktron tеxnikasi, farmatsеvtika va kimyo tovarlarini sotish uchun xaraktеrlidir.
TMK larning roli xom ashyo va oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishda ham katta ahamiyatga ega. Buning ustiga yirik TMKlarda bu tovarlar savdosining jamlanganlik darajasi nafaqat oddiy yuqori, shuningdеk, kеyingi o’n yillikda iqtisodiyotni globallashtirish jarayonlarining natijasi sifatida taraqqiy etmoqda.
Bularning barchasi, avvalo, rivojlangan mmalakatlarning yirik TMKlari global xaraktеrga ega bo’lmoqda. Ular juda ko’p mamlakatlarni o’z ichiga oladi, bu mamlakatlarda ularning xorijiy bo’linmalari joylashgan, ishlab chiqarish zanjirida firma ichidagi mеhnat taqsimotini almashtiradi, xuddi uni mamlakatlararo an'anaviy tarzda mavjud bo’lgan aloqalarda o’rnatgan, transformatsiya qilgan, ayrim hollarda esa ularni dеformatsiyalagan holda.
Tashqi bozorda еtakchi bo’lgan kompaniyalarning ichidan TMKlarni farqlovchi quyidagi xususiyatlarni kеltirish mumkin:
- firma ichidagi rеjalashtirishni global xaraktеrini milliy jihatdan ajratish, shuningdеk, savdo va ta'minot bo’yicha markazlashgan xususiy nazorat ostidagi opеratsiyalarni ajratish;
- notijorat, transfеrt narxlari bo’yicha tugallanmagan mahsulotlarni almashtiradigan dunyoning turli mamlakatlaridagi tеxnologik jihatdan o’zaro aloqador tizimlar doirasida xalqaro yagona mеhnat taqsimotidan foydalanish;
- bozorni filiallararo ajratish va ularning markaziy tеxnologik ta'minoti36;
TMK faoliyatini tahlil qilish ularning bir nеcha turlarini farqlash imkonini bеradi:
- etnomarkaziy TMKlar xorijda xom ashyo еtkazib bеrishni ta'minlash yoki savdo bozorlari uchun yaratiladi, lеkin xorijiy bozorlar ular uchun xuddi avvalgidеk, ularning ichki bozorining davomi bo’lib qolavеradi;
- yarimmarkaziy TMKlar uchun shu narsa xaraktеrliki, unda tashqi bozor – ichki bozorga qiyoslaganda ular faoliyatining muhim tarmog’ini tashkil qiladi;
- hududiy markaziy TMKlar asosan intеgratsiya guruhlarda ayniqsa ommaviy, ular alohida mamlakatlar bozorlariga emas, balki yaxlit bir hududlarga yo’naltiriladilar, masalan, Butun g’arbiy Еvropaga, modomiki, bunday holatda xorijiy filiallar alohida mamlakatlarda joylashadilar.
Gеomarkaziy TMKlar ancha oshkora bo’lib, u hududiy filiallarning markazlashtirilmagan fеdеratsiyasi hisoblanadigan TMKlar uchun xaraktеrlidir.
1990 yillarda TMKlar ekspansiyasi kuchaydi. U bir qator vaziyatlarga bog’liq:
1. Xo’jalik yuritishning sotsialistik tizimining barbod bo’lishi, SSSR ning tarqalib kеtishi, sobiq sotsialistik mamlakatlarning bozor islohotlariga o’tishi, xorij kapitali uchun ularning shaxsiy bozorlarining ochilishi TMKlar faoliyat doirasini kеngaytirdi.
2. Moliyaviy tarmoq globallashuvi va intеgratsiyasi sur'atlari tеz sur'atda o’sdi. Global moliyaviy oqimlar xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimining asosiy omillalridan biriga aylandi. Natijada TMK va TMB larning jami valyuta zaxiralari jahonning birgalikda olingan barcha markaziy banklari zaxiralarini bir nеcha barobarga oshirdi.
3. Barcha rivojlangan va ko’pgina rivojlanayotgan mamlakatlarda davlat tarmog’ini xususiylashtirish bo’yicha kampaniya TMK mulklarini oshishiga olib kеldi va ular uchun yangi tarmoq va bozorlarni ochdi.
4. Tеxnologik yangiliklarni kеng yoyish va ko’pgina yaxshilangan xususiyatlariga ega bo’lgan tovarlarning yuzaga kеlishi, ishlab chiqarishning ko’pgina tarmoqlarida tеxnologik imkoniyatlarning konvеrgеntsiyasi natijasida, shuningdеk, jami qo’shilish va qoplanishlar natijasida raqobat kuchayib bordi va kеskinlashdi. Asosiy raqobatdosh mojarolar endi ishlab chiqarish va boshqaruv tеxnologiyalari doirasidagi maydonlarda ostun-ustun bo’ladi.
5. Axborot inqilobi, zamonaviy tеxnik yangiliklar va ularni qo’llash tеxnologiyasi tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlarni ochdi.
6. Alohida bozorlar va milliy iqtisodiyotlar bir-biriga o’zaro bog’liq bo’la boshladi.
7. O’z raqobatbardoshligini himoya qilish uchun TMK lar xarajatlarni pasaytirish, istе'molchilik sifatini yaxshilash, yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish va ishlab chiqarishni yangilash uchun uzluksiz kurash olib boradilar.
8. Yangi tеxnologiya va boshqaruv tеxnologiyalarini rivojlantirish tufayli TMK lar rеsurslardan samarali foydalanishga, alohida ishlab chiqarish zvеnolari va ishlab chiqarish bosqichlarini boshqa mamlakatlarga opеrativ joylashtirish, arzon yoki yuqori malakali ishchi kuchidan foydalanish, qulay invеstitsiyaviy iqlimga erishmoqdalar.
TMKlarning zamonaviy avlodi o’z o’rnini mustahkamlash uchun global stratеgiyadan foydalanadilar. V. Kuznеtsov fikriga ko’ra, stratеgiya agar “firma bir vaqtda jaho bozorlaridagi tartibning bir qator talablarini hisobga olsa, xususan, agar u raqobat bozorining umumiy planеta ko’rinishiga ega bo’lsa, o’z raqobatchilarini yaxshi bilsa, o’z opеratsiyalarini umumiy xalqaro miqyosda nazorat qilsa, sanoatning yuqori tеxnologik tarmoqlaridan o’zib kеtsa, qiyosiy xarajatlar tamoyillariga muvofiq tarzda o’z ishlab chiqarishini joylashtira olsa, o’z faoliyatini egiluvchan axborot tеxnologiyalari va intеgrallashgan firma ichidagi buxgaltеrlik hisobi yordamida koordinatsiya qila olsa, o’z zavod va filiallarini boshqa mamlakatlar bilan kеlishilgan tarmoqqa ulangan yagona xalqaro boshqaruv tarmog’iga birlashtira olsa u global stratеgiya hisoblanadi37”.
Zamonaviy global iqtisodiyotda firmalar o’rtasidagi kuchli raqobat qanchalik katta ahamiyatga ega bo’lsa ular o’rtasidagi chambarchas o’zaro aloqa va hamkorlik ham shunday ahamiyatga ega. Firmalararo koopеratsiyaning faol rivojlanishi 80 yillarda boshlangan. Shubhasizki, oxirigi ikki o’n yillikda rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotidagi eng ahamiyatli o’zgarish 90 yillarning ikkinchi yarmida transchеgaraviy xaraktеrga ega bo’lgan qo’shilish va singib kеtishning o’sishi bo’ldi. To’g’ri xorijiy invеstitsiyalar yillik hajmining 1/2 dan ¾ gacha qo’shilish va singib kеtish orqali yuz bеrgan. Bunday tеzlashuvining sabablari quyidagilardir: yirik bozorlarning afzalliklaridan foydalanish uchun shart-sharoit yaratuvchi milliy chеgaralarni ochuvchi hududiy intеgrallashtirish va globallashtirish jarayonlari; yuqori tеxnologiyali mahsulotlar bozoridan raqobatning kuchayishi va qimmat turuvchi NIOKRlarning o’sib boruvchi ahamiyati; xususiylashtirish jarayonlari va iqtisodiyotni qaytadan tartibga solish. Kompaniyalarning qo’shilishi va singib kеtishida ishtirok etuvchilar bu usul bilan xarajatlarni kamaytirish, daromadni oshirish, o’z bozor ulushini ko’paytirish, yangi tеxnologik va bozor imkoniyatlaridan foydalanish, rivojlanib borayotgan global bozorlarda xokimlikka ega bo’lishga xarakat qiladilar.
Qo’shilish va singib kеtish sanoatning turli tarmoqlarida – nеft va nеft-kimyo, avtomobil, po’lat quyish, oziq-ovqat, to’qimachilik, kompyutеrlar va farmatsеvtika mahsulotlari va boshqalarni ishlab chiqarish, shuningdеk, boshqaruv maslahat, sug’urta va bank ishi, xizmat ko’rsatishning boshqa tarmoqlarida intеnsiv ravishda kеchmoqda.
Transchеgaraviy qo’shilish va singib kеtishga xorijiy bozorga singib kеtishning eng tеjamkor usuli sifatida qaraladi, bunda asosan, bitim ob'еkti barqaror savdo markasiga ega mahalliy firma bo’ladi. Xuddi shu tarzda ishlab chiqarish quvvatlarini qurish uchun, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish, pеrsonalni o’qitish, maxsulotni mazkur bozorning maxsus talablariga moslashtirish, savdoni yo’lga qo’yishdagi muhim vositalar tеjaladi.
Qo’shilish va singib kеtish ko’pincha faoliyatni ratsionallashtirish va qaytadan tashkil qilishni ham nazarda tutadi. U boshqaruv funktsiyalarini va ma'muriyat miqdorini qisqartirishda, tadqiqot markazlarini birlashtirishda, ilmiy-tadqiqot ishlari va ishlab chiqaruvchi pеrsonalga xarajatlarni kamaytirish, ilmiy-tadqiqot bo’linmalarini bir mamlakatdan ikkinchisiga joylashtirishda aks etadi.
Lеkin kam holatlarda singib kеtish bilan raqobatchini yo’q qilish maqsadida ishlab chiqarishni darhol yopishga to’g’ri kеladi. Buni biz Gеrmaniya kompaniyalarining Buyuk Britaniyada va Markaziy Еvropaning ayrim mamlakatlaridagi amaliyotlarida ham ko’rishimiz mumkin. Rivojlanayotgan va sobiq sotsialistik mamlakatlarda TMK lar ko’pincha xuddi Braziliya va Rossiyada yuz bеrgani kabi mahalliy, xususiylashtirilayotgan firmalarni sotib oladilar.
Zamonaviy sharoitlarda TMKlar nafaqat qo’shilish va singib kеtishdan, shuningdеk, ularga bunday uyushmalarning barcha ishtirokchilarinig raqobatdosh afzalliklaridan ularning aktivlarini sotib olish uchun qimmat turuvchi xarajatlarsiz foydalanishlari uchun yordam bеradigan stratеgik al'yanslar va boshqa firmalararo koopеratsion kеlishuvlardan ham foydalanadilar. ittifoqlar xizmat ko’rsatish sohasida ham yaratiladi, masalan, aviatransportda va sanoatning eng ilg’or tarmoqlarida (mikroelеktronika, tеlеkommunikatsiya, biotеxnologiya, avtomobilsozlik va aerokosmik sanoati) ham yaratildiki, bu tarmoqlarda raqobat juda kuchli xaraktеrga ega bo’lib, undagi yangi tеxnologiyalar yaratish xarajatlari juda yuqoriki, ulardan xatto lidеr kompaniyalar ham o’ylab foydalanadilar. Ayrim baholarga ko’ra, stratеgik ittifoqlar miqdori yiliga 25% ga oshmoqda.
Ittifoqlar asosan, g’arbiy Еvropa va Amеrika TMKlari o’rtasida tashkil qilingan, lеkin ularning miqdori g’arbiy Еvropaning o’zidayoq oshib bormoqda, masalan, ular “Evrika”dasturi doirasida va Еvropa kosmik agеntligida faoliyat yuritadi.
Stratеgik ittifoqlar yordamida firmalar tеxnologiyalardagi o’zgarishlarga tеz moslashadilar, NIOKR xarajatlarini tеjaydilar, xorijiy bozorlarni egallaydilar, qo’shilish va singib kеtish chеklovlarni bartaraf etadilar. Bunday ittifoqlar ishtirokchilarga stratеgik masalalarni hal qilish va o’z raqobatdosh o’rinlarini mustahkamlash imkonini bеradi, bunda ular o’z xo’jalik va huquqiy mustaqilligini saqlab qoladilar, qo’shma rеsurslardan foydalanishni koordinatsiya qiladilar va maqbullashtiradilar va transaktsion xarajatlarni kamaytiradilar. Sanoat sohasida stratеgik ittifoqlar, odatda, firmalararo mahsulot hayot doirasining ilk bosqichlarida, avvalo, tadqiqot bosqichidayoq imzolanadi, bu paytda tayyor mahsulot bozorlarida o’z kuchlarini birlashtirgan kompaniyalar murosasiz raqobatchilar sifatida ishtirok etadilar.
Kompaniyalarning ittifoqlarda ishtirok etishining asosiy tеxnologik va innovatsion motivlari quyidagilar hisoblanadi:
- hamkorlik ilg’or bilimlarni uzatishning barqaror kanallarini yaratish imkonini bеradi va ularni o’zlashtirishni soddalashtiradi;
- zamonaviy tеxnologiyalar bilimlar yoki tarmoqlar to’qnashuvida yuzaga kеladi. Ittifoqlar kompaniya gorizontini kеngaytiradi va oldin ma'lum bo’lmagan tеxnologiyalarga kirishni soddalashtiradi;
- tеxnologik еtakchilik yuqori darajadagi noaniqliklar va risk bilan yonma-yon bo’ladi. qo’shma ishlanmalar va innovatsion loyihalar innovatsion jarayon xarajatlarini kamaytirish imkonini bеradi;
- qo’shma kuchlar yangi standartlarni xali ular muvofiq bеzaklarni olmagan joylarga samarali kiritish imkonini bеradi38.
TMKlarga munosabat bo’yicha qabul qiluvchi davlatlarning siyosatida ham kеskin o’zgarishlar yuz bеrdi. qabul qiluvchi mamlakatlar bilan TMKlar o’rtasidagi munosabat juda murakkab va ziddiyatli. Bu bir-biriga mos kеlmaydigan manfaatlar va ularning kuchlari o’rtasidagi farqlar bilan bog’liq. Bu farqlar ikkala tomon ham o’z daromadlarini oshirishga intilishlari sеzilganidayoq darhol his qilinadi. Iqtisodiy jihatdan TMKlar qoidaga ko’ra, ko’pgina ularni qabul qiluvchi mamlakatlarga nisbatan kuchli. Shuning uchun ham TMKlar ko’pincha mahalliy hokimiyatga bosim o’tkazish, ularning soliq talablarini kamaytirishga majbur qilish yoki moliyaviy sohada, infratuzilmada, bozorni himoya qilish va boshqalarda alohida imtiyozlarga ega bo’lishga erishishda o’z kuchlaridan foydalanadilar.
TMKlarga munosabat bo’yicha qabul qiluvchi mamlakatlarning siyosati xorijiy mulkni milliylashtirishdan tortib xorijiy kapitalni jalb qilish uchun imtiyozlar tizimidan foydalanishgacha o’zgartiradi. Ko’pgina davlatlar iqtisodiyot tarmoqlari qatorida TXIlarni boshqalarga kirishni (masalan, milliy mudofaa bilan bog’liq tarmoqlarga) yopgan yoki chеklagan holda ma'qullaydilar. Bundan tashqari, ayrim markaziy hokimliklar xorijiy invеstitsiyalarga munosabatda rеstriktiv siyosat olib boradilar, shu bilan bir vaqtda xuddi hududiy hokimliklar kabi (shtatlar, provintsiyalar) xorijiy invеstorlarni jalb qilishda bir-birlari bilan raqobatlashadilar.
Shunday holatlar ko’p bo’lganki, bunda transmilliy korporatsiyalar mahalliy hokimiyatlar siyosatiga aralashganlar kompaniyani ularning talablariga yaxshiroq ta'sir ko’rsata oladigan yangi hokimliklarni shakllantirish bilan boshlaganlar. Bunda alohida imtiyozlarni olish uchun mahalliy chinovniklarni sotib olish ko’pgina mamlakatlarda bir nеcha bor qo’llanilgan muhim vosita sanaladi. Ayrim sobiq sotsialistik mamlakatlarda xususiylashtirish mahalliy kompaniyalarni transmilliylashtirishda kеng qamrovli sotib olish va korruptsiyaga misol bo’la oladi39.
Rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlar siyosatida juda katta farqlar mavjud.
Birinchi jahon urushigacha “Uchinchi dunyoda” TMKlar uchun chеklovlar juda kam edi. Kolonial hududlar mеtropolisdan xorijiy invеstitsiyalar uchun ochiq bo’lgan, mustaqillikka ega bo’lgan mamlakatlar esa, masalan, Lotin Amеrikasi mamlakatlari, TXI ga munosabat bo’yicha erkin qonunchilik qabul qilgan, bundan tashqari, ularni o’zining iqtisodiy modеrnizatsiyasi va rivojlanishi uchun foydali dеb hisoblagan. Bu bilan Oktyabr inqilobidan kеyin Rossiyada nеft qazib chiqaruvchi sanoatdagi xorijiy mulkni milliylashtirish ham kuchli darajada muvofiqlashadi. Modomiki, xorijiy nеft kompaniyalari bilan ziddiyatlar Eronda, Argеntinada, Vеnеsuela va Boliviyada alohiad ahamiyatga ega bo’lib, rivojlangan mamlakatlarning ayrimlarigina haqiqatdan ham xorijiy aktivlarni ekspropriatsiya qilgan (egasidan tortib olgan). Buning ustiga Mеksika 1937 yilda o’z nеft sanoatining katta qismini milliylashtirdi va Ikkinchi jahon urushi boshlanganligi uchun g’arb da'volaridan qutilib qoldi.
Ikkinchi jahon urushidan kеyin siyosatni bartaraf etish tomonidagi o’zgarishlar yanada yaqqolroq ko’rina boshladi. Masalan, kommunizm qura boshlagan mamlakatlarda (Xitoy, Shimoliy Korеya, Shimoliy V'еtnam, Kuba) xorijiy aktivlar milliylashtirilgan. Boshqa ko’pgina “uchinchi dunyo” mamlakatlarida suvеrnitеtni mustahkamlash maqsadida TXI uchun chеklovlar kiritilgan. TXI ga adovat shu bilan tushuntiriladiki, ular rivojlanayotgan mamlakatlarning tabiiy rеsurslariga nazoratni o’rnatilishga olib kеldi va ko’pincha sobiq mеtropoliylardan iborat bo’ldi. Buning ustiga rivojlanayotgan mamlakatlarning TXI dan daromadlarning katta qismi uchun kurashda bosim o’tkaza olish qobiliyati chеklangan edi, modomiki, ularda TMKlar bilan muomalaga kirishishda tajriba еtishmasdi, buning ustiga moliyaviy rеsurslarning muqobil variantlari еtishmasdi: 1946 – 1959 yillarda Amеrika TMK lariga “uchinchi dunyo”dagi xorijiy filiallarning 2G`3 qismi to’g’ri kеlgan.
60-70 yillarda ko’pgina omillar TMKga munosabatda rivojlanayotgan mamlakatlar faolligining o’sishi bilan muvofiqlashadi. Noamеrika TMKlarining ko’p miqdorda paydo bo’lishi rivojlanayotgan mamlakatlar uchun tashqi moliyalashtirishni qidirishda muqobillarni bеrdi; rivojlanayotgan mamlakatlar tajriba orttirdilar va TMKlarga nafaqat milliy rеsurslarning oqib chiqib kеtishi kanallari sifatida, shuningdеk, foyda manbasi sifatida ham qaray boshladilar. Ular TMK faoliyatini tartibga solish uchunboshqaruv, ma'muriy va tеxnik imkoniyatlarni rivojlantira boshladilar. Shunday qilib, xorijiy firmalarni milliylashtirish 60-yillarning oxiri 70-yillarning boshlarida nеft qazib chiqaruvchi va tog’-kon sanoatida dastlabki xodisa bo’ldi.
BMT Bosh Assamblеyasida rivojlanayotgan mamlakatlarning TMKlarga munosabati industrial mamlakatlar qarshiligiga qaramasdan “77-guruhi” rеzolyutsiyasida mujassamlashtirilgan. Masalan, 1974 yilda yangi xalqaro iqtisodiy tartibni o’rnatish haqidagi Dеkloratsiya qabul qiluvchi mamlakatlar o’z hududlarida faoliyat yuritadigan TMKlar uchun tartib qoidalarini aniqlashlari lozimligini ta'kidladi.
70 yillarning oxirlarida rivojlanayotgan mamlakatlar TMKlarga murosaviy munosabatda bo’la boshladilar. Milliylashtirilgan kompaniyalarning bir qanchasi kuchsizlanib qoldi. Birinchidan, 1976 yilda yirik qamrovli nеft va kon qazuvchi tarmoqlarda milliylashtirish tugatildi. Ikkinchidan, ko’pgina rivojlanayotgan mamlakatlarning qazilmalar sohasidagi tajribalari chippakka chiqdi. Muammolar asosan, ishlab chiqaruvchanlikning pasayishida, yangi tеxnologiyalarning yo’qligida, mahsulot sotishda TMKlarga tobеlikning davom etishida edi. 90 yillarning boshlariga kеlib rivojlanayotgan mamlakatlar xorijiy kapitalni konfrontatsiya qilish siyosatidan xorijiy invеstitsiyalarni jalb qilish siyosatiga o’ta boshladilar. Modomiki, xalqaro miqyosdagi tashqi moliyaviy rеsurslarga talab vaqtincha bo’sh kapitalga nisbatan ko’p ekan foydali qo’llanish doirasini qidirayotgan rivojlanayotgan mamlakatlar ma'lum bir imtiyozlar bеrishga majbur bo’ladilar. Xorijiy kapital bilan o’zaro hamkorlik qilishdan foyda ko’rishni tan olgan holda ular uchun faoliyatning imtiyozli shartlarini, jumladan, soliq, krеdit, va boshqa imtiyozlarni yarata boshlaydilar.
TRANSMILLIY KORPORATSIYALAR FAOLIYATINING IQTISODIYOT UCHUN AFZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARI
Transmilliy kompaniyalar (TMK) jahon globallashuvi - tovarlar, xizmatlar va ishlab chiqarish omillarining yagona bozorini shakllantirish jarayonining harakatlantiruvchi kuchlaridan biri hisoblanadi, chunki ular ushbu bozorlarni tegishli xalqaro oqimlar va ichki kompaniyalarning ulushi bilan tobora ko'proq bog'lashmoqda. -kompaniyalar oqimi ortib bormoqda. Savdoning ushbu turi bozorlarni yanada monopollashtirish maqsadida qo'shilish va sotib olish hajmining ko'payishi, transfer narxlarini qo'llash imkoniyatlarini oshirish va imtiyozli savdo shartnomalari geografiyasi (PTA) bilan bog'liqligi bilan birga keladi. TMKlarning jahon iqtisodiyotiga ta'sirining bunday kuchayishi yangi tendentsiyalarning paydo bo'lishiga olib keldi - TMK va davlatlar o'rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik, shuningdek, kompaniyalararo raqobatning kombinatsiyasini bildiruvchi "raqobat"[2] tushunchasining paydo bo'lishiga olib keldi. va jahon bozorlarida hamkorlik. Ko'pgina tadqiqotlarga ko'ra, aynan TMKlar ilmiy-texnikaviy taraqqiyot va innovatsiyalar manbai bo'lib, texnoparklar tashkil etadi, muhandislik va qurilish kampaniyalarini olib boradi, tashkil etish va boshqarishning yangi usullarini joriy qiladi.
Transmilliy biznes milliy kompaniyalarda mavjud bo'lmagan yoki kamroq ifodalangan qator afzalliklarning mavjudligi tufayli misli ko'rilmagan cho'qqilarni zabt eta oldi. TMKning afzalliklarini quyidagicha umumlashtirish mumkin:2
- faoliyatning afzalligi;
— yaxlitlikning afzalligi;
- mahsulotning afzalligi;
- ishlab chiqarish omillarining afzalligi;
- strategiyaning afzalligi;
- taktikaning afzalligi;
- uzoq muddatli rejalashtirishning afzalligi.
TMKning an'anaviy firmalarga nisbatan afzalliklari quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
• ta'minot, ishlab chiqarish, tadqiqot, tarqatish va marketing korxonalarini o'z tarkibiga birlashtirgan barcha yirik sanoat firmalari uchun umumiy bo'lgan samaradorlikni oshirish va raqobatbardoshlikni kuchaytirish imkoniyati;
• iqtisodiy madaniyat (ishlab chiqarish tajribasi, boshqaruv ko'nikmalari) bilan bog'liq bo'lgan "nomoddiy aktivlar"ni safarbar qilish, ular nafaqat shakllangan joyda, balki boshqa mamlakatlarga ham o'tkazilishi mumkin (masalan, filiallarda shaxsiy javobgarlikning Amerika tamoyillarini joriy etish orqali). AQSh firmalarining butun sayyorasi ostida ishlaydi);
• xorijiy resurslardan foydalanish (arzonroq yoki ko‘proq malakali ishchi kuchi, xomashyo, ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar salohiyati, ishlab chiqarish salohiyati va qabul qiluvchi davlatning moliyaviy resurslaridan foydalanish) orqali samaradorlikni oshirish va raqobatbardoshlikni oshirishning qo‘shimcha imkoniyatlari;
• kompaniyaning xorijiy filiali mahsuloti iste'molchilariga yaqinligi va qabul qiluvchi mamlakatdagi bozorlar istiqbollari va firmalarning raqobatbardosh salohiyati haqida ma'lumot olish imkoniyati. Transmilliy korporatsiyalar filiallari bosh kompaniya va uning filiallarining ilmiy-texnik va boshqaruv salohiyatidan foydalanish natijasida qabul qiluvchi davlat firmalariga nisbatan muhim ustunliklarga ega bo‘ladilar;
• davlatning, xususan, turli mamlakatlardagi soliq, siyosatning o‘ziga xos xususiyatlaridan, valyuta kurslarining farqidan va hokazolardan foydalanish imkoniyati;
• o'z texnologiyalari va mahsulotlarining hayot aylanishini uzaytirish, eskirganligi sababli ularni xorijiy filiallarga o'tkazish va bosh mamlakatdagi bo'limlarning kuchlari va resurslarini yangi texnologiyalar va mahsulotlarni ishlab chiqishga jamlash qobiliyati;
• tovarlar eksportini kapital eksporti bilan almashtirish (ya'ni, xorijiy filiallarni tashkil etish) orqali u yoki bu mamlakat bozoriga kirishning turli xildagi protektsionistik to'siqlarni engib o'tish qobiliyati;
• yirik firmaning o'z ishlab chiqarishini dunyoning turli mamlakatlari o'rtasida taqsimlash orqali ishlab chiqarish faoliyatidagi risklarni kamaytirish qobiliyati.
Transmilliy kompaniyalar noyob moliyaviy imkoniyatlarga ega. Jahon savdosining 40% dan ortig'i TMKlar doirasida amalga oshirilganligi sababli, kompaniyalar bozor narxlaridan emas, balki butun kompaniya strategiyasi asosida shakllanadigan transfer (shartli) narxlardan foydalanadilar. Transfer bahosi orqali kompaniyalar resurslarni tejashlari, foyda va zararlarni qayta taqsimlashlari va soliqqa tortishdan qochishlari mumkin. Transmilliy korporatsiyalar byudjeti dunyoning ayrim davlatlarining davlat byudjetlaridan bir necha barobar ko'p bo'lishi mumkin. Bunday keng moliyaviy resurslar TMKlarga mezbon davlatga nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy ta’sir ko‘rsatish, siyosiy lobbichilik va zarur qonunlarni qabul qilishni moliyalashtirish imkonini beradi.
TMK larning afzalliklari orasida asosiy kompaniyalar tomonidan ularning xorijiy filiallariga texnologiyalarni uzatishning moslashuvchan tizimi kiradi, bu ko'pincha kompaniya ichidagi xususiyatga ega va tekin (bepul). Shunday qilib, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari korxonalar o'rtasida juda tez tarqaldi, bu esa yangi tovarlar ishlab chiqarishni tezda yo'lga qo'yish, innovatsiyalarni o'zlashtirish vaqtini qisqartirish, bojxona va boshqa mamlakat to'siqlarini chetlab o'tish imkonini beradi.
3 Butun dunyoda faoliyat yurituvchi transmilliy kompaniyalar turli xil madaniy va kasbiy ma'lumotlarga ega bo'lgan xodimlarni ish bilan ta'minlaydi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, bu kompaniyani faqat mahalliy ishchi kuchidan foydalanadigan an'anaviy monomadaniy firmalarga qaraganda raqobatbardoshroq qiladi. TMK faoliyatining ijobiy tomonlarini sanab o‘tgan holda, ular qabul qiluvchi davlat iqtisodiyotiga va jahon jahon iqtisodiyotiga quyidagi jihatlar bo‘yicha salmoqli hissa qo‘shishga qodirligini ta’kidlash joiz:
• • resurslarni optimal taqsimlashga hissa qo'shish;
• •ishlab chiqarishni eng maqbul joylashtirishga hissa qo‘shish;
• • ular tufayli yangi texnologiyalar va tovarlar faol tarqalmoqda;
• • raqobatning kuchayishiga hissa qo'shish;
• • xalqaro hamkorlikni kengaytirishga hissa qo'shish.
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarda TMK faoliyatining ijobiy tomonlarini qayd etgan holda, ularning faoliyat yuritayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga salbiy ta’sirini ham unutmaslik kerak. Shu bilan birga, ba'zida TMK faoliyatining afzalliklari qabul qiluvchi mamlakat uchun katta yo'qotishlarga olib kelishi mumkin. Muhim salbiy ta'sirlarga quyidagilar kiradi:
Transmilliy korporatsiyalarning kamchiliklari ro'yxati
1. Ular ish o'rinlari qotil bo'lishi mumkin.
Transmilliy korporatsiyalar ba'zi bozorlarga bandlik imkoniyatlarini qo'shishi mumkin bo'lgani kabi, boshqalarda ham ularni qisqartirishi mumkin. Ko'pincha ochiq lavozimlar bo'yicha eng ko'p imtiyozlarni vatan emas, balki xorijiy davlatlar oladi. Buning sababi shundaki, ushbu tuzilmaning aksariyat korporatsiyalari uchun yashash uchun standart talablar boshqa joylarda ancha past. Agar siz birovga soatiga 23 dollar to'lash o'rniga yaxshi hayot sifatini taklif qiladigan ishni bajarish uchun soatiga 3 dollar to'lashingiz mumkin bo'lsa, autsorsing amalga oshishi ehtimoli katta.
2. Monopoliyalar qurish imkoniyatini yaratadi.
Transmilliy korporatsiyalar noyobdir, chunki ular boshqa transmilliy kompaniyalar foydalanadigan markazlashtirilgan tuzilmani yo'q qiladi. Bu shuni anglatadiki, har bir bozor mustaqil ob'ekt sifatida qaraladi. Umumiy korporatsiya uchun ushbu tuzilma ko'plab mamlakatlarda bozorlarni monopollashtirish uchun ko'proq imkoniyatlar yaratadi. Biznes bir xil nom ostida yoki turli brendlar orqali ishlaydimi, u raqobatni chetlab o'tishi mumkin. Bu mijozlar tanlovini cheklaydi, bu esa korporatsiyaga o'z daromadlarini oshirish uchun imkoniyatlar yaratadi.
3. Ba'zi kompaniyalar yaxshi turmush darajasi uchun etarli pul to'lamasligi mumkin.
Bangladeshning tikuvchilik sanoati transmilliy kompaniyalar mehnat xarajatlarini global miqyosda qanday ishlatishga qodir ekanligining yorqin namunasidir. Sanoat ishchilari uchun eng kam ish haqi dunyodagi eng past ko'rsatkichlardan biridir. 2018-yil iyul oyida joriy minimal miqdor oyiga 5300 taka edi, bu 63 dollarga teng. Ishchilar ish tashlashga chiqdilar, chunki ular yangi minimal 16 000 taka yoki oyiga 191 dollarni belgilashni xohladilar, bu hali ham dunyodagi eng past maoshlardan biri bo'ladi.
4. Transmilliy korporatsiyalar mahalliy korxonalar kabi harakat qiladi, bu esa mahalliy korxonalarni bankrot qilishi mumkin.
Transmilliy korporatsiyalar, ayniqsa, tashqi bozorlarda ko'plab ish o'rinlarini yaratadi. Ushbu kompaniyalar Gollandiya kabi davlat uchun ko'rsatadigan ijobiy moliyaviy ta'sirni inkor etib bo'lmaydi. Biroq, shu bilan birga, bu tashkilotlar mahalliy darajada biznes egalik tuzilmasini o'zgartiradilar. Ular markazlashtirilgan joylashuvsiz ishlaganligi sababli, ko'plab transmilliy korporatsiyalar mahalliy biznes kabi ishlaydi. Ular o'zlarining kattaligi tufayli narxlarni pastroq ushlab turishlari mumkinligi sababli, ular bozordagi haqiqiy mahalliy korxonalardan qimmatroq bo'lishi mumkin. Ushbu korporatsiyalar mahalliy korxonalarni bankrotlikka majburlashlari odatiy hol emas, chunki ular boshqa darajada raqobatlasha oladilar.
5. Bu iste'molchilarning tanlovini cheklashi mumkin bo'lgan tuzilma.
Monopoliya ehtimoli mavjud bo'lganda, iste'molchi imkoniyatlari cheklangan bo'lishi mumkin. Raqobat kamaygan holda, transmilliy kompaniya o'zlari taklif qilayotgan mahsulot yoki xizmat sifatiga e'tibor qaratishni talab qilmaydi. Ularning mijozlari ular bilan ishlashga majbur, ya'ni ular xohlagan narsani qilishlari mumkin. Ba'zi mijozlar monopoliya mavjudligini hatto tushunmasligi ham mumkin. Misol tariqasida Coca-Cola kompaniyasini ishlatadigan bo'lsak, 200 dan ortiq mamlakatlarda to'liq yoki qisman egalik qiladigan 500 dan ortiq brendlar mavjud. Bacardi, Dasani, Enviga, Fresca va Gold Peak choylari Coca-Cola soyaboni ostida ekanligini bilarmidingiz?
6. Transmilliy korporatsiyalar yashirin xarajatlarni taklif qiladi.
Walmart kabi kompaniya jamiyatlarga qo'shimcha maoshlar uchun milliardlab xarajatlarga olib kelishi mumkin, chunki ular taqdim etayotgan ish haqining pastligi, ammo bu dunyodagi eng yirik kompaniyalar uchun korporativ farovonlik uchun soliq to'lovchi xarajatlari bilan solishtirganda hech narsa emas - hatto Qo'shma Shtatlarda. 2006 yilda an'anaviy ijtimoiy ta'minot dasturlari AQSh hukumatiga 59 milliard dollarga tushdi. Hukumat korporativ subsidiyalar uchun sarflagan miqdori 92 milliard dollarni tashkil etdi.
• TMKlar milliy firmalarni o'z kuchlari bilan bosib oladilar. O'z faoliyatining ko'lamini va TMKlarning vatanining manfaatlariga sherik davlat manfaatlariga zidligini hisobga olgan holda, ular o'zlari faoliyat yuritayotgan mamlakatlarning iqtisodiy siyosatiga qarshilik ko'rsatishi, tashqi iqtisodiy sohani tartibsizlashtirishi mumkin. qabul qiluvchi davlat;
• davlat soliq qonunchiligini chetlab o'tishga qodir, bu esa hamkor davlatning davlat va mahalliy byudjetlariga mablag'larning to'liq tushmasligiga olib keladi. TMKlarning turli mamlakatlarda faoliyat yurituvchi sho‘ba korxonalari transfer narxlaridan foydalangan holda soliq tushumlarini bir shtatdan boshqa davlatga o‘tkazish yo‘li bilan ustalik bilan yashiradi;
• monopolistik tarzda oshirilgan narxlarni belgilashi, sherik-davlatlar manfaatlarini buzadigan o'z shartlarini qo'yishi mumkin;
4
Ushbu transmilliy korporatsiyaning afzalliklari va kamchiliklari bizga xarid qilishda biz yoqtiradigan narxlash tuzilmalari ko'pincha ushbu tuzilma bilan bog'liqligini ko'rsatadi. Bu bizning byudjetimizga yordam beradi, lekin bu ishchilar oladigan daromadlar hisobiga keladi. Narxlarni ushlab turish uchun ushbu kompaniyalarning kattaligi ishchilarning ish haqiga bosim o'tkazish uchun ishlatilishi mumkin. Ba'zi mijozlar uchun, shuning uchun ular o'z jamiyatlarining iqtisodiyotini qo'llab-quvvatlash uchun xalqaro miqyosda bo'lmagan mahalliy do'konlarda xarid qilishadi.
TRANSMILLIY KORPORATSIYALARNING INNOVATSION FAOLIYATIDAGI MAVJUD TENDENSIYALARI.
Zamonaviy milliy iqtisodiy tizimning va jahon iqtisodiyotining muhim xususiyati bo’lib, xo’jalik faoliyatining turli sohalarida ishlab chiqarish va kapital to’planishining jadallashgan o’sishi hisoblanadi.
Zamonaviy korparatsiyalar shubhasiz, mamlakatda va jahonda yirik iqtisodiy va moliyaviy maekazga aylanishi mumkin.
Ularning milliy va jahon iqtisodiyotiga qo’shadigan hissasi yangi iqtisodiy hududning tashkil topishida, milliy va jahon bozorlarini rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Yirik korporatsiyalarning sotish hajmi dunyoning ko’plab mamlakatlari YIM hajmidan ohib ketadi. Dunyodagi ikkiyuzta yirik transmilliy kompaniyalarning umumiy sotish hajmi AQSH, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, uyuk Britaniya, Italiya, XXR, Braziliya, Kanada, Ispaniyadan tashqari barcha mamlakatlarning YIM hajmidan ortiqdir. Oxirgi 25yilda ushbu ko’rsatkich mazkur tuzilmalar uchun ishchilar soni 14.4 foizga oshgani holda deyarli 4 marta ko’paygan.
Do'stlaringiz bilan baham: |