Transmilliy
korporatsiya
Transmilliy korporatsiya (TMK) — xorijiy aktivlarga ega boʻlgan, operatsiyalarining kamida
1/4 qismini mamlakat tashqarisida, oʻzi roʻyxatga olingan
chet mamlakatda amalga
oshiradigan yirik korporatsiya. Tashkiliy jihatdan bosh kompaniya asosiy kapitalining shoʻʼba
korxonalar kapitalida qatnashuvi tamoyiliga asoslanadi. TMK ishlab chiqarish.ni uzluksiz
oʻstirish hamda integratsiyalashuv siyosati, firma, kompaniyalarning bir maqsadni koʻzlab
qoʻshilishi (qoʻshilish,
sotib olish, moliyaishlab chiqarish. guruhlarni tashkil qilish) hisobiga
paydo boʻladi. Ixtisoslashuviga koʻra, sanoat, xizmat koʻrsatish, savdo-sotiq, bank, sugʻurta va
boshqa tarmoqdarda faoliyat olib boradi.
1118-yilda Orden Tamplier tomonidan asos solingan va birinchilardan bo'lib 1135-yilda
transmilliy moliya muassasasi sifatida bank sohasidagi ishlar bilan shug'ullana boshlagan.
Birinchi transmilliy kompaniyaga 1600-ylda Gollandiyaning Ost-Indiya
kompaniyasi asosida
Britaniyaning Ost-Indiya kompaniyasiga asos solingan. Ikkinchi jahon urushi (1939— 45) dan
keyin ularning roli yana oshdi. 21-asr boshida jahon ishlab chiqarishining katta qismi TMK
qoʻlida toʻplangan. Amerikaning Gʻarbiy Yevropa va Kanadada,
bir qancha rivojlanayotgan
mamlakatlarda oʻz korxonalari tarmoqlariga ega boʻlgan TMKlari faoliyat koʻrsatadi. Mas.,
"Ford" avtomobil konsernining 30 ta mamlakatda filiallari bor. Yirik ingliz kompaniyalari
("British petroleum", "IKI" va boshqalar), Germaniya ("Xerst", "Simens" va boshqalar),
Gollandiyaning "Filips" konsernlari TMKlardir. TMK faoliyati ham milliy (ichki), ham tashqi
bozorga yoʻnaltiriladi. Odatda, TMK kuchli ilmiy-texnikaviy salohiyatga ega boʻladi. Mac, "Ford
motor"ning AQSH Detroyt shahrida 100 mingdan koʻproq
muhandistexnik xodimlar, olimlar,
texnologlar, dizaynerlar ishlaydigan ilmiy-texnika markazi bor. TMK oʻz tarkibini va faoliyat
yoʻnalishlarini muntazam yangilab turadi. Ularning asosiy maqsadi bozorlarning bir
segmentini emas, balki jahon bozorlarida mustahkam ustuvorlikni egallashdan iborat.
Soʻnggi tahrir 2 oylar avval
MalikxanBot
tomonidan amalga oshirildi
20-asrning 90-yillaridan boshlab Oʻzbekiston sanoatining koʻp tarmoklarida jahondagi
koʻpgina TMKlar ishtirokida sanoat korxonalari tashkil topdi. "OʻzDEU avto" (qarang
Asaka
avtomobil
zavodi
), ZarafshonNyumont, "Kabul tekstaplz", "KokaKola", "Nestle", "Keys
Korporeyshn" va boshqa shular jumlasidandir.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Transmil
liy_korporatsiya&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Transmilliy_korporatsiya&o
ldid=2442351
" dan olindi