Lekin: Unvon nomlari ismsiz yolg’iz ishlatilsa the artikli bilan ishlatiladi: the President, the Queen, the General, the Poetress – shoira.
3. Muomala yoki birovni chaqirish uchun ishlatilgan mansabni yoki unvonni ifodalovchi otlar ham artiklsiz ishlatiladi: Good morning, Captain! – Salom Kapitan May I ask you a question, teacher? Maylimi savol so’rasam, ustoz?
4. Father, Mother, brother va boshqa oila a’zolarini ifodalovchi so’zlar shu oila a’zolari tomonidan aytilsa artiklsiz ishlatiladi va katta harf bilan yoziladi: I shall tell Father about it – Men bu haqda otamga aytaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |