4. They – olmoshi esa asosan “They say” (aytishlaricha) birikmasida butun odamlarni nazarda tutgan holda ishlatiladi: They say Anvar eats 25 eggs a day. Aytishlaricha Anvar bir kunda 25ta tuxum yeyarkan.
5. It – olmoshi noma’lum kishini aniq aytishda yoki biror kishini shaxsini aniqlashda kishilarga nisbatan ham ishlatiladi: Who is Tom? It’s me. Who is knocking at the door? I think it’s Tom. Eshikni kim taqqilatyapti? Menimcha u Tom. Shuningdek It olmoshi ob-havo, vaqt, masofa va barcha tur o’lchovlar haqidagi shaxssiz gaplarda ega vazifasida keladi, ammo tarjima qilinmaydi: It is snowing. Qor yog’yapti. It is cold. Sovuq. It is 7 o’clock. Soat 7. It is six km. Olti kilometr.
Do'stlaringiz bilan baham: |