Ishlatilishi (Usage)
1. Bu zamon har kuni takroriy ravishda sodir bo’laveradigan ish-harakat va holatlarga nisbatan ishlatiladi: I go to school every day. Men har kuni maktabga boraman. She brushes her teeth every morning. U har kuni ertalab tishini yuvadi.
2. Mutloq haqiqatlarga shu zamon ishlatiladi: The earth goes round the Sun. Yer quyosh atrofida aylanadi. The Sun rises in the East. Quyosh Sharqdan chiqadi.
3. Dastur va jadvallarda bajariladigan ish-harakatlar uchun shu zamon ishlatiladi: The film begins at ten o’clock. Kino soat 10 da boshlanadi. The bus comes at nine o’clock and leaves at eleven o’clock. Avtobus soat 9 da keladi va soat 11 da jo’nab ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |