Transformatorlar. Iste’molchilarni elektr bilan ta’minlash sistemasida ishlatiladigan transformatorlar kuch transformatorlari deb ataladi. Transformatorlar, shuningdek, elektr o’lchash, elektrotermik qurilmalarida, radiotexnikada, elektronikada, avtomatik boshqarish qurilmalarida va texnikaning boshqa sohalarida ishlatiladi.
Elektr energiyasini elektr stantsiyalardan iste’molchilarga uzatish protsessida biror kuchlanishli elektr tokining kuchlanishini xuddi o‘sha chastotali boshqa kuchlanishga bir necha bor o‘zgartiriladi. Bu o‘zgartirishlar kuchaytiruvchi va pasaytiruvchi transformatorlar vositasida amalga oshiriladi. Transformatorning o’zagi ma’lum shakldagi berk rama ko’rinishida yig’ilgan alohida elektrotexnikaviy po’lat listlardan iborat. Bu o’zakka ikkita chulg‘am deb ataladi, uning o’ramlari soni w1 bo’lsin. Iste’molchini ta’minlaydigan chulg‘am ikkilamchi chulg‘am deb ataladi, uning o’ramlari soni w2 bo’lsin.
Bu chulg‘amlarga tegishli kattaliklar ham birlamchi va ikkilamchi deb yuritiladi va 1 hamda 2 indeksi bilan yoziladi.
Agar birlamchi chulg‘amga U1 kuchlanish berilsa, u holda chulg‘amda o‘zgaruvchan I1 toki va demak o‘zgaruvchan magnit oqimi hosil bo‘ladi. Bu magnit oqimi birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlar bilan ilashishish natijasida elektromagnit induktsiya qonuniga binoan birlamchi e1 ikkilamchi e2 lar hosil bo‘ladi.
Hosil bo’lgan E.YU.K. larning kattaligi chulg‘amlarning o’ramlari soniga proportsional bo‘ladi:
е1 = - w1 dФ / dt e2 = - w2 dФ / dt
Transformatorning birlamchi chulg‘amdan tok o’tganda uning o’zagida shu tokka proportsional bo’lgan magnit oqimi hosil bo‘ladi. Bu oqim ham sinusoidal qonun bo’yicha o‘zgaradi.
Ф = Фм sint
Transformator chulg‘amlarida hosil bo’lgan elektr yurituvchi kuchni topish uchun uni differentsiallaymiz.
е1= - w1 dФ / dt = -w1 d(Фм sint) / dt = - w1 Фм cost
bunda
cost = - sin(t- /2)
bo’lgani uchun
e1 =w1Фм sin(t- /2) bo‘ladi.
Shuningdek, ikkilamchi chulg‘amdagi e.yu.k.
e2 =w2Фм sin(t- /2) bo‘ladi.
bu ifodalar trasformator chulg‘amlarida hosil bulgan elektr yurituvchi kuchlar ham sinusoidal konun buyicha o‘zga rishini hamda ularning fazasi magnit oqimining fazasiga nisbatan φ burchakka orkada olishini ko‘rsatadi. Birinchi chulg‘amdagi e.yu.k. ning qiymatini aniqlaymiz. Agar sin(t- /2) =1 bulsa e1 = Emax bo‘ladi.
Shuning uchun
E1m = w1Фм
E1m ni 2 ga bo’lib birlamchi chulg‘amda hosil bulgan e.yu.k ning effektiv qiymatini aniklaymiz.
E1 = 4,44 w1 f1Фм
Xuddi shuningdek, ikkilamchi chulg‘amdagi E.YU.K. ning qiymati;
E2 = 4,44 w2 f2Фм
Demak, transformatorning birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarida hosil bulgan E.YU.K. larning qiymati chulg‘amlarning o’ramlari soniga proportsional ekan.
Magnit oqimi esa
Фm = E / 4,44wf
Endi magnit induktsiyasining maksimal qiymatini topamiz:
Bm = Фм / S
Bu yerda F-magnit oqimi, Vb,
S-magnit o‘tkazgich kundalang kesimining yuzi m2 Transformatorning birlamchi e.yu.k. ning ikkilamchi chulg‘ami E.YU.K. iga nisbati transformatorning transformatsiyalash koeffitsiyenti deb ataladi. Transformatsiyalash koeffitsiyenti deb ataladi. Transformatsiyalash koeffitsiyenti k harfi bilan belgilanadi:
k = E1 / E2 = w1 /w2 Transformatsiyalash koeffitsiyenti transformatorning kuchlanish qiymatini necha marta kuchaytirib yoki pasaytirib berishini bildiradi.
w1 > w2 pasaytiruvchi transformator bu holda k >1
w1 < w2 kuchaytiruvchi transformator bu holda k <1