"PAXTABANK" ATB
Paxtalizing zervis korxonasi
_L
Servis ho'limi
L
Extiyol qismlar bu'lini
Markaziy ombor 1
O'quv markazi f
_L
Qoraqalpog'iston respublikasi ra viloyatlar servis markazlari
Qoraqalpog'iston respublikasi —
|
|
Samarqand
|
|
|
|
Andijon -•—
|
|
Surxondaryo
|
|
|
|
В uxorо —
|
|
Qashqadarvo
|
|
|
|
|
Jizzax —
|
——
|
Xorazm
|
|
|
|
|
Navoi —
|
|
Farg'ona
|
|
|
|
|
Namangan —
|
|
Tashkent
|
|
Sirdaryo —
|
|
|
86-rasm. “PAXTABANK” ATB korhonasi tuzilmasi
Mashina-traktor stansiyalari (MTS)ning markaziy ta’mirlash ustaxonasi (MTU)da traktorlar, ularning dvigatellari kapital ta’mirlangan. Xo‘jalikda joylashgan brigada ustaxonasida murakkab texnik qarovlar o‘tkazilgan va nosoz detallar, qismlar va mexanizmlar almashtirilgan. MTSlar dalalarda yangi texnikadan samarali foydalanish imkoniyatini yaratgan va shartnoma asosida asosiy agrotexnik tadbirlar bajarilgan, fan yutuqlari va ilg‘or tajribalar faol targ‘ib qilingan, kadrlar tayyorlashga e’tibor berilgan (87-rasm)
.
87-rasm. “Agroaltayservis” korhonasi tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining 95-sonli (24.03.95 y.), 432-sonli (06.12.96 y.), 152- sonli (19.03.97 y.) va 106-sonli (10.03.98 y.) karorlari asosida tuman mashina traktor park (MTP)lari tizimini tashkil etilgan va rivojlantirilgan.
Mazkur xujjatlarga asosida tuman MTPlarining funksiyalari etib belgilangan va ular quyidagilarni o‘z ichiga olgan:
fermerlar va boshqa mahsulot etishtiruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarga binoan tuproqqa ishlov berish, ekinlarni etishtirish va hosilni yig‘ishtirish bilan bog‘liq mexanizatsiyalashgan ishlarni bajarish;
mashina, uzel va agregatlarni kapital va joriy ta’mirlash, detallarini kayta tiklash va yangilash;
fermerlarning ehtiyot qismlar va boshqa resurslar (mashina, dvigatel, ta’mirlash materiallari va boshqalar) bilan ta’minlash;
fermerlarga yangi va kapital ta’mirdan chiqqan mashinalarni etkazib berimsh;
transport xizmatlarini ko‘rsatish;
texnologik xizmatlar ko‘rsatish (mashinalarni rostlash va sozlash, mexanizatorlarni o‘qitish, qayta tayyorlash va boshqalar).
rasm. Texnik servis strategiyalari
Mukobil mashina traktor park (MTP)lar tugatilgan shirkat xo‘jaliklarining markaziy ta’mirlash ustaxonalari va texnika parklari negizida tashkil etilgan bo‘lib, xududlarda joylashgan fermer xo‘jaliklarining dala ishlarini bajarish, fermerlarning borona, seyalka, kultivator, tirkama vqa boshqa oddiy mashinalarini ta’mirlash, agrotexnik mavsumlar davomida ko‘chma ustaxonalar bilan texnik xizmat ko‘rsatish vazifalarini bajaradi (89-rasm)
.
T
Savdo
tarmog'i
Reklama
bo'limi
exnik servis markazi
Tezkor ma'mirlash
|
|
Tezkor ma'mirlash
|
|
|
Soluv oldi texnik
|
|
Konstruktorlik,
|
bo'limi (ko'chma
|
|
bo'limi (ko'chma
|
|
|
xizmat ko'rsatish
|
|
texnologik va
|
ta'mirlash)
|
|
texnik xizmat ko'rsatish)
|
|
|
bo'limi
|
|
lovihalash bo'limi I
|
Ixtisoslashgan ta'mirlash korxonasi yoki ustaxona
Kadrlar
tayyorlash
markazi
Tuman va xo'jaliklardagi texnik servis shohobchaiari
Ijara, hisobdan chiqarish va yang Hash bo'limi
Soluv okdi texnik xizmat ko'rsatish bo'limi
ООО 0 0 ООО
rasm. Servis markazi xizmat ko’rsatish tizimi
Qishloq xo‘jaligi texnikalariga texnik xizmat ko‘rsatish tizimining samarasini oshirish quyidagi maqsadlarni ko‘zlagan:
ishlab chiqarilayotgan mashinalarning me’yoriy xujjatlarda belgilab qo‘yilgan texnik puxtaligi va ta’mirbobligini ta’minlash;
mashinasozlik korxonalarning tumanlararo yoki tuman texnik markazlarini tashkil etish, ularga servis tashkiloti maqomini berish;
“O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasining viloyat filiali tarkibida Texnik markazni tashkil etish va unga tegishli xizmat ko‘rsatish vazifalarini yuklash;
barcha viloyatlarda “Paxtalizingservis” MCHJning filiallarini ochish;
“O‘zagromashservis” assotsiatsiyasining ta’mirlash korxonalarida ta’mir turlari, hajmlari va sifatini oshirish, ulardagi mavjud quvvatlarning bir qismini oddiy qishloq xo‘jaligi mashinalarini seriyali ishlab chiqarishga yo‘naltirish
;
iste’molchilarga tegishli murakkab mashinalarning barcha turlarini kapital ta’mirlash, ularga sifatli exnik xizmat kursatish, fermer xo‘jaliklarining mexanizatsiyalashgan agrotexnik tadbirlarini maqbul muddatlar va talablar darajasida bajarish ishlarini tuman MTPlarning asosiy vazifalari etib belgilab ko‘yish;
“O‘zKeysservis” qo‘shma korxonasi tomonidan xorijiy texnika vositalariga ko‘rsatilayotgan texnik servisning sifati, tezkorligi va hajmini keskin oshirish;
muqobil MTPlar faoliyatini muvofiqlashtirib borish va yaxshilash maqsadlarida Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va kimyolashtirish boshqarmasi” tarkibida “Muqobil MTPlar faoliyatini muvofiqlashtirish shu’basi”ni va viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi (QSXB) tarkibida “Muqobil MTPlar faoliyatini muvofiqlashtirish guruxi”ni tashkil etish, tuman qishloq va suv xo‘jaligi (QSX) bo‘limi shtat jadvaliga “Muqobil MTPlar bo‘yicha muhandis” lavozimini joriy etish;
iste’molchilarga ko‘rsatilgan texnik xizmatlar to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish majburiyatlarini yuklash.
§. Rivojlangan xorijiy davlatlarda texnik servisning firmali usuli
Texnika ishlab chiqaruvchilar uchun: ishlab chiqaruvchi kompaniya texnikasidan foydalanishda asosiy detal va elementlarni ishlashini nazorat qilish, texnika bilan bog‘liq barcha ishlarni bajarish, ishlab chiqarish uchun qisqa va uzoq muddatli prognozlar tuzish imkoniyatining mavjudligi;
Qishloq xojalik korxonalari uchun: dilerlar tomonidan tiklash -tamirlash ishlarini sifatli bajarilishi, malum muddat ishlagandan so‘ng texnikani ishlab chiqaruvchiga qaytarib berish imkoniyati, bir xil turdaga texnikalarni, turli texnik parametrlarni keng nomenklaturasi, ishlab chiqariladigan texnikaning yuqori sifatliligini ta’minlash firmali texnik servisning ijobiy tomonlari hisoblanadi.
Texnika ishlab chiqaruvchilar uchun: har bir ishlab chiqaruvchi uchun ko‘plab dilerlik tizimining bo‘lishi, ularni tashkil etish va mablag‘lash-tirish bo‘yicha qiyinchiliklarning borligi, dilerlik tizimining doimiy texnika ishlatilayotgan joyga yaqin joylashmaganligi, ishlab chiqariladigan mahsulotning katta seriyada chiqarish imkoniyatining yo‘qligi, chiqarilayot-gan texnikaning katta partiyasini tiklashni tashkil etishning murakkabligi;
Qishloq xojalik korxonalari uchun: kafolat muddatidan so‘ng tiklash- tamirlash ishlarini qimmatligi, kafolat muddati davrida boshqa tashkilotlar tomonidan xizmat ko‘rsatilganda kafolatli xizmat ko‘rsatishdan voz kechish, turli ishlab chiqaruvchilar etkazgan texnikalar bo‘lganda barchasining dilerlarini manzilgohlari malum bo‘lishi kerakligi, ishlab chiqaruvchilarning texnikalarini ratsional ishlatishga qiziqishning yo‘qligi, texnikasi va zaxira-ehtiyot qismlarning nisbatan qimmatligi, ishlab chiqariladigan texnikalarning nisbatan sifatining pastligi, ommaviy ishlab chiqarilishi joylardagi tovar ishlab chiqaruvchilarning o‘ziga hosligini inobatga olinmasligi texnik servisning salbiy tomonlari hisoblanadi.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, xorijda firmali texnik servisning tashkiliy tuzilmasi firmalar - mashina ishlab chiqaruvchilar, firmalarning yangi texnika importyorlari (general agentliklar) va dilerlardan iborat.
Firmali texnik servisning tashkiliy shakli va tuzilmasi turli davlatlarda turlicha ko‘rinishga ega bo‘lib, firma-ishlab chiqaruvchiga o‘zi ishlab chiqargan mashinalarning butun foydalanish davridagi texnik holati uchun javobgarligi umumiy tamoyil hisoblanadi.
Xorijiy davlatlarda ko‘p yillar davomida to‘plangan tajribalar natijalarining ko‘rsatishicha, firmali texnik servisni tashkil qilishning maqbul (ratsional) shakli - bu dilerlik tizimi hisoblanadi.
Amerika, Angliya, Germaniya, Gollandiya kabi xorijiy davlatlarda firmali texnik servisning tizimi (dilerlik tizimi) asosan uchta zonadan iborat: mashinasozlik korxonasi, diler va fermer xo‘jaliklaridan (90-rasmga qarang).
rasm. Xorijiy firmalarning fermer xo‘jaliklariga dilerlik faoliyati ko‘rsatuvchi tuzilmasi
Xorijiy firmalarning fermer xo‘jaliklariga dilerlik faoliyati ko‘rsatuvchi tuzilmasida dilerlik korxonalari (dilerlar) ikki xil qaram va mustaqil shaklda faoliyat ko‘rsatadi.
Qaram dilerlar faqat bitta mashinasozlik firmasi bilan faoliyat ko‘rsatadi, yangi texnikalarni sotadi va texnik servisni bajaradi. Keyingi yillarda qaram dilerlar mashinasozlik kompaniyalari vakillari sonining kamayish va aksincha, mustaqil dilerlar sonini ko‘payish tendensiyalari kuzatilmoqda.
Mustaqil dilerlar mashinasozlik kompaniyalari yoki firmalardan mustaqil bo‘lgan yuridik sub’ekt. Mustaqil dilerlik korxonalari bu, asosan oilaviy tashkilotlar bo‘lib, bir vaqtning o‘zida bir necha yirik kompaniyalarning litsenziyalari asosida ishonchli darajada faoliyat ko‘rsatadi va firmaviy servisni amalga oshiradi.
Xorijda buyurtmachilarga (fermerlarga) xizmat ko‘rsatishda quyidagi tamoyillarga amal qilinadi:
buyurtmachi o‘zining texnik nosoz texnikasini ta’mirlash oldidan undagi nosozliklar turi, holati hamda bajarilishi rejalashtirilayotgan ishlar ro‘yxati va bahosini oldindan tekshirib oladi;
buyurtmachi faqat o‘zi tanlab buyurtma bergan va bajarilgan ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish ishlari uchun haq to‘laydi;
ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish tadbirlari yuqori malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi;
bajarilgan remont va texnik xizmat ko‘rsatish ishlar uchun to‘lovlar aniq hisob-kitoblar asosida amalga oshiriladi. Buyurtmachi diler tomonidan qilingan hisob-kitoblarni to‘g‘riligini tekshirishga haqlidir.
Dilerlar fermerlarga va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtiruvchi sub’ektlarga quyidagi kompleks xizmatlar ko‘rsatadi:
iste’molchilarning yangi mashina, mexanizm va qurilmalar hamda xizmat turlariga bo‘lgan extiyojlarini o‘rganish, ularni jamlash, tahlil qilish va buyurtmalar portfelini shakllantirish;
buyurtmalarga asosan ularga yangi mexanizm va qurilmalar hamda extiyot qismlarni etkazib berish;
yangi mashina va mexanizmlarni sotishga tayyorlash (yig‘ish, chiniqtirish va bu jarayonda sodir bo‘lgan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish);
o‘z balansidagi mashina va mexanizmlarni mijozlarga ijara va prokatga berish;
mijozlarning xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan yoki ma’naviy eskirgan mashinalarini sotib olish, ularni qayta tiklash va sotish;
nosoz mashinalarga tashxis qo‘yish va ularga mavsumiy hamda yillik texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarish;
nosoz mashinalarni ta’mirlash ustaxonalariga etkazib borish va ularni ta’mirlash;
iste’molchilarga o‘zlarining mustaqil ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish bazalarini tashkil etishda uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish.
«Jon—Dir» va «Interneyshn» firmalarining xizmat ko‘rsatish radiusi 40...50 km bo‘lgan kichik diler korxonalarini tashkil etadilar.
«Kaperpillar» firmasi dilerlari esa katta radiuslarda xizmat ko‘rsatadilar. Dilerlar yangi texnikani sotish bilan birgalikda eski texnika savdosini ham o‘tkazadilar.
Rossiya Federatsiyasining Rostov oblastida «Belorusya Servis» dilerlik markazi ochilgan.
Rossiyaning bir qator xududlarida ham mijozlarga yangi texnika vositalari va extiyot qismlarni sotish bo‘yicha dilerlik tizimlari tuzilgan.
«Stavropolagropromsnab» dilerlik tizimi ko‘p yillardan beri faoliyat ko‘rsatmoqda [32, 33].
Nazorat savollari:
Qishloq xo‘jaligida texnik servisning rivojlanish tendensiyalarini tushuntirib bering.
Texnik servisda qanday kompleks xizmatlar bajariladi?
Avvalgi mashina traktor parklarini xozirgi parkidan farqi nimada?
Xorijiy davlatlar texnik servisning firmali usuli qanday tashkil etilgan?
Xorijiy davlatlar texnik servisning ijobiy va salbiy tomonlari nimada?
Xorijiy firmalarning fermer xo‘jaliklariga dilerlik xizmati qanday funksiyalarni bajaradi?
§. Ta’mir ishlarini rejalashtirish va foydalanishdagi ta’mir ishlarining xilma xilligi
Do'stlaringiz bilan baham: |