Oksidlanish. Alkenlar va alkinlar oson oksidlanadi. KmnO4 kaliy permanganatning suvli eritmasi etilenni etilenglikolgacha; asetilenni esa oksalat kislotagacha oksidlaydi:
2KMnO4 + 3CH2 = CH2 + 4HOH → 3CH2OH – CH2OH + + 2KOH + 2 MnO2
8KMnO4 + 3CH = CH + 4HOH → 3HOOC – COOH + + 8KOH + 8MnO2
Bu reaksiya ham bromli suv kabi to’yinmagan uglevodorodlarga sifat reaksiyasi sifatida qo’llanadi.
Kislorodda va havoda alkenlar oq-sariq rangli alanga hosil qilib, asetilen esa kislorodda yorqin, ko’zni qamashtiruvchi alanga hosil qilib yonadi:
CH2 = CH2 + 3O2 → 2CO2 + 2H2O
2CH = CH + 5O2 → 4CO2 + 2H2O + 3200 kJ
Asetilenning yonish reaksiyasidan metallarni kesish va payvandlash uchun foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |