Ultratovush. Ultratovush to`lqinlarining chastotasi 20 kGc dan yuqori bo`lgani tufayli bu to`lqinlarning to`lqin uzunligi tovush to`lqinlariga nisbatan qisqadir. Masalan, chastotasi 350 kGc bo`lganda havoda ultratovush to`lqinining uzunligi 1 mm chamasida, chastota 3 MGc bo`lganda esa to`lqin uzunligi 0,1 mm chamasida bo`ladi. Havoda tovush to`lqinlarining uzunligi 15 m dan 15 mm gacha oraliqda yotadi. Suyuqlik va qattiq muhitlarda to`lqin uzunligi yana ham katta. Amalda ana shunday uzunlikdagi bir tomonga yo`nalgan to`lqin yarata oladigan nurlatkich ko`rish imkoniyati yo`q. Uzunliklari ancha kichikroq bo`lgan ultratovush to`lqinlarining bir tomonga yo`nalgan dastasini (yoruglik dastasi kabi) hosil qilish mumkin. Masalan, agar ultratovush manbai bo`lib turgan yassi plastinkaning o`lchamlari to`lqin uzunligiga nisbatan katta bo`lsa, u holda plastinkadan yassi to`lqin tarqaladi; bu to`lqin projektordan yoruglik tarqalgani kabi, plastinka yuzidan tarqalayotgan parallel nurlar dastasiga uhshaydi.
Hozirgi vaqtda ultratovush to`lqinlarini yaratish uchun asosan ikkita hodisa: teskari pezoelektrik effekt hamda magnitostriksiya hodisalaridan foydalaniladi.Teskari pezoelektrik effekt shundan iboratki, bazi bir kristallardang (masalan,kvarc,segnet tuzi, bariy titanat tuzi va boshqalardan) malum usul bilan kesib olingan plastinka elektr maydon tasirida deformasiyalanadi (maydon bir tomonga yo`nalganda cho`zilsa, teskari tomonga yo`nalganda esa siqiladi). Ana shunday plastinkani o`zgaruvchan kuchlanish berilgan metall qoplamalari orasiga joylashtirsak, plastinkaning majburiy mehanik tebranishlari yuzaga keladi. Agar elektr kuchlanishning o`zgarish chastotasi platsinkaning hususiy tebranishlari chastotasiga mos kelsa, tebranishlar intensivlashadi. Shunday plastinka tutash (suyuqlik yoki gazsimon) muhitda joylashtirilgan bo`lsa, tebranishlar muhitga berilib, undagi ultratovush to`lqinlarni uygotadi. Magnitostriksiya esa magnitmaidon tasirida ferromagnit moddalar (temir, nikel, bazi kotishmalar) da yuz beradigan shunga uhshash hodisadir.
Ultratovush to`lqinlari inson faoliyatining turli–tuman sohalarida keng ishlatiladi. Masalan, ultratovush to`lqinlari ilmiy–tadqiqot ishlarida modda (ainiqsa, suyuqlik) ning hossalarini o`rganish maqsadida; suvda lokasiya ishlari olib borishda, yani buyumlarni topish va ulargacha bo`lgan masofani aniqlashda (lokatorlar); chuqurlikni o`lchash va dengiz tubining relefini aniqlash ishlarida (eholotlar); ultratovush defektoskopiyasida, yani metall buyumlarning nuqson (defekt) larini topish, ularning o`lchamlarini va qaerda joylashganliklarini aniqlashda (defektoskop) va boshqa ko`p maqsadlarda keng qo`llaniladi. Ultratovush to`lqinlari manbadan tarqalib, o`z yo`lida to`siqqa uchraganda undan qaytadi. Qaytgan tovushlarni qayd qilib va ultratovush impulsini yuborish va qayd qilish orasidagi vaqtni bo`lgan holda qaytaruvchi buyumning qaerda va qanday masofada turganini aniqlash mumkin. Lokatorlar eholotlar va defektroskoplarning ishlash principi ultratovushning ana shundai qaitishiga asoslangan.
Ultratovushning biologik va fiziologik tasirlari ham bor. Bundan tibbiiotda davolash maksadida, sut mahsulotlarini va dori–darmonlarni soflashda,kishlok hujaligida bazi usimliklar (kartoshka, nuhat va shunga uhshashlar) ning uruglarini tez undirib olish va hosildorligini oshirishda va hokazo maksadlarda keng foidalaniladi.
Ultratovush tebranishlarni hosil qilishda maʼlum fizik hodisalarga asoslanib yasalgan Ultratovush nurlatkichlari qurilmalaridan foydalaniladi. Mexanik nurlatkichlarda Ultratovush tebranishlar gaz yoki suyuqlik oqimining mexanik energiyasi hisobiga sodir boʻladi.
Elektromagnit nurlatkichlarning magnitostriksiya va pyezoelektr hodisalariga asoslangan turlari keng tarqalgan. Ultratovush suv osti kemalarini izlashda, dengiz (okean) chuqurligini aniklashda, texnologik jarayonlarni tezlatishda, qiyin kechadigan baʼzi kimyoviy reaksiyalarni roʻyobga chiqarishda, massa almashinish, kristall oʻstirish, elektroliz kabi jarayonlarni tezlatishda, moddalarning fizik xususiyatlarini oʻrganishda, materiallar sifatini tekshirishda (q. Defektoskopiya), moddalarga ishlov berishda, diagnostika va davolashda keng qoʻllaniladi.
XULOSA
Xulosa qlib aytadgan bo’lsak ultratuvshlar bugungi kunda insonyat hayotidagi deyarli har bir sohada muhim ahamiyatga ega. Ultrativush yordamida inson uchun mushkul bo’lgan vazifalarni yengilatish , tibbiyot sohasida insonlarni davolash, harbiy sohada turli texnikalar yordamida uzoq masafalardan yoki ko’z ilg’amayadigan joylarda faoliyat olib borishda va shu kabi ko’pkina sohalarda foydalanish mumkin. Bundan ko’rinib turbdiki ultratovushlarni o’rganish insoniyat hayotida katta va muhum ahamiyatga ega ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |