TOVARLARNI BOJXONA BAHOSI VA RASMIYLASHTIRUVI
Mundarija
Kirish…………………………………………………………..
Bojxona organlarining vazifasi va funksiyasi…………………
Bojxona tarif siyosatining asosiy yo’nalishlari, bojxona tarif siyosati…………………………………………………………..
Tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvi……………………………
Tovarlarni bojxona bahosidan o’tkazish………………….........
Xulosa.………………………………………………………….
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………….
KIRISH
Markaziy Osiyoda Soʻgʻdiyona va Baqtriya-Tohariston savdo yoʻllari qadim-qadimdan Buyuk ipak yoʻlining eng gavjum tarmoqlaridan hisoblangan. Soʻgʻdiy savdogarlar uzoq Sharq va Vyetnamgacha borganliklari toʻgʻrisida maʼlumotlar saqlanib qolgan boʻlsa, Baqtriya-Toharistonning ushbu hududlarda buddaviy va monexiylik dinlari yoyilishidagi oʻrni ham kattadir. Mazkur oʻlkalarni bevosita bogʻlab turgan janubiy Hisor togʻlaridagi savdo yoʻllarining asosiy yoʻnalishi va mavsumiy tarmoqlari esa, arxeologik va yozma maʼlumotlarga qaraganda Buyuk ipak yoʻli shakllanishidan ming yillar avval amalda boʻlib, uch yoʻnalishga ajralgan: gʻarbiy – dasht yoʻnalishi, hozirgi Surxondaryo viloyati bilan Turkmanistonni bogʻlab turuvchi temir yoʻl shoxobchasiga deyarli mos keladi.
Temirdarvoza orqali oʻtadigan markaziy yoʻnalish eng qulay, yaqin va tabiiyki, doimiy yoʻl hisoblangan. Soʻngra asosiy yoʻl Temirdarvoza, Zogʻxona dovoni (hozirgi Sayrob qishlogʻi) va Sherobod daryosi boʻylab Sherobod shahri, Amudaryoning Shoʻrob kechuvi orqali Balxga borgan.
Shuni ham aytib oʻtish joizki, Hisor savdo yoʻllari koʻplab tosh devorlar va nazorat qoʻrgʻonlari vositasida muhofaza qilib turilgan. Bu esa savdo yoʻllariga boʻlgan yuksak eʼtibordan yaqqol dalolatdir.
Sherobod dahanasida, daryoning chap sohilidagi qoya ustida joylashgan Tavka qalʼasida olib borilgan izlanishlar Buyuk ipak yoʻlini oʻrganishda oʻziga xos kashfiyot boʻldi.
Tavka devoriy suratlarining tahlili va boshqa arxeologik topilmalar asosida bu qalʼani milodning VI-VII asrlari bilan bogʻlash mumkin. Maʼlumki, oʻsha davrda Tohariston Oʻrta Osiyoning koʻplab hududlari singari Gʻarbiy Turk hoqonligi tarkibiga kirgan. Bu hoqonlik bilan Sosoniylar va Vizantiya imperiyasining Buyuk ipak yoʻlidagi oʻzaro raqobati ularning yoʻlga boʻlgan munosabatlaridan, yaʼni yoʻlning ular iqtisodiyotiga ahamiyatidan kelib chiqqan.
Keyingi yillarda ochilgan qator arxeologik yodgorliklar Sherobod dahanalari, joʻgʻrofiy sharoitga koʻra, togʻ hududidan tekislikka chiqish yoʻli boʻlganligini tasdiqlamoqda. Dahana tosh devorlari shu davrlarda ham amalda boʻlgan. Yuqorida qayd qilingan asosiy va mavsumiy tarmoqlarda joylashgan yodgorliklar ichida Tavka qoʻrgʻonining alohida oʻrni boʻlgan. U soʻzsiz Buyuk ipak yoʻlining janubiy Hisor togʻlari boʻylab oʻtgan qismidagi muhim manzilgohlardan biridir. Oʻzaro hamohang yagona meʼmoriy majmuani tashkil qiluvchi qoʻrgʻon va tosh devor, izlanishlarning dastlabki natijalaridayoq, “Bojxona” deb talqin qilingan. Avvalo, qoʻrgʻonning bevosita shimoli-gʻarbiy Tohariston togʻ va tekislik vohalari chegarasida yoxud bu hududdan oʻtgan savdo yoʻlining asosiy yoʻnalishi boʻyida, yaʼni tarixiy-madaniy chegara (Temir darvoza) yaqinida joylashganligi uni “Davlat Bojxonasi” deb atalishiga asos boʻladi. Chunki Dahana togʻ va tekislik vohalari uchun ham darvoza vazifasini bajarib kelgan boʻlib, bu yerda bojxonaning joylashganligi tabiiydir. Yodgorlikning ixcham va ayni bir paytda mahobatli koʻrinishi, hashamatli bezatilganligi, qishki, yozgi qabulxonalari, savdo karvonlaridan tushgan bojlarni vaqtincha saqlashga moʻljallangan xonalari, karvonlar yetib kelgunlariga qadar ularni kuzatish imkoniyati bu chindan ham Davlat bojxonasi boʻlganligini isbotlaydi.
Maʼlumki, bojxonalar qadim-qadimdan faqat boj olish maskanigina boʻlib qolmay, balki savdo karvonlariga xizmat koʻrsatish muassasalari hisoblanib, ular yaqinida karvonsaroylar faoliyat koʻrsatgan.
Bojxona — 1) boj undiradigan joy; 2) chegara orqali oʻtadigan jami yuklarni, jumladan, bagaj va pochta joʻnatmalarini nazorat qiladigan davlat muassasasi; oʻtkazilayogan yuklarni tekshirish, tartibga solish va rasmiylashtirish, ulardan boj va yigʻimlar undirish bilan shugʻullanadi. B. haqidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibqoidalarning buzilishini oldini olish, ularga nisbatan choralar koʻrish, surishtiruv va tezkor qidiruv ishlari olib borish, kontrabandaga qarshi kurashish ham B. vakolatiga kiradi. B.lar, odatda, dengiz va daryo portlarida, xalqaro aeroportlarda, temir yoʻl st-yalari, chegara punktlarida joylashadi. B. muassasalari tashqi savdoda mamlakat manfaati taʼminlanishini nazorat qiladi, qimmatbaho boyliklar (sanʼat asarlari, nodir metallar va boshqalar) ning mamlakat hududidan olib chiqib ketilishining oldini oladi.
Dastlabki B.lar savdogarlarga koʻrsatiladigan xizmatlar uchun boj undirish maqsadlarida tashkil etilgan. Qad. Xitoyda ipak qurtini tashqariga olib chiqmaslikni B. qatʼiy nazorat qilgan. Buyuk Britaniyada 1006-yildan boshlab orolga keltiriladigan har qanday yukdan "qirol haqi" undirilgan. Boltiq dengizini Jahon okeani bilan tutashtiradigan boʻgʻozdan oʻtganligi uchun olinadigan "zund boji" asrlar davomida Daniya qirolligi xazinasini boyitib kelgan. Savdo-sotiq erkinligi va xavfsizligini taʼminlashda B. muhim oʻrin tutgan, olib oʻtilayotgan tovarga maxsus belgi qoʻyilgan va bu tovardan boj olinganini ifoda etgan. Oʻrta asrlarda karvon yoʻllarida, maxsus joylar (koʻpriklar, dovonlar hamda shahar tashqarisi va boshqalar)da savdo karvonlaridan boj oluvchi B.lar boʻlgan.
Oʻrta Osiyo hududida B.lar uzoq tarixiy davrda shakllanib kelgan. Oʻzbekistonda birinchi PattaHisor B.si 19-asr ning oxirlarida Rossiya imperiyasi Oʻrta Osiyoni bosib olgandan keyin tashkil etilgan. Bu B. Afgʻoniston orqali oʻtadigan yuklarni nazorat qilgan. Sobiq Ittifoq vujudga kelgach, bu post Termiz B.siga aylantirildi. Keyinchalik havo yoʻllarining rivojlanishi bilan 1958-yilda Toshkent aeroportida Toshkent B. posti tashkil etildi va u Termiz B.ga boʻysundirildi. 1959-yil aprelda Toshkent B. posti B.ga aylantirildi. Oʻzbekiston B. tizimining keyingi rivoji natijasida 1984-yilda Toshkent B.si tarkibida boʻlgan Tuzel qoʻrgʻoni (aeroport) va Fargʻona B. postlari barpo etildi. 80- yillar oxiriga kelib, Oʻzbekistonning iqtisodiy aloqalari kengayishi bilan B. tizimini takomillashtirish zarurati tugʻildi. 1988-yil oktabrda Toshkent Bojxonasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi bojxonasi tuzildi. Bu Bojxonalar respublika organlariga boʻysunmay sobiq Ittifoq Bojxonasi tarkibiga kirar edi.
Oʻzbekiston oʻz mustaqilligini qulga kiritgach, 1991-yil 24 okt.da Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi tuzildi. Tashki iktisodiy faoliyatni, B. ishini tartibga soluvchi qonunlar, meʼyoriy hujjatlar qabul qilindi, ular xalqaro huquq meʼyorlari bilan uygʻunlashtirildi. 1997-yil 8-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Respublika Bojxona xizmatiga huquqni himoya qilish organi maqomi berildi. 1997-yil 29 avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 9-sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasining "Boj tarifi toʻgʻrisida", "Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida"gi Qonunlari, 1997-yil 26 dekabrda Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi qabul qilindi (qarang Bojxona kodeksi). Qoraqalpogʻiston Respublikasida, barcha viloyatlarda va Toshkent shahrida bojxona xizmati boshqarmalari, qoʻshni davlatlar bilan chegara hududlaridagi magistral yoʻllarda shu boshqarmalarga qarashli B. postlari faoliyat koʻrsatadi.
Respublikada B. organlarining asosiy vazifalari oʻz vakolati doirasida Oʻzbekistonning iqtisodiy xavfsizligini taʼminlash; Oʻzbekiston B. ishlariga oid qonunchilikning buzilmasligini nazorat qilish; UzRning xalqaro shartnomalardagi B. ishlariga oid bandlarning bajarilib borilishini taʼminlash; kontrabandaga qarshi kurash; B. statistikasi, shuningdek tashki iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasini yuritish; valyuta nazoratini amalga oshirish, strategik hamda respublika uchun muhim boshqa mahsulotlarni olib chiqib ketilmasligi ustidan nazorat yuritish va boshqalardan iborat. Oʻzbekiston hududida B.lar faoliyatini uyushtirish va unga rahbarlikni OʻzR Davlat bojxona qoʻmitasi olib boradi. Oʻzbekiston Respublikasi Jahon bojxona tashkilotiga aʼzo
Do'stlaringiz bilan baham: |